|
Mavzu: raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar. Raqamli qurilmalar
|
bet | 4/18 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 2,34 Mb. | | #154507 |
Bog'liq 1 MA\'RUZA Raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti,Axborot tizimi — bеlgilangan maqsadga erishish yo’lida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va o’zatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir.
Axborot tizimlari nafaqat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabul qilish (sun’iy intеllеkt usullari, ekspеrt tizimlari va hokazolar), zamonaviy tеlеkommunikatsiya vositalari (elеktron pochta, tеlеkonfеrеntsiyalar), yalpi va lokal hisobrlash tarmoqlari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish hisobriga boshqaruv obyеkti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda kеng qo’llaniladi.
Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma’lum.
Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi.
Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha funktsiyalari tеxnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, tеxnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o’z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy nе’matlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarga tеgishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tеzkor takomillashadi.
Zamonaviy axborot texnologiyasi (kompyuter axborot texnologiyasi) – shaxsiy kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi uchun qulay “inter-feys”li axborot texnologiyasidir. Ma’lum bir turdagi kompyuter uchun mo’ljallangan bir yoki bir necha o’zaro bog’liq dasturiy mahsulotlar zamonaviy axborot texnologiya-larining vositasi sanaladi.
Axborotni quyidagi usullar orqali uzoq masofaga yetkazishingiz mumkin:
1). aloqa bo’limi orqali (yozma ravishda);
2). telefon tarmoqlari orqali (ogzaki);
3). zamonaviy telekommunikasiya vositalari orqali.
Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo’ladi.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi. Darhaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish–inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bog’liq ob’ektiv jarayon hisoblanadi.Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o’sishi hamda fan-texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo’nalishga ajratish mumkin:
Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlash-tirish.
Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish.
3. Tashkiliy –iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
4. Aholiga xizmat ko’rsatish sohasini axborotlashtirish.
5. Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.
Har qanday fan borliqning ba’zi tushunchalarini umumlashgan, bir-biriga bog’-langan holda o’rganadi. Masalan, fizika tabiatdagi voqealar, hodisalar, ularning kelib chiqish shart-sharoitlari, ulardan inson hayotida foydalanish kabilarni o’rganadi. Fizikani o’qitishda turli usul va uslublardan foydalaniladi. Har ikkala holda ham mate-rialni o’zlashtirishda ma’lum darajadagi axborotlar majmui o’quvchilar ongiga yetkaziladi.
Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o’zlashtirishda kompyuter tizimining yordami benihoya kattadir. Axborot qanday ko’rinishda ifodalanishidan qat’i nazar, uni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:
Birinchidan, o’qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan o’quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o’stiradi, bilim berishga differensial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi, talabani o’quv jarayonining sub’ektiga aylantiradi.
Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyida-gi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:
muayyan predmetlarni o’qitishda kompyuter darslari;
kompyuter darslari – ko’rgazmali material sifatida;
talabalarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;
talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;
talabalarning o’qishdan bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini hal etishda va h..k.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar. Raqamli qurilmalar
|