|
Online magazin web saytini yaratish
|
bet | 1/9 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #237056 |
Bog'liq И.П.Ахаткулов
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NURAFSHON FILIALI
“ONLINE MAGAZIN WEB SAYTINI YARATISH”
Mavzusidagi LOYIHA ISHI
Bajardi: 220-21 guruh talabasi Ahatqulov Adham o`g`li
(F.I.SH. Guruhi)
220-21 guruh talabasi Sattorov Akobir Muxtor o`g`li
(F.I.SH. Guruhi)
Rahbar: Suvonov Himmatjon
(F.I.SH.)
Himoya qilindi:
(sana)
________________________________
(baho)
_______________
(imzo)
Nurafshon 2024
TASDIQLAYMAN
“ATT” kafedra mudiri
Oqboyev Olti Yusupovich
« » 2024-yil
Individual loyiha
Fan « »
Guruh: 220-21 Talabalari: Ahatqulov Adham Anvar o`g`li
Sattorov Akobir Muxtor o`g`li
Mavzu:
“Online web saytini yaratish ”
Asosiy ma’lumotlar:
Maketda ishlatilgan ehtiyot qismlar ishlash prinsipi vazifasi.
Foydalanilgan materiallar: MySQL, HML,CSS,JS va boshqa dasturlash tillari,
Dastur qismi:
1) Nazariy malumotlar.
2) Ishga tayyorlash va dasturini yaratish.
3) Dastur algoritm va kodlarini yaratish va baza tashkil qilish va taqdimot qilish
Hisobot mundarijasi:_
Topshirish muddati:
-
|
Elektron va
A4 formatdagi
hisobot
|
Loyiha maketi
|
Taqdimot
|
Himoya
|
Umumiy ball
|
Maksimal ball
|
30
|
50
|
10
|
10
|
100
|
To‘plagan ball
|
|
|
|
|
|
Rahbar:
|
|
Suvonov Himmatjon
|
|
Talaba:
|
(imzo)
|
Ahatqulov Adham
|
(sana)
|
Talaba:
|
(imzo)
|
Sattorov Akobir
|
(sana)
|
MUNDARIJA
Mavzusidagi LOYIHA ISHI 1
1
Nurafshon 2024 1
KIRISH 3
Bu tizimning quyidagi xususiyatlari 15
Admin tomoni 15
Foydalanuvchi tomoni 15
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Jamiyatni axborotlashtirish hozirgi zamonning davr talabiga aylanib bormoqda. Inson faoliyat olib borayotgan barcha sohalar axborotni qabul qilish, qayta ishlash va o'zlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog'liq.Hozirgi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari jadal sur'atda, yangilanib, o'zgarib, rivojlanishi bilan birga kundalik turmushimizning asosiga aylanib bormoqda . Hozirgi davrda bizni o'rab turgan dunyodagi axborotlar oqimi juda ulkandir. Ular ulkan bo'lishiga qaramasdan yanada ko'payib bormoqda. Shuning uchun kattami - kichikmi tashkilotlar qanday bo'lishidan qat'iy nazar tashkilotdagi mumkin bo'lgan barcha ishlarni tashkil etishga imkon beradigan ma'lumotlarni samarali, qulaytarzda olib borish muammosi yuzaga kelmoqda. Oldingi davrda biror tashkilotning ma'lumotlari qog'ozlarda, turli papkalarda saqlanganbo'lsa,hozirgi davrda esa deyarli barcha tashkilotlar kompyuterlashtirilgan usullar – kata hajmdagi ma'lumotlarni samarali saqlashga yordam beruvchi berilganlar bazasidan foydalanadilar. Bugungi kunda tashkilot qanday bo'lishidan qat'iy nazar ular moliyaviy bo'ladimi, savdo tashkilotlari yoki sanoat bo'ladimi barchasining faoliyatini berilganlar bazasisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Agar berilganlar bazasi bo'lmaganida ular axborot oqimi ichida qolib ketardi. Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga aylanmoqda. Yaʻni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan oʻrni tobora yuksalmoqda va ular strategik resursga aylangan. Dunyoda jamgʻarilgan axborot va bilimlarning 90 % soʻnggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida jumladan, taʻlimda ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng koʻlamda samarali foydalanishni talab etmoqda. Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, zamonaviy axborot texnologiyasi, modellash, maʻlumotlar manbayi, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan taʻminlash va boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi.
Oʻzbekistonda yuritilayotgan raqamli iqtisodiyot siyosati zamirida ham yangi texnologiyalarni rivojlantirish maqsadi koʻzda tutilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy yetish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq, raqamli iqtisodiyot bilan shugʻullanadigan yaxlit tizim yaratildi. “Elektron hukumat”, iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish, IT parklarini tashkil yetish va boshqarish kabi vazifalar toʻliq Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi vakolatiga oʻtdi.
Bugun Yangi Oʻzbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi oʻzgarishlar haqida toʻlqinlanib soʻzlamaslikning iloji yoʻq. Mamlakatimizda soʻnggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish boʻyicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli boʻlib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, koʻplab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tugʻiladi. Shunday ekan, Yangi Oʻzbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, oʻylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qoʻllab-quvvatlaydi”.
Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilgʻor ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
Axborot - ijtimoiy, iqtisodiy, tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va maʻlumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida toʻplagan tajribalari majmuyi demakdir. Inson axborot oqimi ichra yashar ekan, turli-tuman voqea, hodisalar va jarayonlarning bir-biriga aloqadorligini, oʻzaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib koʻrish maqsadida koʻpdan koʻp dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariy bilimlar amaliyot bilan birlashadi.
|
| |