|
Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim berish va malaka oshirishning ustuvor yo’nalishlari
|
bet | 7/18 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 2,34 Mb. | | #154507 |
Bog'liq 1 MA\'RUZA Raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti,Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim berish va malaka oshirishning ustuvor yo’nalishlari
Aholining barcha qatlamlarida raqamli ko’nikmalarni oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
yoshlar orasida axborot texnologiyalarini ommalashtirish, shuningdek, aholining barcha qatlamlari orasida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko’nikma-larini rivojlantirish;
keksa va o’rta yoshdagi aholiga Internet jahon axborot tarmog’ida ishlash, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan va boshqa texnologiyalardan foydala-nish bo’yicha ko’nikmalarni o’z ichiga olgan kompyuter savodxonligi kurslarini tashkil etish;
axborot texnologiyalari sohasida masofaviy, onlayn va virtual o’qitish texnolo-giyalarini joriy etish va rivojlantirish, onlayn kurslar uchun platformalar ishlab chiqish;
raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali kadrlar avlodini shakllantirish maqsadida umumta’lim maktabi o’quvchilariga dasturlashni o’rgatish uchun sharoit yaratish;
aholi o’rtasida raqamli ko’nikmalarni rivojlantirish sohasida yirik IT-korxona-larni jalb qilgan holda davlat xususiy sheriklik mexanizmlarini tashkil qilish;
viloyat va shaharlarda raqamli ko’nikmalar darajasidagi bo’shliqni bartaraf etish maqsadida respublikaning barcha hududlarida ixtisoslashtirilgan o’quv markazlarini tashkil etib vertikal boshqaruv o’quv modeli tizimini tuman va shaharlar darajalarida (IT-park filiali-o’quv markazi-maktab) joriy etish;
raqamli ko’nikmalarga ega bo’lgan aholi ulushini oshirish maqsadida yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida bepul onlayn kurslarni tashkil etish;
fuqarolarning raqamli iqtisodiyot sohasida bilim darajasini mustaqil baholash, shu jumladan boshlang’ich bilim darajasini bepul baholash onlayn resurslarni tashkil qilish;
aholi o’rtasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun “Bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirish.
Ta’lim sohasida raqamli ko’nikmalarni oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
ta’lim pog’onasining boshlang’ich bosqichida o’quvchilarga raqamli texnolo-giyalarni taqdim etish orqali raqamli ko’nikmalarni o’zlashtirish uchun imkoniyatlar yaratish, tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, kelajakda zarur bo’ladigan keng ko’lamli raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarga bilim va ko’nikmalar berish;
yagona masofaviy ta’lim platformasini kelajakda ta’limning barcha yo’nalishlarida tatbiq etish maqsadida yaratish va amalga oshirish;
o’quvchilar uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishning umumiy daraja-sini oshirish maqsadida umumta’lim maktablarining asosiy o’quv dasturlariga doimiy o’zgartirishlar kiritish;
texnologik kasblar va innovatsion faoliyat sohasida o’qishni tashkil etishga qaratilgan yuqori samarali xalqaro amaliyotni ta’lim tizimiga joriy etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog’liq yo’nalishda kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari sonini, axborot texnologiyalar sohasida o’rtacha darajada kompetensiyaga ega bo’lgan o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini oshirish;
axborot texnologiyalar sohasidagi tashkilotlarining o’quv jarayonlarga qatna-shishini rag’batlantirish orqali umumta’lim maktablarda informatika fanini o’qitish metodlarini takomillashtirish;
oliy ta’lim muassasalarida tegishli sohalarda “Internet buyumlar”, robototex-nika, sun’iy intellekt texnologiyalarini qo’llash va o’rganish bo’yicha laboratoriyalar, shuningdek, xorijiy korxonalarni ushbu sohaga jalb qilishni tashkil qilish;
qog’oz shaklidagi materiallarni raqamlashtirish formatlaridan foydalanish bo’yicha davlat yagona talabini ishlab chiqish va qo’llab-quvvatlashni ta’minlash orqali ta’limda o’quv materiallarini raqamlashtirish;
raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va rag’batlantirish, ularning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish;
g’oyalar va yangi texnologiyalar yaratishni targ’ib qiluvchi respublika tanlovlari va tadbirlarini (xakatonlar, konkurslar, olimpiadalar va boshqalar) o’tkazish;
yangi qidiruv tizimlarini yaratish yo’nalishini ishlab chiqish va aniqlash, shu jumladan audio va video materiallarni izlash va aniqlash uchun yechimlar, axborotni qidirish va olishda semantikadan foydalanish, mashinaviy tarjima tizimidagi yangi texnologiyalarini rivojlantirish;
katta hajmdagi ma’lumotlar to’plamini tahlil qilish va bilimlarni to’plash bo’yicha, shu jumladan katta hajmdagi ma’lumotlarni yig’ish, saqlash va intellektual tahlil qilishning yangi usullari va algoritmlarini, katta hajmdagi ma’lumotlarni tarqatish uchun yangi usullar va dasturlar, shu bilan birga murakkab muhandislik yechimlarini bashoratli modellashtirish uchun yangi usullar va dasturiy ta’minotlar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
xatolarga chidamliligini oshirish va tizim elementlari o’rtasidagi almashinuv vaqtini qisqartirish uchun yangi yuqori darajali hisoblash va ma’lumotlarni saqlash tizimlarini, shu jumladan parallel hisoblashning yangi algoritmlarini, yangi superkompyuter texnologiyalari va dasturlarini, yangi aloqa texnologiyalari va o’zaro ta’sir protokollarini yaratish;
robototexnika komplekslari va odamlar o’zaro ta’sirining algoritmlarini ishlab chiqish, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari infratuzilmasini, o’rnatilgan sensorlar va sensor tarmoqlarni takomillashtirish, shuningdek, “bulutli” xizmatlarini taqdim etishning turli xil modellarini amalga oshirish uchun dasturiy ta’minot yaratish bo’yicha ilmiy ishlarni olib borish;
maktabgacha, o’rta va oliy ta’lim tizimi uchun elektron ta’lim resurslarini yanada takomillashtirish, shuningdek, ichki va jahon ta’lim resurslaridan foydalanishni ta’minlash;
inson kapitalini rivojlantirish, shu jumladan, ixtisoslashgan ta’limni rivojlan-tirish hamda IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish, IT-korxonalar uchun institutesional sharoitlarni yaxshilash va ma’muriy to’siqlarni kamaytirish;
elektron xizmatlarga aholi ishonchini shakllantirish va aholining tez rivojlanayotgan raqamli imkoniyatlaridan foydalanish yuzasidan zarur ko’nikmalarni shakllantirish bo’yicha samarali choralarni ko’rish;
maktab va maktabgacha ta’lim tizimiga raqamli transformatsiya va yangi texnologiyalar bo’yicha innovatsion o’quv dasturlarini joriy etish;
odamlarni hukumat va biznes tomonidan taqdim etiladigan raqamli xizmatlardan foydalanishga chorlash.
|
| |