Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana06.06.2024
Hajmi0,53 Mb.
#260960
1   2   3   4   5
Bog'liq
10- Ma\'ruza

 
10.2. Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi 
Belgilangan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarining nomenklaturasini tanlash, 
bu ko‘rsatkichlarining qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo‘luvchi qiymatlar bilan 
taqqoslashni o‘z ichiga oluvchi ishlarning yig‘indisi mahsulot sifatining darajasini 
baholash deb ataladi. Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar 
ikkita turkumga bo‘linadi: 
Мувофиқликни баҳолаш турлари 
Акредитациялаш 
Инспекция назорати 
Сертификатлаштириш 
Юкларни ортишдан ва туширишдан 
аввалги
инспекциялар
Мувофиқликни деклорациялаш 
Синовлар 
Мувофиқликни баҳолаш тизимининг структураси 
Сертификатлаштириш 
идоралари 
Сифат тизимларини
серт.
идоралари 
Синов лабораториялари 
Юкларни ортишдан ва 
туширишдан аввалги
инспекциялар 
Калибрлаш лабораториялари 
Сифат бўйича эксперт аудиторлар 



foydalanishda sarflanadigan mahsulot; 

o‘z resursini sarflaydigan mahsulot. 
Mahsulot sifatining ko‘rsatkichlar nomenkulaturasini tanlab olishni asoslash 
quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi: 

mahsulotni ishlatilishidagi sharoitlarini va vazifasini; 

iste’molchilar talablarining tahlilini; 

mahsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini; 

sifat ko‘rsatkichlariga bo‘lgan asosiy talablarni. 
Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni to‘rt toifaga bo‘lish mumkin: 
*
texnikaviy; 
*
tashkiliy; 
*
iqtisodiy; 
*
ijtimoiy. 
Texnikaviy omillarga uskunalarning jihozlanish, asboblarning hamda nazorat 
vositalarining, texnikaviy hujjatlarning holati; dastlabki materiallar, yarimfabrikat-
larning sifati va shunga o‘xshashlar kiradi. 
Tashkiliy omillarga rejalik, bir maromda ishlash, texnikaviy xizmat va 
uskunalarni ta’mirlash; materiallar, komplektlanuvchi buyumlar, jihozlanishi, 
asboblarni texnikaviy hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta’minlanganligi, ishlab 
chiqarish madaniyati; mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; ovqatlanish va ish vaqtida 
dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi. 
Iqtisodiy omillarga mehnatga pul to‘lash shakllari, oylik maoshning miqdori; 
yuqori sifatli mahsulotni va ishni moddiy rag‘batlantirish; mahsulotning yaroqsizligi 
uchun oylik maoshidan ushlab qolish; uning sifat darajasi; tannarxi; mahsulotning 
bahosi va shunga o‘xshashlar kiradi. 
Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish; malaka oshirishni 
tashkil qilish; ilmiy-texnikaviy ijodni, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, 
turmush sharoitlari, o‘zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik iqlim va tarbiyaviy 
ishlar kiradi. 

Download 0,53 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish