|
Zamonaviy zichlash mashinalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari
|
Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 78,89 Kb. | | #120988 |
Bog'liq Zamonaviy zichlash mashinalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari Zamonaviy zichlash mashinalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
Qurilish mashinalari - qurilish va taʼmirlash ishlarini bajarish uchun moʻljallangan mexani-zatsiya vositalari. Quriladigan bino va inshootlar oʻrnini tayyorlash, yer tekislash va qazish ishlarini bajarish, yoʻl qurilishi, yigʻma konst-ruksiyalarni montaj qilish, burgʻilash, ustun-qoziq qoqish, armaturalar tayyorlash va ularni payvandlash, beton qorishmasini quyish,pardozlash va boshqa ishlarni bajarish uchun moʻljallangan texnologik guruhlar.
Shibbalash mashinasi - bino yoki inshoot zaminini mustahkamlash maqsadida tuproqni zichlash uchun moʻljallangan qurilma. Asosiy ish organi tuproqqa (gruntga) zarb bilan davriy taʼsir qiladigan plitadan iborat. Shibbalash mashinasi zarba kuchiga qarab, ogʻir (zarba kuchi 5104J gacha), oʻrtacha (103— 104J) va yengildastaki (103J gacha) turlarga boʻlinadi.
Ogʻir Shibbalash mashinasiga strelali ekskavatorkran yoki traktor asosida tuzilgan mashinalar kiradi. Ularning ish organi vazni 3 t gacha boʻlib, zaminga 2,5 m gacha balandlikdan tashlanadi. Oʻrtacha Shibbalash mashinasiga oʻzi yurar shassi yoki traktorga oʻrnatilgan osma jihozli dizelshibbalagichlar kiradi. Zanjir gusenitsali traktorga oʻrnatilgan osma Sh. mashinasi keng tarqalgan. Uning ish organi ketmaket ishlovchi 5 ta dizelshibbalagich yoki yuqoridan zarb bilan tashlanadigan plitadan iborat.
|
| |