O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi pq-135-sonli




Download 266,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana05.02.2024
Hajmi266,83 Kb.
#151574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
144-2-0-Q 23

e-qaror.gov.uz
144-2-0-Q/23
2
2023-yil 1-maydan boshlab:
2024-yil 1-iyulga qadar tajriba tariqasida turoperator xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik
subyektlariga ular tomonidan 5 nafar va undan ortiq, norezidentlarga xizmatlar ko‘rsatishni
nazarda tutuvchi turpaketlar (joylashtirish, avtomobil yoki temir yo‘l transporti ekskursiya va
ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar qamrab olingan) bo‘yicha chet ellik hamkorlariga taqdim etilgan
hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foiz miqdoridagi mablag‘lar
respublika budjetidan subsidiya sifatida qaytarilishi;
2026-yil 1-mayga qadar mahalliy turoperatorlar, turizm sohasida joylashtirish xizmatlarini
ko‘rsatuvchi yoki avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik
subyektlariga o‘z faoliyatida yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchi bilan birga
o‘n va o‘ndan ortiq o‘rindiqqa ega bo‘lgan hamda ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan
transport vositalarini (TIF TN kodlari 8702 10, 8702 40, 8702 90) O‘zbekiston Respublikasi
hududiga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini foizlar hisoblanmagan va ularning to‘lanishini
ta’minlash talab etilmagan holda 12-oy muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilishi tartibi
o‘rnatilganligi inobatga olinsin.
3. Buxoro viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshiriladigan
chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Buxoro viloyatining turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi
(keyingi o‘rinlarda – viloyat ishchi guruhi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
5. Viloyat ishchi guruhi (M.Xamrayev)ga turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi
(S.Bobokalonov), shaharlar va tumanlar hokimlari bilan birgalikda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-sonli va viloyat
hokimining mazkur qarori va ilovalarida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar va chora-
tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish hamda ularga erishish, shuningdek bu boradagi ishlarni
har oyda kamida bir marotaba muhokama qilib borish;
shaharlar va tumanlar hokimlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlarining turizm
sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
har chorakda viloyat turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha hisobotni viloyat hokimiga
kiritib borish;
Madaniyat va turizm vazirligi hududiy bo‘linmalarining joylarda turizm sohasida
yaratilgan sharoitlar, mahalliy va xorijiy turistlarni jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlari
yuzasidan ikki haftada bir marotaba axborotini tinglash;
joylarda turizm sohasidagi mavjud muammolarni birma-bir muhokama qilib borish,
turistik salohiyatni oshirish borasida mas’ullarni belgilagan holda chora-tadbirlarni tasdiqlash va
ularning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash;
hududning turistik salohiyatini oshirish, mahalliy va xorijiy turistlar sonini ko‘paytirish
bo‘yicha takliflar tayyorlash topshirilsin.
6. Buxoro davlat universiteti (O.Hamidov)ga Kogon (M.Esanov) va Romitan
(U.Barnoyev) tumanlari hokimliklari, tegishli korxona va tashkilotlar bilan birgalikda hududning
turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha quyidagi vazifalar yuklatilsin:
tumanlarning turizm salohiyatini o‘rganish, tuman va uning tarixi, turistik obyektlari va
o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida turli tillarda kontentlar yaratish, ularni targ‘ibot qilish hamda
turpaketlar yaratishda yordam ko‘rsatish;
nazariy bilim va amaliyotning uyg‘unligini ta’minlagan holda professor va
o‘qituvchilarning izlanishlari, talabalarning turizm sohasidagi nazariy bilimlarini amaliyotda
qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish;



Download 266,83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 266,83 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi pq-135-sonli

Download 266,83 Kb.
Pdf ko'rish