|
Konvergensiya
|
bet | 2/2 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 48,24 Kb. | | #248874 |
Bog'liq yakuniy.1-30Tarmoq konvergensiyasi, qayd qilingan, mobil va konvergent xizmatlarni taqdim etish uchun yagona infrastrukturani qo‘llashni taqazo etadi; ya’ni bitta tarmoq, yagona yadro bazasi asosida mobil va qayd qilingan trafiklarni uzatishni qo‘llab quvvatlovchi juda ko‘p servislarni ta’minlaydi. Bunga, NGN konsepsiyasi asosidagi yagona transport tarmoqlarini yaratgandan keyingina erishish mumkin.
Yangi avlod tarmoqlarining arxitekturasi, xizmatlar konvergensiyasini qo‘llash doirasida, ulanish satxi amaliy satxdan ajratilgan bo‘lishini qarab chiqadi. Qayd qilingan va mobil kanallar bo‘yicha ulangan foydalanuvchilar real vaqtda barcha servislarga ulanish imkoniga ega bo‘ladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, aloqa tarmoqlarida konvergent xizmatlarga abonent qo‘llaydigan har qanday terminal (telefon, smartfon, SHK, noutbuk)dan, foydalanuvchining joyiga bog‘liq bo‘lmagan holda ulanish mumkin.
Qurilmalar konvergensiyasi deganda, yagona tarmoq servis turlariga va ulanish namunalariga bog‘liq holda turli terminal qurilmalarni qo‘llab quvvatlashni amalga oshirish tushiniladi.
3. Keyingi avlod tarmoqlari (NGN) nima?
Keyingi avlodning aloqa tarmog‘i –NGN (Next Generation Network) –boshqarish orqali, moslashuvchan imkoniyatlarga ega bo‘lgan chegaralanmagan turli xizmatlar majmuasini taqdim etishni, tarmoq masalalarini takomillashtirish hisobiga yangi xizmatlarni yaratishni, taqsimlangan kommutatsiyaga ega bo‘lgan universal transport tarmog‘ini qo‘llashni, odatdagi aloqa tarmoqlari bilan integratsiyani ta’minlovchi aloqa tarmoqlarini qurilish konsepsiyasi.
NGN texnologiyasi asosida qurilgan tarmoq (ya’ni NGN tarmoq) universal tarmoq hisoblanib, paketli kommutatsiya asosida ihtiyoriy turdagi ma’lumotlarni (tovush, video, rasm, tevizion kadr va boshqalar) sifatli, yo‘qotishlarsiz va yuqori tezlikda uzatish imkoniyatiga egadir. NGN tarmog‘i turli xil ma’lumotlar trakti uchun kerak bo‘ladigan barcha xizmatlarni ta’minlash imkoniyatiga egadir, ya’ni (QoS-Quality of Service) xizmat ko‘rsatish sifati yuqori ko‘rsatgichga egadir. Nazariy jihatdan o‘ylab qaralganda NGN tarmog‘i ayni paytda foydalanib kelinayotgan Umumfoydalanuvchi telefon tarmog‘i (UFTT-PSTN), ma’lumotlar uzatish tarmog‘i (MUT), elektr aloqa tarmog‘ini (EAT) mukammal yagona tizim sifatida birlashtirgan multiservis tarmog‘idir.
NGN tarmog‘ini qurishdan asosiy maqsad, keng spektrdagi xizmatlar turini joriy qilishdir.
NGN tarmog‘ining yutug‘i, xizmat turlarining (juda ko‘pligi) mavjudligidir. NGN tarmog‘ida qiyin masalalar, uni boshqarish va xavfsizlik masalasidir.
NGN tarmog‘ining arxitekturaviy modeli
4.Konvergensiya holatiga o‘tishning asosiy sabablari nimada?
Hozirgi kunda aloqa tarmoqlari va xizmatlarini konvergensiya qilish zarurligi to‘g‘risidagi masalalari berilmaydi, ayniqsa, oxirgi yillarda tele-kommunikatsiyalar dunyosida operator katta daromadni ma’lumotlarni uzatish trafigini sezilarli darajada asosiy bo‘lgan nutqli trafikni translyasiya qi-lishdan oladigan vaziyat yuzaga keldi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash operatorlarga oldindan nutqli trafikni uzatish uchun mo‘ljallangan kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish tarmoqlarga (Time Division Multiplexing - TDM) nisbatan ancha arzonga tushadi. Bashorotlarga asosan keyinchalik kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish bilan (TDM) multurleksorlash metodi bilan uzatiladigan yuklamalar sonining kamayishi kuzatiladi, bunda paketli texnologiya yordamida uzatiladigan nutqli trafik hajmi kabi nutq uzatish (Voice over IP, Voice over ATM, Voice over Frame relay va boshqalar) oshadi. Unga keyingi avlod (3G) mobil ob’ektlari bilan aloqaning mobil tarmoqlarida nutq paketli ko‘rinishda uzatiladi.
Masala asosan, ikkita zarur bo‘lgan yaqinlashuv – ma’lumotlarni uzatish hajmining keyinchalik oshishini qo‘llab-quvvatlash va an’anaviy xizmatlar-dan tushadigan foydasini kafolatlash to‘g‘risida so‘z boradi. Ushbu masala asosan konvergensiya yagona tarmoqda turli xizmatlarni birlashtirish vazifasini asao‘z oldiga qo‘yadi. Next Generation Network – NGN nomini olgan konvergent tarmoqlari bitta xizmat - aloqa xizmati uchun qulay bo‘la oladi. Ushbu tarmoq operatorlarining boshqaruvchi uskunasi uni qaysi abonent qurilmasi (IP-telefoniya terminali, mobil telefon, Internet tarmog‘ining ishchi stansiyasi) bilan o‘zaro ishlashini belgilab beradi va shunga muvofiq aniq xizmatlarni hamda ular uchun talab etiladigan resurslarni taqdim etadi. Foydalanuvchi NGN tarmoqni «qora quti» 1 kabi ko‘rib chiqiladi, unga qan-day protokollar oqimidan foydalanilishi, qanday transport muhiti taqdim etilishining farqi yo‘qdir. Uning uchun oxirgi qurilmaning tegishli imkoniyatlari bo‘lgan xizmatlarni taqdim etish fakti ahamiyatli bo‘lib kelmoqda.
5. Zamonaviy aloqa tarmoqlariga qanday talablar qo’yiladi?
Zamonaviy aloqa tarmoqlariga quyidagi talablar qo’yiladi:
1. Multiservislik ya’ni transport texnologiyalari etkazadigan
xizmatlarga texnologiyalarning bog‘liq emasligi;
2. Keng polasalik ya’ni mijozlarning talabidan kelib chiqqan holda moslashuvchan va dinamik o‘zgaruvchan keng polasali axborotlarni uzatish tezligi;
3. Multimedialik ya’ni tarmoqning ko‘p koponentli axborotlarini uzatish qobiliyati (ovoz, video ma’lumotlari, audio). Bunda real vaqtda shu komponentlar uchun lozim bo‘lgan sinxronizatsiya murakkab konfiguratsiyali ulanishni qo‘llash amalga oshadi;
4. Intelektuallik ya’ni xizmatlarni, chaqiriqlarni va foydalanuvchi yoki xizmatlarni yaratuvchilar tomonidan boshqarish imkoniyatlari;
5. Invariantlik ya’ni xizmatlarga ulanish qo‘llaniladigan texnologiyalarga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshadi;
6. Ko‘p operatorlik ya’ni xizmatlarni etkazish jarayonida kshp operatorlarning qatnashishi va faoliyat sohasiga mos holda ularning javobgarligini ajratish.
6. Qanday asosiy va qo’shimcha xizmat turlari mavjud? Ularni ta’riflang.
|
| |