Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi, asosiy qurilmalar




Download 2,34 Mb.
bet9/18
Sana11.02.2024
Hajmi2,34 Mb.
#154507
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
1 MA\'RUZA Raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti,

4. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi, asosiy qurilmalar
Kompyuter – hisoblashlarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo‘yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo‘ljallangan elektron mashina.
Kompyuter so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “hisoblash”, “hisoblagich” degan ma’nolarni bildiradi.
Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo‘lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avvalo shuni aytish lozimki, ko‘pchilikning tushunchasida go‘yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga albatta sabablar ko‘p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo‘lsa, ikkinchi tomondan ko‘p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko‘p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko‘p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz.
Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, ixtisoslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgani uchun, ulardan ko‘proq foydalanilmoqda.
Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo‘llanilmoqda. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo‘lish mumkin:

  • super kompyuterlar (super Computer);

  • server kompyuterlar (server Computer);

  • shaxsiy kompyuterlar (pc-personal Computer);

  • portativ (noutbook) kompyuterlar;

  • mini kompyuterlar (minicomputer);

Super kompyuterlar (TOP 500 kompyuterlar) – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoning global prognoziga oid masalalarni, uch o`lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o`rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trillionlab amal bajaradi. Superkompyuterlar bahsida dastlab AQSH energetika vazirligining Sandia laboratoriyasida o`rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuter sistemasi karvonboshilik qilgan. Uning tezligi kompyuterlar tezligini o`lchovchi - Linpacr parallel testida 1 TFLOPS (1 TFLOPS-1000 GFLOPS teng, 1GFLOPS esa 1000000 FLOPS, 1FLOPS-sekundiga 1000 amalga teng). Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va eskirayotgan yadro qurollarini modellashtirishda qo`llaniladi.

Hozirda superkompyuter soni bo’yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda. Boshqa davlatlarga qaraganda eng ko’p ulush Xitoy va AQSHga to’g’ri keladi.


Dunyo davlatlarining superkompyuterlari soni


(2021 yil iyun oyi holatiga ko’ra)






Download 2,34 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Download 2,34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi, asosiy qurilmalar

Download 2,34 Mb.