|
Mavzu: raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar. Raqamli qurilmalar
|
bet | 1/18 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 2,34 Mb. | | #154507 |
Bog'liq 1 MA\'RUZA Raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti,
1–MA’RUZA
MAVZU: RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI. ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR. RAQAMLI QURILMALAR
Reja:
1.Raqamli va axborot texnologiyalari fanining maqsadi va vazifasi. Axborot tushunchasi, texnologiya, tizim, axborot tizimi va axborot texnologiyalari
2. Raqamli texnologiyalar va “Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasi haqida
3. Axborotning xossalari, axborotni o’lchash, axborotning semantik, sintaktik va pragmatik o’lchovlari
4. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi, asosiy qurilmalar
5. Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari
6. Raqamli qurilmalar
Tayanchso’zlar:Informatsiya,informatika, axborot,texnologiya, axborot tex-nologiyasi,tizim, axborot tizimi, raqamli texnologiya, analog, diskret, bit, bayt, axbоrotning adekvatligi, shaxsiy kompyuter, portativ kompyuter, mikroprotsessor, operativ xotira, doimiy xotira, kesh xotira, qattiq disk, ona plata, port, shina, monitor, printer, skaner, plotter, modem, kompakt disk, raqamli qurilmalar, raqamli fotoapparat.
Ta’lim sohasidagi tub islohatlarning asosiy maqsadi jahon andozalari asosida bilimlar berish va raqobatdosh kadrlar tayyorlashdir.
“Raqamli va axborot texnologiyalari” fani insonlarda axborot muhitida ma’lum bir dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o’ynaydi.
Fanni o’qitishdan maqsad – zamonaviy axborot asoslari, zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning atrof qurilmalari, raqamli texnologiyalar, sistemali dasturiy ta’minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar, raqamli xizmatlar, raqamli multemidia, axborotlarni himoyalash, Microsoft Office paketining dasturiy vositalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Fanining vazifasi:
informatika, raqamli va axborot texnologiyalar haqida bir butun tasavvur hosil qilish;
informatika, raqamli va axborot texnologiyalarning har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi rolini ochib berish;
informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va imkoniyatlarining ochib berish;
axborot tizimlari va raqamli texnologiyalarni nima maqsadida va qanday qo’llash haqida tushuncha hosil qilishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quydagi talablar qo’yiladi:
- zamonaviy axborot texnologiyalar va raqamli texnologiyalar, operatsion tizimlar, raqamli multimedia, kompyuter tarmoqlari, raqamli xizmatlar, axborot xavfsizligi va axborotlarni himoyalash, elektron tijorat tizimlariga doir bilimga;
- axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o’lchovlari, axborot jarayonlarining apparat va dasturiy ta’minoti, operatsion tizimlar, amaliy dasturlar bilan ishlash texnologiyalar, kompyuter tarmoqlari va ularning turlari, raqamli xizmatlar, elektron hujjat aylanish tizimi, zamonaviy multimedia tizimlari, axborot xavfsizligining tashkiliy va huquqiy asoslari, axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalaridan, elektron tijorat tizimlaridan foydalanish ko’nikmasiga;
- axborotga ishlov berish qurilmalari, axborot jarayonlarining apparat va dasturiy ta’minoti, raqamli qurilmalar, operatsion tizimlar, xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va utilitalar bilan ishlash, amaliy dasturlar bilan ishlash, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish, turli veb saytlar bilan ishlash, elektron hujjat aylanish tizimi, raqamli multimedia tizimlari imkoniyatlaridan foydalanish malakasiga ega bo’lishi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar. Raqamli qurilmalar
|