|
1-variant Jismoniy ta’lim
|
bet | 12/17 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #118735 |
Bog'liq 1-variant Jismoniy ta’limTexnikaning asosi deganda, harakat orqali qo’yilgan vazifani bajarish uchun kerak bo’ladigan harakat faoliyati tizimining o’zak qismi tushuniladi. Qo’llangan usullar tananing qismlarini o’zaro kelishgan holda, harakat faoliyatining ketma-ketligi tizimini buzmay, jismoniy sifatlarining keraklicha namoyon qilinishini taqazo etadi. Usul samarali bo’lsa, amaliyotda unumli qo’llanilishi mumkin va uzoq vaqt o’zining hayotiy-amaliyligini saqlab qoladi. Texnika asosida etakchi harakat deb ataladigan negiz ajraladi, ya’ni harakat unda, birinchi navbatda, harakatning natija ko’rsatishi bilan bog’liq. Masalan, tayanib sakrash vaqtida qo’llar bilan siltanish.
Texnikaning asosiy zvenosi bu ma’lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng muhim va hal qiluvchi qismidan iborat. Masalan, yugurib kelib balandlikka sakrovchilar uchun texnikaning asosiy zvenosi sakrash, oyoqni yuqoriga siltab, tez birlashtirishdan, uloqtirish uchun - yakunlovchi zo’r berishdan, gimnastikada egilib ko’tarilish (istalgan usul uchun) - tos-son bo’g’inlarini o’z vaqtida va tez kerish ( keyinchalik to’xtatish)dan iborat bo’ladi. Sport harakatlarida asosiy zvenoni bajarish nisbatan qisqa vaqt oralig’ida bo’ladi hamda muskullarning ko’p kuch sarflashini talab etadi.
Texnikaning detali- bu harakat tarkibiga kirgan, lekin uning asosiga, zvenolariga ziyon etkazmaydigan qo’shimcha harakatlar yoki shu harakat mexanizmi tarkibidagi eng mayda bo’laklardir. Uni harakat tarkibida bajarsa ham bajarmasa ham bo’ladi. Masalan, uzunlikka sakrashda kimdir tanaga tezlik berishni keskin tezlanish bilan, kimdir tezlanishni asta-sekinlik bilan boshlaydi. Individual xususiyatlardan to’g’ri foydalanish individual texnikani ko’rsatadi. Individual texnika mazkur sportchi uchun eng takomillashgan texnika hisoblanadi.
Jismoniy komolot.
Jismoniy kamolot bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog’liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichidir. «Jismoniy kamolot» o’sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlar ishlab chiqarish, shuningdek kishilar ehtiyojining o’sishiga qarab o’zgarib turadi.
Jismoniy ta’lim o’quvchilarning muayyan bilimlarni egallashi, jismoniy mashqlarni bajarishi va ularni hayotga tatbiq eta olishini ko’zda tutadi.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashga quyidagilar kiradi: kuch va tezkorlikda namoyon bo’lish natijalarini oshirish, chidamlilik, chaqqonlik ko’nikmalarini yaxshilash. Yagona jarayonning bu tomonlari o’zaro mustahkam bog’langan, masalan, agar o’quvchilar yugurish mashqlarini, ularning texnikasini o’zlashtirish maqsadi bilan ko’p marta takrorlasalar, u holda bir vaqtning o’zida kuch, tezkorlik, chidamlilik ham tarbiyalanadi. Ikkinchi tomondan yugurish mashqlari katta tezlik bilan (tezlikni tarbiyalash uchun) ko’p marta bajarilsa, bu texnikaning takomillashishiga va mustahkamlanishiga ko’maklashadi.
|
| |