|
Konvergensiya
|
bet | 1/2 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 48,24 Kb. | | #248874 |
Bog'liq yakuniy.1-30
“Konvergentsiya” atamasi nimani anglatadi?
Konvergensiya, qurilmalarni takomillashtirish va funksional imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida turli vazifali texnologiyalarni asta sekinlik bilan yaqinlashish jarayoni.
Umumiy holatda konvergensiya, o‘xshash sharoitda ishlash natijasida, dastlab kelib chiqishi turlicha bo‘lgan ob’ektlarning belgilarini yaqinlashishini bildiruvchi evolyusion tushuncha kabi aniqlanadi. Ya’ni konvergensiya, texnologiyalarning o‘zaro kirib borish natijasida mazmunlarini yaqinlashish jarayonidir. Shu ma’noda konvergensiyani integratsiyaning yuqori darajasi deyish mumkin.
Evropa komissiyasining “Green Paper” (1997 y) hujjatiga muvofiq “konvergensiya” atamasi ostida yagona terminal ko‘rinishida oxirgi qurilmalarni (telefon, shaxsiy kompyuter, televizor) birlashtirish yoki xizmatlarning bir xil to‘plamini ta’minlash turli tarmoqli platformalar imkoniyati tushuniladi. Konvergensiyaning uchta xizmatlar konvergensiyasi, jarayonlar konvergensiyasi va tarmoqlar konvergensiyasi yo‘nalishi ko‘rib chiqiladi. Xizmatlar konvergensiyasi foydalanuvchilarga kengaytirilgan funksional imkoniyatlarni taqdim etadi. Jarayonlar konvergensiyasi iqtisodiy jihatdan samarali xizmatlarni taqdim etish uchun turli ishlab chiqaruvchilarning uskunasi bilan ishlash imkoniga ega xizmatlar provayderlarga ta’luqlidir. Tarmoqlar konvergensiyasi deganda texnologiyalar konvergensiyasi tushiniladi.
To‘liq konvergensiya bu, barcha sanab o‘tilgan komponentlar majmuasidir. Masalan, umumiy platformalar sifatida IP tarmog‘ini olish mumkin. Bunday tarmoqlar, raqobatbardosh narx va kirish tarmoqlari chegarasini kesishda xizmatlar uzluksizligini ta’minlash orqali konvergent ilovalarni taqdim etish imkonini beradi.
Konvergentsiyaning qanday turlarini bilasiz? Ularni ta’riflang.
Umumiy holatda konvergensiya, o‘xshash sharoitda ishlash natijasida, dastlab kelib chiqishi turlicha bo‘lgan ob’ektlarning belgilarini yaqinlashishini bildiruvchi evolyusion tushuncha kabi aniqlanadi. Ya’ni konvergensiya, texnologiyalarning o‘zaro kirib borish natijasida mazmunlarini yaqinlashish jarayonidir. Shu ma’noda konvergensiyani integratsiyaning yuqori darajasi deyish mumkin.
Aloqa tarmoqlarining konvergensiyasi uchta aspektda qarab chiqiladi:
tarmoq konvergensiyasi;
xizmatlar konvergensiyasi;
qurilmalar konvergensiyasi.
|
| |