• Yoyli dastakli payvandlash rejimlari
  • UCHMA-UCH BIRIKMALARNI PAYVANDLASHDA PAYVANDLANAYOTGAN METALL QALINLIGIGA NISBATAN ELEKTROD SIMI DIAMETRI
  • 5-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Yoyli dastakli payvandlash rejimlarini hisoblash Ishdan maqsad: Payvandlash rejimi, va payvandlash jarayonida bajariladigan ishlar ketma-ketligi




    Download 120.44 Kb.
    bet1/3
    Sana10.03.2024
    Hajmi120.44 Kb.
    #169615
      1   2   3
    Bog'liq
    5-amaliy mashg\'ulot PAU
    CHILANGARLIK ISHLARI TEST, taqdimot Zilolaxon Malaka ishi, Икки тармоқли реактор ёрдамида тез ўзгарувчан юкламали ЭИ лар борлигида кучланишни ростлаш мумкин, 12-маъруза, EE-01-20 albom, 4 amaliy, Avtomatika, Book · January 014 citations reads 4,111 authors Some of the au, Calendar plan-Avtomatik loyihalashning zamonaviy tizimlari (5), rasshirovka elektrod 2, 9-EPTJ, Как вычислить коэффициент корреляции , Лекция-8-Корреляция.-Метод-наименьших-квадратов, File, REZINA

    5-amaliy mashg‘ulot
    Mavzu: Yoyli dastakli payvandlash rejimlarini hisoblash
    Ishdan maqsad: Payvandlash rejimi, va payvandlash jarayonida bajariladigan ishlar ketma-ketligi, uchma-uch birikmalarni payvandlash rejimlari va ularni hisoblashni o‘rganish.
    Yoyli dastakli payvandlash rejimlari
    Payvandlash rejimi deganda payvandlash jarayonida bajariladigan shartlar yig‘indisi tushuniladi. Payvandlash rejimi parametrlari asosiy va qo‘shimcha parametrlarga bo‘linadi. Payvandlash rejimining asosiy parametrlariga tokning kattaligi, turi va qutbi; elektrodning diametri, kuchlanish, payvandlash tezligi va elektrod uchining ko‘ndalang tebranish kattaligi kiradi, qo‘shimcha parametrlarga esa-elektrod qulochining kattaligi, elektrod qoplamasining tarkibi va qalinligi, asosiy metallning boshlang‘ich harorati, elektrodning fazodagi vaziyati (tik, qiya) va payvandlash vaqtida buyumning vaziyati kiradi. Elektrod simining diametri payvandlanadigan metall qalinligiga qarab tanlanadi.

    Nomlanishi

    Elektrod simi diametrlari

    Payvandlanadigan metall qalinligi, mm

    0,5–1,5

    1,5–3

    3–5

    6–8

    9–12

    13–20

    Elektrod simining diametri, mm

    1,5–2,0

    2–3

    3–4

    4–5

    4–6

    5–6

    UCHMA-UCH BIRIKMALARNI PAYVANDLASHDA PAYVANDLANAYOTGAN METALL QALINLIGIGA NISBATAN ELEKTROD SIMI DIAMETRI
    Elektrod diametri katta bo‘lsa, payvandlashda ishning unumi oshadi. Lekin payvandlanadigan metall erishi mumkin, tik va ship holatdagi choklarni ishlash qiyinlashadi, chok tubi chala erishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘p qatlamli chokning birinchi qatlami hamma vaqt diametri 4-5 mm elektrod bilan payvandlanadi. U-simon ishlangan chokning barcha qatlamlarini bir xil (maksimal yo‘l qo‘yilgan diametrli) elektrod bilan payvandlash mumkin.
    Tik va ship choklar diametri 5 mm dan ortiq bo‘lmagan elektrodlar bilan payvandlanadi. Chatim (har joydan tutashtirish) choklar va eritib yotqiziladigan kichik kesimli valiklar diametri 5 mm dan ortmaydigan elektrodlar bilan bajariladi.
    Tok kuchi kam bo‘lsa issiqlik payvandlash vannasiga yetarli darajada kelmaydi va asosiy metall bilan eritilgan metall yaxshi birikmasligi mumkin. Natijada payvand birikmaning mustahkamligi keskin kamayadi. Tok haddan tashqari kuchli bo‘lganida, payvandlashni boshlagandan keyin ma’lum vaqt o‘tishi bilan elektrod qizib ketadi, uning metali tez erib chokka oqib tushadi. Natijada chokka eritib qo‘shiladigan metalldan ortiqcha tushadi, elektrodning suyuq metalli erimagan asosiy metallga tushib qolgudek bo‘lsa, chala payvandlangan joylar hosil bo‘lish xavfi yuzaga keladi.
    Kam uglerodli po‘latni pastki holatda uchma-uch qilib payvandlash uchun tok miqdorini tanlashda quyidagi ifodasidan foydalansa ham bo‘ladi:
    Tik va ship choklarni payvandlashda pastki holatdagi choklarni payvandlashdagiga nisbatan tok qiymati 10-20 % kam bo‘ladi. Birikmalarni ustma-ust va tavr shaklida payvandlashda katta tok ishlatilishi mumkin. Chunki bunday hollarda erib teshilish hollari kam bo‘ladi. Tokning turi va qutbi ham chokning shakli hamda o‘lchamlariga ta’sir qiladi. Teskari qutbli o‘zgarmas tok bilan payvandlashda suyuqlanib qo‘yilish uzunligi to‘g‘ri qutbli o‘zgarmas tok bilan payvandlashdagidan 40-50% ortiq, bunga sabab anod va katodda ajralayotgan issiqlik miqdorining turlicha bo‘lishidir.
    O‘zgaruvchan tok bilan payvandlashda to‘la payvandlash chuqurligi teskari qutbli o‘zgarmas tok bilan payvandlashdagidan 15-20% kam bo‘ladi.
    Yoy bilan dastakli payvandlashda kuchlanish metallning to‘la payvandlash chuqurligiga kam ta’sir qiladi, hatto bu ta’sirni nazarga olmasa ham bo‘ladi. Chokning kengligi elektrod kuchlanishiga to‘g‘ri bog‘langan. Kuchlanish ortganida chokning kengligi ortadi.

    Download 120.44 Kb.
      1   2   3




    Download 120.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Yoyli dastakli payvandlash rejimlarini hisoblash Ishdan maqsad: Payvandlash rejimi, va payvandlash jarayonida bajariladigan ishlar ketma-ketligi

    Download 120.44 Kb.