10.3. Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni tasniflash va kodlash
Ba’zan biror mahsulot xarid qilganimizda uning ko‘rinarli joyida yoki
etiketkasida har xil qalinlikdagi chiziqlar va raqamlar bilan belgilangan shakllarni
ko‘rishimiz mumkin. Ularga shtrix-kod nomi berilgan. Xo‘sh, shtrix-kodlar nima va
qachon paydo bo‘lgan?
Shtrix-kodlardan mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g‘oyasi ilk bora 30-
yillarda AQSH ning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo‘lib, undan amalda
foydalanish bir necha o‘n yillardan so‘nggina, ya’ni, 60-yillardan boshlangan.
Shtrix-kodlarni dastlabki qo‘llovchilar temir yo‘lchilar bo‘lib, shu usul orqali temir
yo‘l vagonlarini identifikatsiyalashtirilgan. Mikroprosyessor texnikasining gurkirab
rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda foydalanish
imkonini yaratdi. 1973 yil AQSHda Mahsulotning Universal Kodi (IPC) qabul
qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropa Kodlash Tizimi YeAN (European Article
Numbering) ta’sis etildi va hozirda undan nafaqat Yevropada, balki boshqa
mintaqalarda ham keng ravishda foydalanilmoqda.
Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli,
turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo‘lib, bu chiziqlarning o‘lchamlari
standartlashtirilgan. Shtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida
o‘qishga mo‘ljallangan. Uning vositasida, mikroprosessorlar orqali shtrixlar
raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan davlatimizda O‘zbekiston
Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarni shtrixli kodlash kiritilmoqda. “GS1
International” (YeAN Uzbekistan) (Belgiya, Bryussel) xalqaro assosiatsiyasi
tomonidan bizning mamlakatimizga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berildi.
U bo‘yicha bu tovar qayerda ishlab chiqarilganligini aniqlash mumkin.
Mamlakat kodidan keyingi raqamlar tovarni ishlab chiqarayotgan yoki realizatsiya
qilayotgan korxonani belgilaydi. Keyingi beshta raqamlar bilan mahsulotning
iste’molchilik xossalari o‘lchami, massasi, tarkibi, shakli, o‘ramining ko‘rinishi va
boshqa ma’lumotlar shifrlab qo‘yilgan.
Bu raqamlar qatoriga muvofiq komp’yuter yordamida shtrixli kod
shakllantiriladi. Oxirgi 13-raqam tekshirish uchun va barcha kiritilgan axborotning
shtrixli kodini skaner bilan o‘qilishi to‘g‘riligini tekshirish uchun ishlatiladi. Shtrixli
kodga o‘zgarib turuvchi, masalan, sifati va bahosi haqidagi ko‘rsatkichlar
kiritilmaydi.
Har bir tovar ishlab chiqaruvchi bizda tashkil etilgan “GS1 International”
(YeAN Uzbekistan) tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish
Markazida ro‘yxatga olinadi.
Dunyoning ko‘pchilik mamlakati foydalanadigan bu tizimning qulayligi
shundan iborat-ki, u sotib olinayotgan va sotilayotgan tovarlarni avtomatlashtirilgan
hisobini yuritishga imkon beradi. Zamonaviy texnika bilan jihozlangan
magazinlardagi kassa apparati bu barcha tovarlarni va ularning narxlari xotirasiga
kiritilgan kompyuterdir. Ularni savdo korxonasi o‘zi belgilaydi, buyumlarda bir xil
shtrixli kod bo‘lsa ham turli savdo joylarida ular farq qilishi mumkin. Magazin
raxbarlari ixtiyoriy paytda qancha so‘mga va qanday buyumlar sotilganligi,
qaysilariga talab borligi yoki ularni turib qolishini bilib olishlari mumkin. Tizim
ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori haqida doimo tezkor to‘planadigan ma’lumotlar
ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ham, ulgurji va chakana savdo uchun ham
qulaydir. Barcha jarayonlar ustidan nazorat kuchayadi, buxgalteriya hisobi, tovar-
transport va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish avtomatlashtiriladi.
Shtrixli kodlash texnologiyasini joriy etishning iqtisodiy samarasi aylanma
mablag‘lar harakatini tezlashtirish, tovar zahiralarini boshqarish tezkorligini
ta’minlash, omborxonalarda saqlash xarajatlarini kamaytirishdan tashkil topadi.
Shtrixli kodni borligi psixologik ahamiyatga ham ega xaridor albatta "zebra"
belgili tovarni tanlaydi. Lekin shtrixli kod shaxsan iste’molchi uchun axborotga ega
emasligini ta’kidlash kerak. Ammo o‘z hurmatini bilgan ishlab chiqaruvchi o‘zining
obro‘si uchun yagona ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar berib, albatta tovarlar va
o‘zi haqida umumiy ma’lumotlarini bildiradi. Bu ma’lumotlarni soxtalashtirish
mumkin emas. Garchi ayrimlar intilsa ham, natijada ular bozorda aks reklamaga ega
bo‘ladilar, bu esa chiqimlarga olib keladi.
Grafik tasvirni va raqamli qatorni loyiqligini taqqoslashini buyum xaqidagi
axborotni to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘lgan ixtiyoriy YeAN milliy yoki xalqaro
ma’lumotlar bankida o‘tkazish mumkin. Bu tizimdan ishlab chiqaruvchilar, yetkazib
beruvchilar va savdoda muvaffaqiyatli foydalaniladi. Savdo sheriklari barcha zanjir
bo‘ylab identifikatlashtirish raqamiga havola qilishadi bu qulaydir, chalkashlik va
har xil tushunishni bartaraf qiladi.
Tizimni O‘zbekistonda joriy etish respublikani dunyo bozoriga faol chiqishi
bilan bog‘liqdir. Dunyo bozorida raqobat keskindir va unda muvaffaqiyatli
qatnashish uchun to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishda menejerga yordam
beradigan axborotga ega bo‘lish kerak. Endi bizning tijorat tashkilotlarimizga
bevosita O‘zbekistonda u yoki bu tovarni ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonalar
to‘g‘risida ishonchli axborotni olish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Xorijiy
tijoratchilarning so‘rovi bo‘yicha ham O‘zbekiston korxonalari to‘g‘risidagi
o‘xshash axborotlarni berish mumkin. Ya’ni shtrixli kod ishchan sherikchilikni
yengillashtiradigan tashrif kartochkasidir.
Tovarlarning raqamlash bilan mashg‘ul bo‘lgan qator xorijiy tashkilotlar bilan
kelishilgan holda ma’lumotlar banklarini ayirboshlash rejalashtirilmoqda, bu esa
O‘zbekiston tovarlarini import qilishni mo‘ljallagan mamlakatlarda bizning
korxonalar uchun mahsulotlarini manzilli reklamasini ta’minlaydi. Bunday
xizmatlar dunyo bozorida keng qo‘llaniladi.
Bu muhim ishga “O‘zstandart” bo‘linmalaridan tashqari Tashqi Iqtisodiy
Aloqalar Vazirligi (TIAV), respublika tovarlar ishlab chiqaruvchilari va
tadbirkorlari palatasi jalb qilingan. Natijada tovarni bojxonadan olib o‘tish uchun
TIAV da kontraktni ro‘yxatdan o‘tkazishda shtrixli kodni borligi talab qilinadigan
tartib joriy qilinadi. Ichki bozorda ham ko‘p ishlarni bajarish lozim bo‘ladi. Xususan
shtrixli kodlarni o‘qib oladigan kassa apparatlarini joriy qilish bo‘yicha, hozir bizda
faqat ikkita shunday supermarketlar mavjud. Vaqt o‘tishi bilan savdo korxonalarini
texnik tomondan jihozlanishi bilan faqat eksport qilish uchun mo‘ljallangan
tovarlarni emas, balki ichki bozor uchun mo‘ljallangan tovarlarni ham shtrixli kodlar
bilan markalash zarurati kelib chiqadi. “O‘zstandart” da O‘zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, shtrixli kodlash tizimini qo‘llash
tartibini aniq belgilaydigan me’yoriy hujjatlar va usuliyatli materiallar ishlab
chiqildi. Shtrixli kodlash bo‘yicha uchta asosiy davlat standartlari tasdiqlandi,
shtrixli kodning to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat yo‘lga qo‘yilmoqda. Begona
belgilashlarni o‘zlashtirish uchun jinoiy jazo beriladi. Shunday qilib shtrixli kodni
foydalanuvchilarini va uni bosmaxonada nashr qilish uchun asl nusxa maketini
tayyorlovchisining javobgarligi oshadi. Hozir ushbu to‘lqinda har xil
“bosmaxonachilar” paydo bo‘lishi mumkinligini eslatib qo‘yish o‘rinli bo‘ladi.
Shtrixli kodni asl nusxa maketi faqat “O‘zstandart” ning SMSITI da amal qilayotgan
shtrixli kodlash Markazida shakllanadi, tayyorlanadi va Davlat reyestrining
komp’yuterida ro‘yxatga olinadi. Shunday qilib shtrixli kodlash lozim bo‘lgan
tovarlarni barcha tavsiflarini hisobga olib boradi. Bizning va xorijiy tadbirkorlar
o‘zlarining maxsulotlarini realizatsiya qilinishini haqida to‘la axborot olishi va uni
sotib olishda tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Hozirgi paytda respublikaning o‘ndan ortiq korxonalari yuzdan ortiq
buyumlarga asl nusxa maketlarini olishdi. Shtrix kodni avval olish ancha qiyin
bo‘ldi, chunki maslahatlashadigan hech kim yo‘q edi. Endi hammasi texnik
tomondan to‘g‘rilandi, ikki kun ichida buyumning tavsiflari bo‘yicha tuzilgan
shtrixli kodini olish mumkin. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar hozircha bu “pasport”
ma’lumotlarini aniqlashmoqda. Tovarni bir turiga ham, bir nechta o‘nliklariga ham
buyurtmachilar bor. Shtrixli kodni tushirishga joyi kam bo‘lgan buyumlar ham
uchraydi. Bu holda qisqartirilgan sakkiz raqamli asl nusxa maketi tayyorlanadi, lekin
davlat kodi qoldiriladi.
Shtrixli kod buyicha me’yoriy hujjatlarni xalqaro talablar bilan
uyg‘unlashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda, ushbu muhim sohada
mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kurslar amal qilmoqda.
Xullas, O‘zbekiston tovarlarining raqobat qila olish imkonini oshirish,
ularning tovarlarni raqamlash xalqaro tizimiga kirishi, iste’molchilar huquqlarini
himoya qilish, “O‘zbekistonda tayyorlangan” nomli markali mahsulot ishlab
chiqarishning avtomatlashtirilgan hisobini ta’minlash uchun maqsadga qaratilgan
ish olib borilmoqda.
Ko‘pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarda mahsulotning o‘ramida
(upakovkasida) shtrix-kodning bo‘lishi majburiy sanaladi. Aks holda savdo
tashkilotlari mahsulotdan voz kechishlari mumkin. Bu xalqaro savdoga ham
tegishlidir. Ushbu tizimning iqtisodiy jihatdan samaraliligi mahsulotning 85
foizidan ko‘pi kodlashtirilganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari,
mahsulotga nisbatan bo‘lgan talab va ehtiyojlarni shakllantirish, jamlash, hisobga
olish, mahsulotni kelish-ketishini hisob qilib borish, muxosiblik hisoblarida va
hujjatlarni rasmiylashtirishda hamda mahsulotlarni saqlash va sotuvidagi
nazoratlarni amalga oshirishda alohida o‘rin tutadi.
EAN assosiatsiyasi turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqqan bo‘lib, ushbu
kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda lisenziyalar tavsiya etadi.
Masalan, Fransiya uchun davlat kodi sifatida 30-37, Italiya uchun 80-87 oraliqlari
tavsiya etilgan. Ba’zi davlatlarning kodlari uch xonali sondan iborat. Masalan,
Gresiya -520, Rossiya - 460, Braziliya - 789. Quyiroqda keltirilgan 21.1-jadvalda
ba’zi bir davlatlarning lisenziya asosida olingan kodlari keltirilgan.
Asosan EAN ning ikki kodidan ko‘proq foydalaniladi: 13 razryadli va 8
razryadli raqamli kodlar. Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. Har bir
raqam (yoki razryad) ikki shtrix va ikki probeldan iborat bo‘ladi (21.1 va 21.2-
rasmlar). 13 razryadli kodning tarkibida quyidagi kodlar ko‘rsatiladi:
davlat kodi ("davlat bayrog‘i");
korxona (firma) - tayyorlovchi kodi;
mahsulotning kodi;
nazorat soni.
Tayyorlovchi korxonaning kodi har bir davlatda tegishli organlar tomonidan
tuziladi. Odatda, bu kod beshta raqamdan iborat bo‘lib, davlat kodidan keyin keladi.
Mahsulot kodi tayyorlovchi tomonidan tuziladi va u ham beshta raqamdan
iborat bo‘ladi. Bu kodning rasshifrovkasi standart emas, u mahsulotga taalluqli
bo‘lgan muayyan hususiyatlarni (belgilarni) yoki faqat tayyorlovchining o‘zigagina
ma’lum bo‘lgan va shu mahsulotning qayd etish tartib raqamini ifodalashi ham
mumkin.
EAN-8 kodi uzun kodlarni belgilab bo‘lmaydigan kichik o‘ramlar
(upakovkalar) uchun mo‘ljallangan. EAN-8 kodi quyidagi kodlar tartibidan iborat:
davlat kodi (“davlat bayrog‘i”);
korxona (firma) - tayyorlovchi kodi;
nazorat soni.
Ba’zan, tayyorlovchi korhona kodining o‘rniga mahsulotning qayd etish tartib
raqami keltirilishi ham mumkin.
Raqamlar qatori skaner uchun emas, balki xaridorlar uchun mo‘ljallangan.
Talabgor (xaridor) uchun ma’lumot faqat mahsulot tayyorlangan davlatni bildirish
bilan chegaralanadi, chunki davlat kodi maxsus nashrlarda va ma’lumotnomalarda
keltirilib turadi yoki ma’lumot bazalarida va banklarida saqlanishi mumkin. To‘liq
shtrixli kod tashqi savdo tashkilotlariga yoki savdo ob’yektlariga mahsulotning aniq
kelib chiqish rekvizitlarini bilish va kerak bo‘lsa mahsulotning kontrakt (shartnoma)
talablariga mos kelmaydigan parametrlari va ko‘rsatkichlari borasida aniq manzilga
raddiya yoki norozilik bildirish imkoniyatini yaratadi.
Nazorat soni EAN algoritmi bo‘yicha kodni skaner vositasida to‘g‘ri
o‘qilganligini tekshirish uchun xizmat qiladi.
Давлат
коди
Тайёрловчи
коди
Маҳсулот
коди
Назорат сони
21.1-расм.
13 разрядли EAN
коди
Марказий штрихлар
Четки штрихлар
5 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 0 0
Давлат
Тайёрловчи
Назорат
сони
21.2-расм
8 разрядли EAN коди
5 0 1 2 3 4 5 2
|