2.
Loyihalash va texnik talablarni ishlab chiqish
3.
Moddiy texnik ta’minot
4.
Texnologik jarayonni tayyorlash va ishlab chiqish
5.
Mahsulotni ishlab chiqarish
6.
Mahsulotni sinash va nazorat qilish
7.
Mahsulotni qadoqlash (upakovka) va saqlash
8.
Mahsulotni taqsimlash va sotish
9.
Montaj va ekspluatatsiya qilish
10.
Xizmat qilishda texnik yordam ko‘rsatish
11.
Chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish.
Mahsulot sifatining tashkil topishi, uning hamma hayotiy bosqichlarida:
tadqiqot
va loyihalash ishlarida; ishlab chiqarishda; muomalada; iste’molda yoki
ishlatishida namoyon bo‘ladi.
Tadqiqot va loyihalash ishlari mahsulotning sifatini oshirilishida belgilovchi
o‘rinni egallaydi. Bu bosqich sifatni tashkil topishining boshlanishi hisoblanib,
bunga ilmiy-texnika taraqqiyotining qo‘llanishi natijasida hamda me’yoriy
hujjatlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun uni muomalada, iste’molga yoki
ishlatilishiga belgilangan iqtisodiy ko‘rsatkichlariga rioya qilgan holda tayyorlash
natijasida erishiladi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
andozalar, sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan namunalarga yo‘naltirilgan ilmiy-
tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va
boshqa ishlarni bajarish;
me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish;
standartlarga rioya qilinishida o‘z-o‘zini nazorat qilishini
amalga oshirish;
mahsulot sifatining darajasini istiqbollash va me’yorlash;
mahsulot sifatini rejalangan darajasiga erishish, turli usullarni tayyorlash
choralarini joriy qilish, sinash va nazoratga yo‘naltirilgan
konstruktorlik va
texnologik tadbirlarni ishlab chiqish;
bizda va xorijda chiqarilayotgan shu xildagi mahsulot sifati haqidagi axborotni
tahlil qilish;
mahsulot sifatining ko‘rsatkichlarini va shuningdek sifat darajasini baholashni
tasniflash va aniqlash.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimlari ishlab chiqish bosqichida texnikaviy
darajani rivojlanishini doimo yuqori sur’atlarda bo‘lishini ta’minlaydi.
Murakkab va mas’uliyatli buyumlar uchun ishlab chiqishda sifatni boshqarish
jarayonida maxsus ish rejalari tuziladi. Maxsus konstruktorlik ilmiy-tadqiqot yoki
loyihalash institutlarida, sanoat korxonalarida konstruktorlik texnologik bo‘lim
(byuro) larda yangi mahsulot namunalarini ishlab chiqish mumkin. Bunda asosiy
e’tibor ushbu buyum namunasi haqiqatdan yangi bo‘lishligiga yoki ishlab
chiqarishdagi buyumlarni takomillashganligiga qaratiladi.
Mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichida
optimal texnologik
jarayonlarni tanlash qiyin va u ma’suliyatli vazifa, chunki bu bosqichda doimiy
texnologiyaning qiyinlashishi hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini
yaxshilash zaruriyati bo‘ladi. Tayyorlash bosqichida mahsulot sifatini oshirish
korxonaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mahsulotni ishlab chiqarish bosqichida esa quyidagi tadbirlar amalga
oshirilishi mo‘ljallanadi:
mahsulotni bevosita tayyorlash;
uskunalarning, jihozlarning, nazorat o‘lchash texnikasining
sifatini kyerakli
darajada bo‘lishini ta’minlash va nazorat qilish;
mahsulot sifatini oshirish, yaroqsizlikni oldini olish, me’yoriy hujjatlarga mos
kelmaydigan mahsulot ishlab chiqarish sabablarini bartaraf qilish tadbirlarini
tayyorlash va amalga oshirish;
me’yoriy hujjatlarni joriy qilish va ularga qat’iy rioya qilish;
korxonaga tushayotgan xom ashyoning,
materiallarning, yarimfabrikatlarning
komplektlanuvchi buyumlarning kirishdagi nazoratini o‘rnatish;
chiqarilayotgan mahsulotning ish bajarishdagi, qabuldagi va sinashdagi
nazoratini o‘rnatish;
tekshiruvchan nazoratga, me’yoriy hujjatlarga rioya qilish;
ishlatilish bosqichidagi mahsulotning sifati haqidagi axborotni yig‘ish va
to‘plash, uning yaroqsizligini, u haqidagi shikoyatlarni hisobga olish va tahlil
qilish;
xom ashyo,
materiallar, yarimfabrikatlar, komplektlanuvchi buyumlarni va
tayyor mahsulotni omborlarda, korxona ichidagi transportlarda me’yoriy
hujjatlarning talablariga binoan olib yurilishini ta’minlash va nazorat qilish;
belgilangan sifat darajasidagi mahsulotni chiqazishda korxonaning xodimlarini
moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish.
Ishlab
chiqarish birlashmalarida, korxonalarda ishlab chiqarish bosqichida
qo‘yilgan maqsadlarga va vazifalarga erishishda mahsulot sifatini boshqarish
tizimlari ta’minlaydi.