• Kurs ishining maqsadi.
  • Axborotlashtirish jarayoni deganda




    Download 2,88 Mb.
    bet2/9
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #237056
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    И.П.Ахаткулов

    Axborotlashtirish jarayoni deganda - inson faoliyatining muhim yoʻnalishlarida olingan bilimlardan samarali foydalanish uchun koʻrilgan kopleks chora-tadbirlar tushuniladi.
    Axborotlashgan jamiyat iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan yanada yuksalishga, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va mehnat unumdorligini oshirishga, iqtisodiyotni makro va mikro darajada boshqarishni takomillashtirish hamda istiqbolli ilmiy yo’nalishlarni rivojlantirishga katta zamin yaratib beradi. Bunday jamiyatni barpo etish ilmiy-texnika tarakkiyoti yutuklari va axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini ilg’or ishlab chiqarish sohalarida qo’llash hamda materiallar va xom-ayosh yaratish bilan chambarchas bog’langan. Jamiyatning asosiy ijtimoiy ishlab chiqaruvchi kuchi sanalmish inson barkamolligi yo’lida axborotlashtirish jarayonlari asosiy negiz bo’lib xizmat qiladi
    Kurs ishining maqsadi. Hozirgi globallashuv asrida insonlarga qulaylik yaratish maqsadida juda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqin tarix balki hozirgi kunlarda ham ayrim tashkilotlarning oldida uzun navbatlarni ko’rishga o’rganib qolganmiz. Buning yagona yechimi har bir soha(istisnolar bor) o’zining web platformasini yaratishi va uni to’g’ri yo’lga qo’yaolishi kerak. Hech qanday noqulayliksiz harajatsiz eng muhimi navbatlardagi vaqt yo’qotishning yechimi sifatida web platformalar insonlarni istalgan joydan turib internet orqali ishlarini qulay va oson tartibda bitiradi. Davlatimiz raxbarining elektron tijoratga o’tishimiz uchun qilayotgan ishlari xalq farovonligi uchun xizmat qiladi. Har bir fuqaro masofadan turib o’zining har qanday ishini bajaraolsa bu eng muhimi ishi tez va qulay bitadi, vaqti tejaladi va yana korrupsiyaning oldini olishga ham katta xizmat qiladi.
    Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, yapon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini taʻminlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda esa xarakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish boʻlmogʻi lozim.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida reklama xizmatlarining ahamiyati kuchayib, muomala harajatida reklama harajatlarining hissasi ortib boradi. Reklama tadbirkorlikning alohida bir tarmogʻiga aylanadi va reklama maxsus qoidalar va qonunlarga muvofiq tashkil etiladi. Qonuniylik, aniqlilik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek, maʼnaviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablardir. Oʻzbekistonda reklama tayyorlash va tarqatish bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining "Reklama toʻgʻrisida" (1998-yil 25-dekabr) qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunga koʻra, isteʼmolchilarni chalgʻitadigan yolgʻon yoki noaniq maʼlumotlarni reklama vositasida tarqatish, shuningdek, ayrim tovarlar yoki faoliyat sohalarini reklama qilish qonun yoʻli bilan taqiqlanadi.
    Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham oʻzgaradi. Barcha harakatlar tovarlarni ishlab chiqarish va iste’mol etishga yoʻnaltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab chiqariladi va iste’mol etiladiki, bu hol aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi.
    Axborot texnologiyalarini joriy qilishning asosiy mezoni har bir insonning,
    har qanday bozor munosabatida va davlat boshqaruvida yo’naltirilgan bo’lishi
    kerak. Axborot texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalarida
    qo’llaniladigan, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishga ega bo’lgan axborot
    tizimini o’z ichiga oladi.

    Download 2,88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 2,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotlashtirish jarayoni deganda

    Download 2,88 Mb.