Axborot tushunchasi, texnologiya, tizim, axborot tizimi va axborot texnologiyalari




Download 2,34 Mb.
bet2/18
Sana11.02.2024
Hajmi2,34 Mb.
#154507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1 MA\'RUZA Raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti,

Axborot tushunchasi, texnologiya, tizim, axborot tizimi va axborot texnologiyalari
Axborotlashtirish faoliyatining rivojlanishida ularni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va jamiyatda ilmiy axborotlarni tarqalishi natijasida yangi ilmiy yo’nalish informatika vujudga keldi.
“Informatika” so’zi dastlab XIX asrning 60 yillarida Fransiyada vujudga keldi. U informatsiya (informatsion) va avtomatika (avtomatiqiye) so’zlarini birlashtirishdan hosil bo’lib, ma’lumotlarni qayta ishlash degan ma’noni anglatadi.Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda u kompyuter fani (Compyuter science) deb ataladi.
Informatika faniga XX asrning 50 yillarida asos solingan.
Informatsiya – xabar, axborot va ma’lumotdir. Informatsiya so’zi lotincha “Information” so’zidan olingan bo’lib, axborotlarning tushuntirish va tahlil qilish degan ma’noni bildiradi. Informatikaning asosiy rеsursi — axborotdir.
Axborot deganda atrof muhitdan (tabiatdan yoki jamiyatdan), sezgi a’zolarimiz (ko’z, quloq, burun, og’iz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday ma’lumotlar majmuini va ularning o’zaro bog’lanish darajasi tushuniladi.
Azaldan axborot deganda atrof–muhit ob’yektlari va hodisalari, ularning o’lchamlari, xususiyatlari va holatlari to’g’risidagi ma’lumotlar tushunilgan.
Axborotga bir nechta ta’riflar mavjud. Masalan, axborot haqida vikipediya, ochiq ensiklopediyada shunday deyilgan: Axborot –
1) biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot. Davlatlar o’rtasidagi muzokara-lar natijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma to’g’risida hukumatning rasmiy xabari. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlatlar o’rtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natijasida tuzilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan rasmiy e’lon qilinadi. Ikki davlat o’rtasida olib borilgan muzoqaralar haqidagi axborot odatda qo’shma axborot deb ataladi;
2) ba’zi vaqtli nashrlarning nomi (masalan, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining axboroti, O’zbekiston Respublikasi test markazining axboroti va boshqalar).
Axborot– olamdagi butun borliq, undagi ro’y beradigan hodisalar va jarayonlar haqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.
Axborot lotincha “information” so’zidan olingan bo’lib, tushuntirish, biror narsa-ni bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi ma’lumot ma’nosini anglatadi.
Tabiatni kuzatib, insonlar bilan muloqatda bo’lib, kitob va gazetalar o’qib, televi-zion ko’rsatuvlar ko’rib biz axborot olamiz. Mаsаlаn, ko’chаdа kеtаyotgаnimizdа ko’zimiz оrqаli аxbоrоt yig’аmiz. Ko’zning nеrv hujаyrаlаridа yig’ilgаn аxbоrоt murаkkаb rаvishdааlmаshinаdi vа bоsh miyaning ko’rish bo’limlаrigа uzаtilаdi. Bu еrdааxbоrоtgа nаvbаtdаgi ishlоv bеrilаdi vа ishlоv nаtijаsidаn shu zаhоtiyoq fоydаlаnilаdi. Muskullаrimizgа signаllаr (аxbоrоtlаr) yubоrilаdi. Buning nаtijаsidа biz svеtоfоr chirоg’igа qаrаb yo’ldаn o’tishimiz yoki to’xtаshimiz mumkin. Dеmаk аxbоrоtni qаbul qilish, yig’ish, ishlоv bеrish, sаqlаsh vа uzаtish mumkin ekаn.

Axborotlar turli – tuman ko’rinishda bo’lib, ularni quyidagicha ifodalash mumkin:

  1. Matnli; 2.Grafikli; 3.Tovushli; 4. Videolavhali; 5.Belgili; 6.Raqamli axborot.

Keng ma’noda axborot – insonlar o’rtasidagi ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va sun’iy qurilmalar o’rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan tushunchadir.
Xabar – bu informatsiyaning so’zlashuv, matn, tasvir, jadval, sonli ma’lumotlar ko’rinishidagi turidir.
Axborot turli shakllar va ko’rinishlarda mavjud bo’lishi mumkin: 
❖ Matnlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar ko’rinishida; 
❖ Yorug’lik nuri va tovush signallari ko’rinishida; 
❖ Radioto’lqinlar ko’rinishida; 
❖ Elektr va nerv impulslari ko’rinishida; 
❖ Magnit yozuvlari ko’rinishida; 
❖ Imo–ishora va mimika orqali; 
❖ Hid va ta’m ko’rinishida; 
❖ Avloddan avlodga o’tuvchi irsiy xromosomalar va shu kabilar ko’rinishida. 
Informatika uchun axborotni qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish va uzatishda axborot texnologiyalari vositalaridan qanday foydalanish kerakligi muammosi eng asosiy bo’lgani uchun, axborotlarni tasnifi ham o’ziga xosdir. Jumladan, informatikada analog (uzluksiz) va raqamli (diskret) axborotlar ishlatiladi. Inson sezgi a’zolari analog (uzluksiz) axborot bilan ish ko’rishga moslashgan bo’lsa, hisoblash texnikasi esa raqamli (diskret) axborot bilan ishlaydi. Axborot uzliksiz va uzlukli turlarga ajratiladi. Informatika faning rivojlanishi ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash imkoniyati-ga ega bo’lgan kompyuterlarning dunyoga kelishi bilan bevosita bog’liq.
Kompyuter” – so’zi inglizcha so’zdan kelib chiqqan bo’lib, “hisoblovchi” degan ma’noni anglatadi.
Texnologiyalar. “Texnologiya” grekcha so’z bo’lib mohirlik, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma’lum bir jarayonga nisbatan qo’llanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga erishishga yo’naltirilgan xatti-harakatlar majmui tushunilgan. Ushbu jarayon inson tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.
Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan xomashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli, xususi-yati, holatining o’zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tushuni-ladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir.
Axborot texnologiyalari to’g’risida gap ketganda, material sifati ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob’ekt, jarayon yoki hodisa to’g’risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot bo’ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo’ladi.
Axborot texnologiyasi – ob’ektning (axborot mahsulotining) holati, jarayon yoki voqeaning yangi xususiyati to’g’risida axborot olish uchun ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan jarayondir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi – inson yoki tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi.Axborot texnologiyasining maqsadi esa – axborot ishlab chiqarish bo’lib, uni tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga qo’l urish uchun tegishli qaror qabul qilish.
Axborot texnologiyasi – bu axborotni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko’rinishga keltirish, axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
axborot texnologiyasi — axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;

Download 2,34 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 2,34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tushunchasi, texnologiya, tizim, axborot tizimi va axborot texnologiyalari

Download 2,34 Mb.