|
1. Turistik marshrutlarning tarixi Turistik marshrutlarning tarkibiy qismlari
|
Sana | 14.08.2024 | Hajmi | 16,94 Kb. | | #269507 |
Bog'liq oraliq nazorat
1. Turistik marshrutlarning tarixi
2. Turistik marshrutlarning tarkibiy qismlari
Turizm” va “turist” atamalari ilmiy adabiyotlarda XVIII asrning oxirlarida yozila boshlandi va XIX asrda ommaviy ravishda qo‘llanila boshlandi, XX asrning 60 yillaridan boshlanib o‘zlarining hozirgi ta’rifini xalqaro miqyoslarda oldi. Dunyodagi birinchi sayohatni qadimgi Misr malikasi Xetshepsut eramizdan oldingi 1501-1448 yillarda tashkil qilgan deb hisoblashadi. SHuningdek, eramizdan oldingi 2000 yilda Misrlik Sinuxit ham o‘zining sharqga (Edem) qilgan sayohatini “Sinuxit sayohatlari”da yozib qoldirgan. O‘tmish tarixda bunday sayohatlar juda ko‘plab amalga oshirilgan. Biz quyida eramiz ostonalarida amalga oshirilgan va undan keyingi davrlardagi sayohatlar va bu sayohatlarning marshrutlariga to‘xtalamiz.
Turizm marshrutlarining tarixi esa haqiqiy turizm va turist talabiga javob beradigan Tomas Kukning tashkil qilgan marshrutlaridan boshlanadi. Tomas Kukgacha bo‘lgan sayohatchilarning marshrutlarini, yangi erlar ochish marshrutlarini, buyuk georafik kashfiyotchlarining marshrutlarini va boshqa marshrutlarning hammasini ularning o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsadlar - boylik izlash, ilm olish, majburiy yoki qiziqish bilan bog‘lik sayohatlar marshrutlari deb baholash mumkin. Turistik marshrut hozirgi turizmning talablarini hisobga olib ishlab chiqilgandagina turistik marshrut deyilishini yoddan chiqarmasligimiz kerak.
Markaziy Osiyolik olimlar asosan VII asrda o‘z sayohatlarini boshlaganlar va jahon xalqlari taraqqiyotiga er yuzida yashagan va yashab kelayotgan xalqlar ning, millatlarning birortasi Markaziy Osiyolik olimlarchalik olamshumul ilmiy–tadqiqotlarni, ixtirolarni kashfiyotlarni amalga oshirgan emas. Ushbu qo‘llanma hajmi chegaralanganligidan Markaziy Osiyolik olimlar va sayohatchi larning to‘liq marshrutlarini keltirishning imkoniyatlari yo‘q. Quyida dunyo xalqlarida e’tirof etilgan, e’zozlangan va e’zozlanib kelinayotgan mashhur o‘tmishdoshlarimizning sayohatlari va ularning sayohat marshutlarining bir qismini keltiramiz.
2. Turistik marshrutlarning tarkibiy qismi deganda turistlarni turistik lokatsiyalarga olib boorish va dastlabki turistlarni qabul qilish joyigacha qaytarishdagi xizmatlar va mahsulotlar dasturini tushunamiz .
Turistik marshrutlar :
Transport xizmatlari dasturi;
Marshrutdagi ekskursiya xizmatlar dasturi;
Marshrutdagi joylashtirish xizmatlari dasturi;
Ovqatlanish ,dam olish va tunashdagi xizmatlar dasturlarini o’z ichiga oladi.
Marshrutdagi transport xizmatlarini tashkil etish quyidagi vazifalarnibajaradi:
transport vositalarini turistik marshrut mavzusi boyicha tanlash;
Transport vositalarini ijaraga olish va transport vositalarini texnik ko’rigdan o’kazish .
Transport v. ob havo iqlim sharoitlari bo’yicha tanlash va ularning harakakat tezligini belgilash.
Marshrut xizmatlarining xillari; transport xizmatlar, joylashtirish xizmatlari ,ekskursiya ,ovqatlantirish va turistik marshrutning kerakli hujjatlari.
Transport xizmatlari : transport vositalari (avtomobil,poyezd,samalyot va h.k)
Ovqatlantirish xizmatlari,dam olish, ekskursiya xizmatlari bu muammo emas. Ularning xohish istaklariga ko’ra turlio darajadagi xizmatlarni taklif etuvchi mehmonxonalarga joylashtirlishi mumkin.
Buyndan tashqari marshrutdagi eng asosiy xizmatlardan biri bu ekskursiya xizmatlari bo’lib u turning jozibador va qiziqarli bo’lishini taminlaydi. Buning uchun ekskursiya obyektlarining barchasi marshrutga kiritilishi ,ularning ro’yxati tuzilgan bo’lishi lozim. Ushbu obyektlarning ko’pligi va strategic tashkil etilganligi marshrutning qziquvchanligi va turli tumanligini taminlaydi.
|
| |