e-qaror.gov.uz
144-2-0-Q/23
1
2023 - yil 12 - may
144-2-0-Q/23
Buxoro
viloyati hokimligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-sonli
“Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar
sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini
ta’minlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-sonli
“Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini
yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash
maqsadida
QAROR QILAMAN:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-sonli
“Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini
yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun
qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:
2023-yilda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahrida turizmni
rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 1-ilovaga;
2023-yil bahor-yoz mavsumida havo va temir yo‘llar orqali yo‘lovchilar
tashishning
maqsadli ko‘rsatkichlari 2a va 2b-ilovalarga;
2023-yilda respublika hududidagi turizm va madaniy meros obyektlariga olib boruvchi
avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlarining manzilli ro‘yxati 3-ilovaga;
2023-yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish
hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4a-ilovaga;
2023-yilda turizm sohasida o‘tkaziladigan madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar bo‘yicha “yo‘l
xaritasi” 4b-ilovaga;
Oliy ta’lim tashkilotlariga biriktirilgan hududlar ro‘yxati 8-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi
diplomatik vakolatxonalari
tomonidan 2023-yilda xorijiy sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha reja-jadval 9-ilovaga
muvofiq
tasdiqlanganligi;
Mamlakatning turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi 6-ilovaga
muvofiq
tarkibda tashkil etilganligi;