Jismoniy mashqlarning paydo bo`lishi




Download 0,57 Mb.
bet17/17
Sana14.12.2023
Hajmi0,57 Mb.
#118735
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
1-variant Jismoniy ta’lim
1-лекция, 4-mavzu, Informatika va axborot texnologiyalari (T.Safarov, Sh.O\'roqov, R.Baxromov), 4-ma`ruza mavzu Boshlang`ich sinfda matеmatika o`qitishni tashk, boshqaruv zoyirjon, Arena simulyatsiya muhiti haqida tushuncha bering, SUPERMARKET HAQIDA QISQACHA MA, Matematikani o’qitish metodlari, AMALIY ISH, 5 tashabbus
Jismoniy mashqlarning paydo bo`lishi

Jismoniy mashqlarning kelib chiqishi inson jamiyatining uzoq o’tmishiga borib tahaladi. Jismoniy mashqlar mexnat va jangovor hayot natijasida shakllangan. hozirgi kunda jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotini rivojlantirish jarayonida maxsus yaratilgan va analitik mashqlar deb atalgan mashqlar paydo bo’ldi. Bu mashqlar harakat sifatlarini rivojlantirish uchun shuningdek pedagogik yoki davolash vazifalarini hal etish uchun qo’llaniladi.
Laboratoriya mashg’uloti davomida talabalar jismoniy tarbiya vositalari xisoblangan jismoniy mashqlar ularning turlari, klassifikatsiyasi xamda shug’ ullanish qoidalari va organizmga ta'sirlari o’rganiladi. Jismoniy mashqlar va jismoniy harakatlar takrorlanuvchi harakatlardan iborat bo’lsa siklik harakatlar deb ataladi. Bunga engil atletikachining maydon bo’ylab bir xil xarakatlar bilan yugurishi, suzuvchining bir xil shakldagi suzish xarakatlarini bajarishini kiritish mumkin. Xar xil xarakatlardan iborat bo’lib, xar xil yo’nalishlarda va xar xil tezliklarda bajariladigan xarakatlar atsiklik xarakatlar deb ataladi. Jismoniy mashqlar umumrivojlantiruvchi maxsus va yordamchi mashqlarga bo’linadi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlarining tayyorlov qismida shug’ullanuvchilar organizmini jismoniy yuklamalarga tayyorlash maqsadida foydalanadi. Shu bilan birga ertalabki badantarbiya xamda davolash jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida ham qo’llanishi mumkin. Umumrivojlantiruvchi mashqlar erkin mashqlar, muvozanat saqlash mashqlar, jiqozlar bilan mashqlar, sherik bilan mashqlar, shuningdek safda yurganda, yugurganda va doirada bajariladigan mashqlarga bo’linadi. har bir umumrivojlantiruvchi mashq 8-20 marta takrorlanadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlarga mashg’ulot davomida beriladigan jismoniy yuklamalar ta'siriga muvofiq xolda 5-30 daqiqa vaqt ajratish mumkin. Laboratoriya mashg’uloti davomida talabalar umumrivojlantiruvchi mashqlar shakllari va turlari bilan mashqlar bajarib ularning organizmga ta'sirini o’rganadilar. Umumrivojlantiruvchi mashqlar gavda qismlari bosh, bo’yin, gavda, bel, qo’l va oyoqlar uchun turlariga bo’linadi.
Maxsus jismoniy mashqlar sport turlariga muvofiq bo’lgan jismoniy mashqlar to’plami. Engil atletikachining maxsus mashqlariga yurish, yugurish, uzunlikka va balandlikka sakrash, uloqtirish va itqitish mashqlarini kiritish mumkin.
Kurashchining maxsus mashqlari turish, egilish, bukilish, gavda, qo’l va oyoq harakatlari, uloqtirishlar, qayirishlar, ilishlar, chalishlar, bo’g’ ishlar, oqriq berishlar, ushlab turishlardan iborat bo’lishi mumkin. Yakka kurash va boks sportining maxsus mashqlariga qo’l va oyoqda to’g’ridan, yonboshdan, pastdan, tepadan zarba berishlar, gavdaning, ko’krak, qorin, biqin, elka va orqa qismlari, yuz, bosh, bo’yin qismlariga, oyoqning son, boldir, tizza, to’piq qismlariga zarba berishlar xamda zarbalarni to’sish uchun va ulardan saqlanish uchun bajariladigan bosh, gavda, qo’l va oyoq xarakatlari maxsus jismoniy mashqlar xisoblanadi. Talabalar laboratoriya mashg’ uloti davomida sport turlarining maxsus mashqlarini bajarib, ularning o’zaro farqlarini o’rganadilar.
Yordamchi jismoniy mashqlar sport turlarining maxsus mashqlarini egallashga ko’mak beruvchi jismoniy xarakatlardir. Maxsus jismoniy mashqlar sport turiga muvofiq bo’lgan xarakatlarning bir butun shakli bo’lib xisoblanadi. Yordamchi mashqlar maxsus mashqlarning qismlarga bo’lib bajarish, xarakatlar davomida jixozlardan foydalanish, raqiblar qarshiligi xamda mustaqil xarakatlar shakllarida bo’lishi mumkin.
Engil atletikachining 100 metrga yugurish-tezkor yugurish texnikasini egallash, rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida bajariladigan qisqa masofaga tezkor yugurishlar, tizzalarni baland ko’tarib sakrab oyoqlarni orqaga qilib yugurish xarakatlarini bajarish mumkin. Shuningdek oyoqlarga va belga qumli xoltalar bog’ lab yugurish mashqlarni kiritish mumkin. Yakka kurash turlari va boksda sportchining qo’lqop, qopga oyoq va qo’l bilan zarba berishlari, ko’zguga qarab xarakatlarni takrorlash xam yordamchi mashqlar jumlasiga kiritish mumkin.
Laborotoriya mashg’uloti vazifalarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar: Talabalar mashg’ulot davomida sport turlari maxsus mashqlarini egallash, rivojlantirish va takomillashtirish uchun bajariladigan yordamchi mashqlarni ishlab chiqadilar, turlarga ajratadilar va amalda bajaradilar. Talabalar umumrivojlantiruvchi, maxsus va yordamchi jismoniy mashqlarning shakli, turlari va ta'siriga muvofiq jismoniy fazilatlarni rivojlantiruvchi xarakatlar texnika-taktikasini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi xamda so g’ lomlashtiruvchi jismoniy mashqlarga ajratadilar. Umumrivojlantiruvchi, maxsus va yordamchi jismoniy mashqlarning sport turlariga muvofiq saralaydilar, ularning chizmalarini tayyorlaydilar, zaruriy jixozlari va anjomlarini, mashqlarni bajarish tartib va qoidalarini, me'yori va xajmlarini qayd etib boradilar. O’z organizmi jismoniy rivojlanish qobiliyati hamda sport turi va sport bilan shug’ullanish darajasiga muvofiq umumrivojlantiruvchi, maxsus va yordamchi jismoniy mashqlarning turi, shakli, shug’ullanish vaqti va davri, me'yorini ishlab chiqadi.
Shuningdek umumrivojlantiruvchi, maxsus va yordamchi jismoniy mashqlar bilan jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari hamda mustaqil mashg’ulotlar davomida shug’ullanish bo’yicha nazariy ma'lumotlarni adabiyotlar manba'alari, darsliklar, Internet materiallaridan foydalanib olish mumkin. Umumrivojlantiruvchi, maxsus va yordamchi jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish bo’yicha ta'lim va tarbiya jarayonlarining yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanish, mashg’ulotlar jarayonlariga ta'lim va tarbiya uslublari va tamoyillarining zamonaviy shakllarini tadbiq etish bo’yicha tavsiya hamda ko’rsatmalarni o’rganib boradilar.
Umumrivojlantiruvchi, maxsus va yordamchi jismoniy mashqlarning shakllari hamda turlari ilovada beriladi.
Chiniqish deganda organizmning tashqi ta'sirlariga, sovuqqa, issiqqa, quyoshning kuchli nuriga qarshiligining asta-sekin osha borishi tushuniladi. Organizmning chiniqishi, shamollash va yuqumli kasalliklar, xususan gripp infektsiyasiga qarshi tura olishida namoyon bo’ladi. havo, suv va quyosh chiniqishning asosiy tabiiy vositalari hisoblanadi. Chiniqish, havo, quyosh vannasi, suv muolajalarining organizmga ta'sir ko’rsatishidir. Ochiq havoda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, mos haroratni saqlash, yoshlikdan boshlab o’zini toza havoda ko’p bo’lishga hamda sovuq suvga ko’niktirish, juda issik kiyinmaslikka, shaxsiy gigiena qoidalariga og’ishmay amal qilishga o’rganish, bo’larning barchasi sog’ likni mustaqkamlaydi, organizmning tashqi muxitning noqulay ta'siriga umumiy barqarorlikni oshiradi.
Quyosh vannasi qabul qilish qoidalari: quyosh radiatsiyasi organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi. Bu bilan jismoniy tarbiya jarayonining ta'siri ortadi. Yozda suzish va cho’milishdan so’ng quyosh vannalarini qabul qilish ya'ni quyoshda toblanish terida D vitamin hosil qiladi bu bilan tayanch harakat apparati, muskul tizimi faoliyati kuchayadi, organizmni kasalliklarga chidamliligi ortadi. quyosh vannasini yotib, boshni to’sgan holda qabul qilgan ma'qul. Quyosh vannasi bahavo joyda qabul qilinishi kerak. Quyosh vannasi kunning birinchi yarmida, ovqatlanishga bir yarim soat bo’lgungacha yoki undan 1,5-2 soat keyin qabul qilingani ma'qul. Quyosh nuri ostida bulishni dastlab 8-10 daqiqa davom ettirish, so’ng bu muolajani har kuni 5-10 daqiqaga uzaytirish lozim va asta-sekin 30-40 daqiqaga etkaziladi. Quyosh vannasi qabul qilinayotganda har 5-10 daqiqada gavda holatini o’zgartirib turish kerak, muolaja tugagach, yaxshilab cho’milib olish tavsiya qilinadi. Quyosh vannasiga tushishdan ilgari shifokor bilan maslaxatlashish darkor.
Quyosh radiatsiyasi deganda quyoshdan ajralib chiqadigan nur oqimi tushuniladi. Ultrabinafsha nurlar asosan kimyoviy energiya tashisa, infra qizil nurlar issiqlik energiyasi tashiydi. Quyosh spektrining atmosferadan o’tib kelish vaqtida nur yo’lining uzunligi hamda havodagi suv bug’ lari, azot qatlamlarida nurning yutilishi va havoning chang, tutun va gazlar bilan ifloslanishi tufayli uning tarkibi o’zgarib ketadi. Bunda ayniqsa ultrabinafsha nurlari ko’proq tutilib qoladi.
Quyosh radiatsiyasining intensivligi joyning geografik kengligi va relefiga, yil fasllariga, kunning vaqtiga, ob-havo va boshqa shunga o’xshash omillarga bog’ liq bo’ladi. Tog’ cho’qqilaridagi havo-radiatsiya ultrabinafsha va infraqizil nurlarga boy bo’ladi. Quyosh nuri ko’zni qamashtiradigan darajada o’tkir bo’lib, bunday paytda oftob urishi, terining kuyishidan saqlanish hamda maxsus sariq-ko’k oynali ko’zoynaklar taqib ko’zni asrash kerak. To’g’ridan-to’g’ri keladigan quyosh radiatsiyasidan tashqari, havo molekulalari bulutlar va mayda zarrachalarga bo’linib, tarqalib ketgan radiatsiyadan ham muayyan ahamiyat kasb etadi. Bunda asosan ultrabinafsha, binafsha va havo rang nurlar parchalanib, tarqalgan bo’ladi: havo ochiq bo’lgan kunlarda osmonning havo rang bo’lishi ana shundandir.
Havo vannasi qabul qilishning qoidalari: havo o’pkada havo ventilyatsiyasini yaxshilab, o’pkaning tiriklik sig’imini ortiradi. Jismoniy tarbiya va sport mashg’luotlarnini ko’p holatda toza havoda o’tkazish tavsiya etiladi. Bu bilan organizmni kislorod bilan ta'minlanish darajasi yaxshilanadi, bunda sportchilarning kislorodsiz muqitda ham yuqori darajada ish bajara olish qobiliyati shakllanadi, ya'ni mashqlarni bajarishda chidamlilik rivojlanadi. Havo vannasiga erta baxorda, kunlar (20q S) iliganda, quyosh nuri tik tushishdan muxofaza qilingan va shamol kuchli esmagan joyda tushgan ma'qul. Havo vannasida dastlab 10-15 daqiqa davomida bo’lgan yaxshi, keyinroq u 1,5-2 soatga etkazilishi mumkin. Havo vannasi uchun qulay vaqt kunduzgi soatlardir. Havo vannasini qorin och yoki to’q, ya'ni ovqatlanib bo’lgan zaxoti qabul qilish tavsiya etilmaydi. Iloji bo’lsa, havo vannasiga tushishdan oldin organizmni bir oz qizitish lozim. Eng yaxshisi havo vannasini ochiq havoda harakatlanib (o’ynab yoki yurib) olgan ma'qul.
Havo harakatining gigienik ahamiyati asosan uning konvektsiya yo’li bilan issiqlik chiqarishning ko’paytira olish xususiyatidan iboratdir. Shamol tanadan issiq havo qatlamlarini olib ketib, o’rniga ancha sovuq havo olib keladi, bunda bug’ lanish ham ortadi. Havoning harorati tana haroratidan yuqori va suv bug’lariga to’yingan bo’lsa, u holda havoning harakati sovitish effektini bermaydi va natijada tananing harorati ko’tariladi. Yilning issiq fasllarida shamollar issiqlik ajralishini kuchaytirib, organizmga yoqimli ta'sir ko’rsatadi. Bu ayniqsa jismoniy ish bajarilgan vaqtda qimmatlidir. Qish kunlari shamol turganda qishining sovuq olish xavfi ortadi. Shamol bo’lmagan vaqtdagi 25-40 gradus sovuqni kuchli shamol turgan vaqtdagi 10-15 gradus sovuqqa nisbatan engilroq o’tkazish mumkin.
Kuchli shamol, shuningdek, nafas olishga ham halal berib, uning me'yoriy ritmini buzadi va nafas olish muskullaridagi zo’riqishni oshiradi. Shamol ro’paradan esayotgan vaqtda chiqarilayotgan nafasga shamol kuchidan ortiqroq bo’lgan darajada tezlik berish zarur. Yon tomondan esayotgan shamol sal bo’lsa ham ro’paradan kesib o’tayotganligi tufayli nafas olishga to’siqlik qiladi. Sport bilan shug’ullanayotgan vaqtda bunday qollar muhim ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Sport zallarida havo harakatining tezligi sekundiga 0,5 metr bo’lishiga ruxsat etiladi. Kurash tushiladigan va sport o’yinlari zallari bundan mustasnodir. Bunday joylarda shamolning tezligi sekundiga 0,25 metrdan va suzish uchun qurilgan yopiq basseynlarda sekundiga 0,2 metrdan oshmasligi kerak.
Suv muolajasi olish qoidalari: Suv muolajalari organizmni chiniqtiruvchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Chiniqish muolajalari bilan organizmni kasalliklarga chidamliligi ortadi. Chiniqish muolajalarini dastur asosida har qanday sharoitda tashkil etish mumkin. Oyoqlarga, badan qismlariga suv quyishdan tortib to suvda cho’milish va suzish mashqlari barchasi suv muolajalari hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlaridan so’ng issiq dush qabul qilish yoki hammom va saunaga tushish og’ir jismoniy yuklamalar ta'sirini kamaytiradi hamda sportchilarni tez tiklanishiga yordam beradi.
Suv muolajasi eng qulayi sochiq bilan artinish sanaladi. Buning uchun avval badan namlanadi, so’ngra badan qurigunicha sochiq bilan artiladi. Organizmni chiniqtirish uchun doimiy ravishda uyquga yotish oldidan oyoqni yuvish foydali. Oyoq dastlab iliq suvda yuviladi, so’ng suv harorati xona harorati darajasiga tushiriladi.
Juda ko’p suv muolajalari ichida birinchi navbatda dushdan va issiq-sovuq ya'ni kontrast dushdan, iliq va issiq-sovuq vannalardan foydalanish tavsiya etiladi. qaynoq va uzoq muddat dush qabul qilinadigan bo’lsa, bu xis tuyg’ u va harakat nervlarining qo’zg’aluvchanligini pasaytiradi, modda almashinuv intensivligini oshiradi. Kontras dush kuch-quvvatni tiklashning eng samarali vositasi hisoblanadi, u quyidagi uslubiyot asosida qabul qilinishi kerak: bir minut qaynoq suvda turish, keyin esa 5-10 minut sovuq suvda turish kerak. Iliq vannalar kuch-quvvatning tezroq tiklanishiga yordam beradi, uni trenirovka mashg’ulotlaridan keyin yoki kechasi qabul qilish tavsiya etiladi. Vanna qabul qilish 5-10 minut davom etilishi kerak.
Kontras vannalar biri qaynoq va ikkinchisi sovuq bo’lgan ikki xil vannalarda qabul qilinadi. Dastlab sportchi 2-3 minut mobaynida issiq vannada, so’ngra esa 1­1,5 minut sovuq vannada bo’ladi. Vannalarni almashtirish 7 martagacha o’tkaziladi. Bu tadbir sovuq vanna qabul qilish bilan yakunlanadi.
Marvarid vannalar (jakuzi) havoning ta'siri ostida suvni mayda pufakchalarga aylantirib yuborish hisobiga tayyorlanadi. Bunday vannaga tushgan sportchining badanini suv zarralari mayin, nozik qitiqlash tufayli u ajib bir huzurbaxsh holatni boshdan kechiradi. Bunday vannalar kishining charchog’ini tez yozib yuboradi hamda nerv sistemasining funktsional holatiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Vannadagi suvning harorati 34-36 gradus bo’ladi. Vanna qabul qilish 10-15 minut davom etadi.
Hammomga tushish eng yaxshi gigienik tadbirlardan hisoblanadi. Hammomdan to’g’ri foydalanish badanni hamisha toza tutishga, teri funktsiyasini yaxshilashga yordam beradi va kishining salomatligini mustaqkamlaydi. Gigienik maqsadda hammomga haftada 1-2 marta tushish kerak. Hammomdan foydalanganda quyidagi umumiy gigienik talablarga qat'iy rioya qilish tavsiya etiladi: ko’p va haddan tashqari to’yib ovqatlangan zahoti: uxlash oldidan qattiq charchagan vaqtda: och qorin bilan yoki kasal holatda bo’lganda ham hammomga tushmaslik kerak.

Bug’ hammomi va quruq havoli hammom organizmga ijobiy ta'sir ko’rsatib, kishining ish qobiliyatini oshiradi va kuch-quvvatini tezroq tiklanishiga yordam beradi. hammomda bo’lgan vaqtda sportchi organizmi yuksak harorat va havoning namligi, shuningdek, suv tuz almashinuvining muayyan tebranishlari taqozo etgan anchagina sezilarli darajadagi issiqlikka moslashib boradi.


http://hozir.org
Download 0,57 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 0,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jismoniy mashqlarning paydo bo`lishi

Download 0,57 Mb.