1. Videoterminallar foydalanuvchilarining mehnat xavfsizligi




Download 30,07 Kb.
bet4/4
Sana13.05.2024
Hajmi30,07 Kb.
#229469
1   2   3   4
Bog'liq
TOLIPOV

nafas olish tizimiga , asab tizimiga ta'sir etuvchi kostiklikka bo'linadi. Ushbu zararli moddalarning ishlab chiqarishda kontsentratsiyasini nazorat qilish sanitariya-epidemiologiya stantsiyasi tomonidan amalga oshirilishi kerak. Odamlarga ta'sir o'tkazish xavfini kamaytirish uchun ishlab chiqarishni imkon qadar avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash zarur.
Ishlab chiqarishning zararli omillari - bu ham oddiy chang. Binolarni o'rnatish, tozalash yuzalarni, ishlov berish ishlarini bajarish va hk larda asta-sekinlik bilan havoda bo'lgan bu qattiq daqiqalar zarralari hosil bo'ladi. Biror kishining changning zarari uning tarkibiga bog'liq.
Hozirgi paytda atom energiyasidan foydalanish natijasida radiatsiya inson organizmiga juda zararli ta'sir ko'rsatadi. Bu radiatsiya kasalligi yoki saraton kabi dahshatli kasalliklarga olib kelishi mumkin. Afsuski, bugungi kunda dunyodagi olimlarning arsenalida radiatsiyaviy ta'sirlardan himoyalanishning yuz foiz samarali usuli yo'q.
Ishlab chiqarishning biologik omillaridan, asosan, biologlar, shifokorlar va olimlar azoblanadi. Turli bakteriyalar va mikroorganizmlarning ta'siriga qarshi kurashish uchun maxsus antibiotiklarni ishlab chiqish kerak.
Ishlab chiqarishning psixofiziolojik omillari bunday kasb egalariga, masalan, yuk mashinasi haydovchisi, tajriba pilotiga va boshqalarga ta'sir ko'rsatadi. Ularni ish vaqtini qisqartirish va bo'shashib qolgan dam olish bilan yordamlashing.
Mehnat sharoitini aniqlovchi va talab etiladigan omillar asosan mehnat muhofazasining vazifasi zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarinining ishlovchilarga zararli taʼsirini eng kam darajaga keltirishga imkon beradigan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan, ishlovchilarni shikastlanishlarini oldini olishdan, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga yordam beradigan qulay sharoitlarni yaratishdan iborat.
Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, uning oldini oladigan tashkiliy chora-tadbirlar va texnika vositalari sistemasi. Yongʼin xavfsizligi – obʼektda yongʼin paydo boʼlish xavfini oldini olish, shuningdek moddiy boyliklarni muhofaza qilishdan iborat. Ishlab chiqarish sanitariyasi – ishlab chiqarishdagi zararli omillar taʼsirini oldini oladigan chora-tadbirlar va texnika vositalari sistemasi. Ishlab chiqarishdagi xavfli omil – ishlab chiqarishda ishlovchilarga muayyan sharoitlarda taʼsir etganda shikastlanishga yoki sogʼliqning keskin yomonlashuviga olib keladigan omil.
Harakatlanayotgan mashina, mexanizm, yuk koʼtarish vositalari bilan koʼtariladigan yuk, mashina va mexanizmlarning muhofazalanmagan aylanuvchi, ilgarilanma-qaytma harakat qiluvchi qismlar (kardanli, zanjirli, tishli, tasmali, friktsion uzatma)ning harakati xavfli omillar qatoriga kiradi. Ishlab chiqarishdagi zararli omil – ishchilarga ish vaqtida taʼsir etib kasallanishga yoki ish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan omil. Zararli omillarga neft mahsulotlari (benzin, dizel yoqilgʼisi bugʼlari, pestitsidlar, mineral oʼgʼitlar, chang, shovqin, titrash, tebranish), ish joyida namlikni ortishi yoki kuchli yoritilganligi, iqlim sharoitlari va boshqalar kiradi. Elektr xavfsizligi – kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit maydonining zararli va xavfli taʼsiridan muhofaza qilishni taʼminlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar sistemasi. Shikastlanish – ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli taʼsirlar natijasida inson organlari yoki teri qoplamasi fiziologik butunligini buzilishi.
Mehnat sharoiti – mehnat jarayonida insonning salomatligi va ish qobiliyatiga taʼsir etadigan omillar majmui. Shaxsiy himoyalanish vositalari – bir xodimni muhofaza qilish uchun xizmat qiladigan vositalar. Shaxsiy himoya vositalariga – ish kiyimi, poyafzal, gaz niqoblar, respiratorlar, niqoblar, shlemlar, himoya koʼzoynaklari, quloqchinlar va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – ish vaqtida yuz beradigan hodisa. Kasb kasalligi – kishi organizmiga ish sharoitlarining zararli taʼsiri natijasida kelib chiqqan (surunkali changli bronxitlar, titrash kasalligi, har xil kimyoviy preparatlar bilan zaharlanish) kasalliklardir. Ruxsat etilgan kontsentratsiya (daraja, miqdor) (REK, RED, REM) – 8 soatli yoki boshqa ish kuni, shuningdek haftasiga 40 soatdan ortiq boʼlmagan, ishlashi davomida kasallik yoxud sogʼligida oʼzgarishlar keltirib chiqarmaydigan kontsentratsiya (daraja, miqdor).
Mehnat xavfsizligi boʼyicha qoida va talablarni taʼminlanganligi va ishlovchilarga mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli tadbirlar. Ish joyini tashkil qilishda quyidagilarni taʼminlash maqsadga muvofiq: - operatorning maʼqul ishchi holati (tik yoki oʼtirgan holda); - muhimligi va koʼrish maydoni doirasida foydalanish jadalligiga qarab boshqarish qismlari va indikatorlarini ratsional joylashtirish; - operatorga harakatlanish va siljishda yetarli erkinlik berilishi; - ish joyi elementlarining eng yaxshi koʼrinishi; - insonning antropometrik, fiziologik va psixologik tavsiflarining ish joyi konstruktsiyasiga mosligi; - mashinadan kelayotgan maʼlumotlar tezligi va xajmining inson tomonidan qabul qilish va ishlov berishi imkoniyatlariga mosligi; - operatorlarning ish vaqtida qisqa muddatli dam olishlari uchun sharoit boʼlishi; - ishlovchilarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan ximoya kilish.
Ish joyida odamning kompleks xarakatlarini loyihalashda quyidagi qoida va nizomlarni bilish foydali: - xarakat traektoriyasi va sonini minimumgacha qisqartirish; - xarakatning oddiy va ritmik boʼlishi; - xar bir xarakat keyingi xarakatni boshlash uchun qulay holda tugashi; - oʼtgan va boʼlajak xarakatlar bir-biri bilan tekis bogʼlangan boʼlishi; - xarakatni boshlash va tugatish uchun zarur boʼlgan vaqt taxminan doimiy va yoʼl uzunligiga bogʼlik boʼlmasligi; - koʼlning egri chizikli uzluksiz xarakati toʼsatdan yoʼnalishini oʼzgartirgan yakka xarakatdan tez boʼlishi; - aylanma xarakat ilgarilama xarakatdan tez boʼlishi: - koʼlning gorizontal xarakati vertikalga nisbatan aniq va tez boʼlishi; - agar xarakatda ikkala qoʼl qatnashsa, ular vaqt boʼyicha simmetrik va sinxron (tekis) boʼlishi (bir vaktda boshlanishi va tugashi kerak). - aniq xarakatlarni har doim oʼtirib amalga oshirish lozim.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar ishlab chiqarish sharoitida ko‘pgina fizik va kimyoviy omillar ta’sirida yuz beradi. Bunday xavfli omillarni yuzaga kelishi texnologik jarayonning xususiyatiga, ish jihozlarining konstruksiyasiga, mehnatni tashkillashtirish darajasiga va shu kabi bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi. Xavfli omillar yuzaga kelish xususiyatiga bog‘liq holda aniq va yashirin bo‘lishi mumkin.
Aniq xavf ko‘zga ko‘rinarli tashqi belgilari bilan tavsiflanadi. Masalan, mashinaning harakatlanuvchi qismi, ko‘tarilgan yuk va b. Yashirin xavf mashina, mexanizmlar va ish jihozlarida yashirin nuqsonlar, nosozliklar bo‘lishi bilan xususiyatlanib, ma’lum bir sharoitda xavfli holatga, halokatga olib keladi. Yashirin xavflarga ish joyining tartibsizligi, iflosligi, xavfsizlik talablariga javob bermasligi, ish jihozlari va moslamalardan noo‘rin, уa’ni boshqa maqsadlarda foydalanish, uzilgan elektr simlari, ishchining xato va noto‘g‘ri harakati kabilar ham kiradi.
Insonning hayotiy-faoliyatida doimiy yoki vaqtincha xavfli omillar yuzaga keladigan joy xavfli zonalar dеb ataladi. Insonga, xavfli omillar bevosita u bilan muloqotda bo‘lish orqali yoki belgilangan masofadan kam masofada yaqinlashilganda ta’sir etishi mumkin. Xavfli zonalar mashinalarning harakatlanuvchi va aylanuvchi mexanizmlari trofida, yuk ko‘tarish-tushirish mashinalarining ishlash vaqtida ko‘tarilgan yuk atrofida yuzaga kelishi mumkin.
Ayniqsa, katta tezlikda aylanuvchi yoki harakatlanuvchi mexanizmlar ish kiyimini yoki sochni o‘rab ketishi ehtimoli mavjud joylar xavfli hisoblanadi. Xavfli zonalar o‘lchami doimiy yoki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shu sababli xavfli omillardan himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqishda xavfli zonalar o‘lchamini aniqlash va hisobga olish talab etiladi.
Yuqoridagilarga mos holda barcha mashina va mexanizmlarning loyihasiga ularning bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarini hisobga olgan holda xavfsizlik talablari o‘rnatiladi. Umumiy holda mashina va mexanizmlar loyihasiga qo‘yilgan xavfsizlik talablariga quyidagilarni kiritish mumkin: mashina va mexanizmlarning barcha harakatlanuvchi va aylanuvchi mexanizmlariga himoya to‘siqlari o‘rnatilgan bo‘lishi; mexanizm yoki detallar yuzalari o‘tkir qirrali, notekis bo‘lmasligi (texnologik jarayon talabi bo‘yicha tayyorlangan detallar bundan mustasno); mashinaning o‘lchamlari xavfsiz va qulay transport holatini ta’minlashi; boshqarish azolari qulay bo‘lishi; kabinalarda ishchi uchun qulay va komfort sharoit bo‘lishi; tegishli yoritilganlik jihozlari bilan ta’minlanishi; tegishli nazorat asboblari, ishonchli tormoz qurilmalari, signalizatsiya tizimi bo‘lishi va b. Shuningdek, mashina va mexanizmlarning ayrim mexanizmlariga ham alohida texnik talablar o‘rnatiladi.
Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash asosan quyidagi tadbirlar yordamida amalga oshiriladi:
а) texnikalarni xavfsizlik talablari asosida loyihalash va tayyor- lash;
b) xavfdan himoyalanishning muhandis-texnik vositalaridan foydalanish;
d) xavfsiz texnologik jarayonlarni tatbiq etish;
e) ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha malakali o‘qitish;
f) xavfsiz ish joyi va ish sharoitini tashkillashtirish.
Yuqorida ta’kidlangan tadbirlar amalda birgalikda qo‘llanilgаndаginа ijobiy natijalarga to‘liqroq erishiladi. Vaholanki, ushbu tadbirlarni ishlab chiqish, birinchi navbatda xavfning turini, uning kelib chiqish sabablarini o‘rganishni talab etadi Xavfning turi va kelib chiqish sabablariga bog‘liq holda xavfli faktorlardan himoyalanish usullari ikki xil: faol va passiv turlarga bo‘linadi.
Faol himoya xavfli faktorlarni hosil bo‘lishini yoki uning ta’sir darajasini kamaytirishga уo‘naltirilgan bo‘ladi.
Passiv himoya xavfli faktorlarni insonga ta’sirini bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmuidan iborat bo‘lib, u ishni tashkil etish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalardan foydalanish уo‘llаri orqali amalga oshiriladi.
Download 30,07 Kb.
1   2   3   4




Download 30,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Videoterminallar foydalanuvchilarining mehnat xavfsizligi

Download 30,07 Kb.