Mavzu: raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar. Raqamli qurilmalar




Download 2,34 Mb.
bet10/18
Sana11.02.2024
Hajmi2,34 Mb.
#154507
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
1 MA\'RUZA Raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti,

Davlat

soni






Davlat

soni

1

Xitoy

187




17

Shvetsariya

3

2

AQSh

122




18

Norvegiya

3

3

Yaponiya

35




19

Shvetsiya

3

4

Germaniya

23




20

Hindoston

3

5

Fransiya

16




21

Sloveniya

2

6

Gollandiya

16




22

Avstraliya

2

7

Irlandiya

14




23

Lyuksenburg

2

8

Buyuk Britaniya

11




24

BAA

2

9

Kanada

11




25

Finlandiya

2

10

Italiya

6




26

Chexiya

2

11

Braziliya

6




27

Tayvan

2

12

Saudiya Arabistoni

6




28

Bolgariya

1

13

Janubiy Koreya

5




29

Marokash

1

14

Polsha

4




30

Avstriya

1

15

Singapur

4




31

Gonkong

1

16

Rossiya

3




32

Ispaniya

1



2021 yil iyun holatiga ko'ra Top-500 ro'yxatidagi barcha superkompyuterlar Linux operatsion tizimidan foydalanadi. Linux 2017 yilning noyabr oyida ro'yxatdagi barcha superkompyuterlarda qo'llanila boshlandi, ikkinchisini UNIX OS operatsion tizimi bilan almashtirdi.
2021 yil iyun oyida ushbu ro‘yxatdagi eng kuchli superkompyuter Yaponiyaning Kobe shahridagi Fizika va kimyoviy tadqiqotlar institutining (RIKEN) hisoblash fanlari markazidagi Fugaku bo‘ldi. U tomonidan amalga oshirilgan hisob-kitoblarning tezligi 442,01 petaflopsni tashkil etadi (sekundiga suzuvchi nuqta bilan hisoblash operatsiyalarining 10 dan 15 gacha). Bu ko‘rsatkichga ko‘ra, u AQShning Ok-Ridj shahridagi Ok-Ridj milliy laboratoriyasida ishlaydigan avvalgi rekordchi – Summitdan uch barobar tezroq va uch barobar samaraliroq.
Server kompyuter – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga hamda tarmoqdagi kompyuterlarga o‘z resurslarini taqdim etishga mo‘ljallangan kompyuterlar. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi shaxsiy kompyuterlarnikiga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi.
Server – mijoz kompyuterlari soʻroviga javob berish uchun moʻljallangan, nisbatan yuqori hisoblash imkoniga ega boʻlgan kompyuter. Server ma'lum bir sohaga xizmat qilishi ham mumkin. Server tarmoqdagi ma`lumotlarni saqlaydi, tarmoqning boshqa nuqtalariga uzatadi va asosiy xizmati – foydalanuvchilarni internetga ulaydi. Ayni mana shu xizmatlarni bajaradigan tashkilotni – provayder deb atashadi. Ularning serverlari internetga kirish darvozalari hisoblanadi.
Server mahalliy tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga xizmat ko'rsatadigan kuchli kompyuter. Kompyuterni kompyuterdan farqli o'laroq kompyuterdan farq qiladi.
Har qanday yirik kompyuter tarmog’ida har doim resurslarni bir nechta kompyuterlar bilan almashish, bu umumiy Internet ulanishi, multimedia fayllari yoki bitta printerda hujjatlarga kirish. Ushbu resurslarni boshqa mashinalarga taqdim etadigan kompyuter server deb ataladi.
Personal kompyuterlar – uyda va ish joyida turli masalalarni yechishda foydalaniladigan PC rusumidagi kompyuterlar. Axborotlarga ishlov berish tezligi va xotira xajmi ish faoliyatimizdagi masalalarni yechishga yetarli hisoblanadi.
Portativ kompyuterlar (Noutbuk) – mobil ixcham shaxsiy kompyuter bo‘lib, uning asosiy qismi va monitori birlashgan holda bo‘ladi. Bunday kompyuterlarning ko‘pchiligi deyarli standart klaviaturaga, kompyuter grafikasi vositalariga ega.
1982 yilda NASA buyrug’i bilan Uilyam Moggridj (Grid Systems kompaniyasi) dunyodagi birinchi Grid Compass noutbukini (340 KB operativ xotira, 8 MGts soat chastotali Intel 8086 protsessor, lyuminestsent ekran) yaratdi. Ushbu noutbuk Space Shuttle dasturida ishlatilgan.
Mini kompyuter (bloknot) – o‘lchami va bajaradigan amallar hajmi jihatidan juda kichik hisoblanadi.

  1. Zamonaviy kompyuterlarning barchasi fon Neyman tamoyillari asosida yaratilgan, ya’ni ularning barchasi bir xil funksional tuzilmaga ega.

  2. Kompyuter konfiguratsiyasi deb uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar ro‘yxatiga va bu qurilmalarning asosiy parametrlariga aytiladi.

  3. Zamonaviy kompyuterlar quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi.

  4. Protsessor (tizim) bloki;

  5. Monitor;

  6. Klaviatura va sichqoncha.

Protsessor bloki tarkibiga kamida quyidagi qurilmalar kiradi.

  1. Korpus va elektr ta’minoti bloki;

  2. Asosiy plata;

  3. Mikroprotsessor va uni sovutuvchi kuler;

  4. Tezkor xotira.

  5. Qattiq disk (Vinchester) turidagi tashqi xotira.

Ulardan tashqari, protsessor bloki ichida optik disklar: CD va DVD larni o‘qiydigan va ularga ma’lumot yozadigan qurilmalar, videoprotsessor platasi, internetga ulanish uchun turli rusumdagi modemlar, FM radio, oddiy yoki sun’iy yo‘ldosh televideniyasini qabul qiluvchi qurilmalar va boshqa shunga o‘xshash jihozlar joylanishi mumkin.
Kompyuterga ulanadigan boshqa qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, joystik, ovoz kuchaytirgich, mikrofon, printer, skaner, foto va video kamera, mobil telefon, flesh xotira, tashqi vinchester, mahalliy kompyuter tarmog‘i va internetga ulanish kabeli va boshqa shunga o‘xshash qurilmalar protsessor blokiga uning old va orqa tomoniga chiqarilgan ulanish nuqtalariga ulanadi.
Kompyuterga ulanadigan, to‘g‘rirog‘i, uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar joylashiga ko‘ra to‘rt toifaga bo‘linadi: joylangan, ichki, tashqi va qo‘shimcha joylangan qurilmalar asosiy plata tarkibiga kiradi. Ichki qurilmalar turli shinalar orqali asosiy plataga ulanadi va kompyuterning protsessor bloki ichida joylashgan bo‘ladi. Tashqi qurilmalar deb kompyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kiruvchi va protsessor blokidan tashqarida joylashgan qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, monitor, printer, flesh xotira, ovoz kuchaytirgich kabi qurilmalarga aytiladi. Qo‘shimcha qurilmalar deb kompyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kirmaydigan va protsessor blokidan tashqarida joylashgan qurilmalar: proyektor, skaner, videokamera va boshqalarga aytiladi.
Funksional vazifasi (ma’lumotlarni kiritishi va chiqarishiga) ko‘ra qurilmalar uch toifaga ajratiladi: kirituvchi, chiqaruvchi, hamda kirituvchi va chiqaruvchi qurilmalar. Masalan, klaviatura kirituvchi, monitor chiqaruvchi, vinchester ham kirituvchi, ham chiqaruvchi qurilmadir.
Korpus. Kompyuter korpuslari odatda tik va yotiq ko‘rinishda bo‘ladi. Tik korpuslar Tower (minora) deb ataladi va ularning uchta turi bor: big (katta, balandligi 19 dyuym), midi (o‘rta, 16 dyuym), mini (kichik, 13 dyuym). Ulardan birinchisi odatda serverlar va o‘ta kuchli kompyuterlar, ikkinchisi ommaviy kompyuterlar, uchinchisi arzon kompyuterlar uchun mo‘ljallangan. Yotiq korpuslarning balandligi juda past bo‘lib, ular odatda ustiga monitor qo‘yishga mo‘ljallangan. Keyingi paytda super mini tower va monoblok deb ataluvchi korpuslar ommaviylashib bormoqda. Ularning ommaviylashuvining asosiy sababi birinchidan ular kam joy egallaydi, ikkinchidan ularning boshqalardan ajralib turuvchi dizaynidir. Super mini tower korpuslarining balandligi boshqa korpuslarning balandligidan 2-3 marta kam.
Monobloklarda esa tizim korpusidan butunlay voz kechilgan. Unda barcha qurilmalar monitor korpusiga joylanadi.
Ilgarilari mikroprotsessorlarga ham 5 voltli kuchlanishli elektr toki berilardi. Mikroprotsessorlarda tranzistorlar soni oshishi bilan ularda ajraladigan issiqlik miqdorini kamaytirish uchun 5 volt kuchlanish avval 3 voltgacha, so‘ng 1,1 voltgacha kamaydi.
Elektr energiyasini uzluksiz ta’minlash tizimlari. Kompyuterlarning eng birinchi dushmani elektr energiyasini ta’minlash tizimidir. Bu tizimda elektr toki kuchlanishi ko‘pincha nominal qiymati 220 Voltdan farq qiladi. Elektr energiyasiga talab, kunning qaysi vaqtiligiga qarab o‘zgarib turadi. Kunduzi elektr energiyasiga talab kamayadi, qechqurun esa ko‘payadi. Kunduz kunlari kuchlanish 250 Voltgacha ko‘tarilsa, kechki payt 180 voltgacha pasayib ketadi. Bu kabi elektr kuchlanishining davriy o‘zgarishiga qarshi choralar allaqachon ishlab chiqilgan bo‘lib, har qanday elektron qurilmalarning elektr quvvati ta’minoti bloklari o‘z stabilizatorlariga egalar va ular kuchlanishning bunday o‘zgarishini muvaffaqiyatli bartaraf eta oladilar. Lekin elektron qurilmalarga eng katta xavf ularni yoqish va o‘chirish paytida paydo bo‘ladi.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, oddiy yoritish lampochkalari ham faqat ularni yoqish paytida kuyadi yoki yonmay qoladi (ular o‘chirish paytida kuygan bo‘ladi). Bunga sabab, elektr asboblarini yoqish va o‘chirish paytida kuchlanish qisqa vaqt ichida 220 Voltga o‘zgaradi. Bu esa, katta elektr impulslarining paydo bo‘lishiga olib keladi va bu impulslarning quvvati elektr asboblari chidab beradigan quvvatlardan ancha katta bo‘ladi. Shu sababli elektron qurilmalar yoqilganda ularning elektr impulslariga sezgir qismlariga elektr toki darhol ulanmay, sekin asta ulanadi, o‘chirilganda ham shu kabi ish tutiladi.
Elektr ta’minoti tizimidagi katta quvvat talab qiluvchi ba’zi qurilmalar, masalan ishxonadagi lift motori, xonadagi konditsioner yoki muzlatgichlar ishga tushayot-ganida kata kuchlanishli impulslar paydo qilishi va bu impulslar yaqin o‘rtadagi kompyuter texnikasining qayta yuklanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin eng katta xavf elektr tokining birdan o‘chib qolishidir. Kompyuterning birdan o‘chib qolishi uning fayl tizimi uchun katta xavf tug‘diradi. Tashqi xotiralarga yozilgan ma’lumot-lardan foydalanish uchun ular kompyuterning tezkor xotirasiga yuklanib olinadi.
Kompyuter bir vaqtda o‘nlab fayllarni kompyuter xotirasiga yuklab oladi va ular bilan doimiy ravishda foydalanadi. Boshqacha aytganda, kompyuter ishlayotganda o‘nlab fayllar ulardan ma’lumot o‘qish yoki ularga yozish uchun ochiq holda bo‘ladi va ular faqat kompyuter o‘chirilishidan oldin yopiladi.
Elektr tokining birdan o‘chib qolishi bu fayllar ustida bajarilayotgan amallarning tugatilmay qolishiga va bu fayllarda xatoliklar paydo bo‘lishiga olib keladi. Fayl tizimida vujudga kelgan muammolar ma’lumotlarning o‘chib ketishiga, dasturiy ta’minotning noto‘g‘ri ishlashiga yoki butunlay ishlamay qolishiga olib keladi. Natijada dasturiyta’minot va ba’zan operatsion tizimni qayta o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Buning oldini olish va kompyuter texnikasini himoyalash uchun uzluksiz ta’minlash tizimlari (BPS – bespereboynoye pitaniye sistemi yoki UPS Unlimited Power System) dan foydalaniladi.

Download 2,34 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Download 2,34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar. Raqamli qurilmalar

Download 2,34 Mb.