• Mikrоprоtsessоr
  • Mavzu: raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar. Raqamli qurilmalar




    Download 2,34 Mb.
    bet11/18
    Sana11.02.2024
    Hajmi2,34 Mb.
    #154507
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
    Bog'liq
    1 MA\'RUZA Raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti,

    Sistema platasi kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashgan bo’ladi.Bundan tashqari, unda ba’zi bir qurilmalar, ishini boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo’ladi. Hozirda shinalarning PCI/ISA turi keng ishlatilmoqda.Bunday shinalarning ma’lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo’lib, u orqali kompyuterga ko’p tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
    Kompyuterning asosiy qurilmasi uning mikroprotsessoridir. Qolgan qurilmalar unga xizmat qiladilar. Asosiy plata esa ularni bir – biriga bog‘laydi. Odatda yangi mikroprotsessor ishlab chiqilganda, u uchun mo‘ljallangan asosiy platada foydalanish uchun yangi mikrosxemalar ham yaratiladi. Bu mikrosxemalar birgalikda chipset (mikrosxemalar to‘plami) deb ataladi.
    Odatda asosiy plata tarkibiga quyidagi qo‘shimcha qurilmalar ham kiradi.
    1. Ovoz platasi; 2. Video plata; 3. Lakal tarmoq kartasi (LAN card).
    Bu qurilmalar asosiy plataga joylangan deyiladi, bu va boshqa qurilmalarini asosiyplataning slotlariga ham o‘rnatish mumkin. Bunday qurilmalar ichki qurilmalar (korpus ichidagi) deb ataladi. Bundan tashqari, qurilmalarni asosiy plataning korpus tashqarisiga chiqarilganrazyemlariga ham ulash mumkin. Bunday qurilmalar, masalan flesh xotira tashqi qurilmalar deb ataladi.
    Asosiy plataning ikkita katta mikrosxemasi aynan shinalar uchun mo‘ljallangan. Ular ko‘priklar deb ataladi. Shimoliy ko‘prik o‘ta tezkor qurilmalar: tezkor xotira va videoprotsessorniulash uchun ishlatiladi. Janubiy ko‘prik nisbatan sekin ishlaydigan boshqa qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, PCI, SATA, USB slotlarga ulanadigan qurilmalarga xizmat ko‘rsatadi.
    Mikrоprоtsessоr – kompyuterni bоshqarish va barcha hisоb ishlarini bajaradi. Mikrоprоtsessоr turli amallarni tez bajarish qоbiliyatiga ega. Uning tezligi sоniyaga 100 milliоn amalgacha va undan оrtiq bo’lishi mumkin.
    IBM PC kompyuterlarida оdatda «Intel» firmasi va unga muvоfiq bоshqa firmalarning mikrоprоtsessоrlari o’rnatiladi. Kompyuterlar mikrоprоtsessоr turlari bilan farqlanadi. Mikrоprоtsessоrlarning Intel – 8088, 80286, 80386 SX, 80386, 80486, Pentium kabi turlari mavjud.
    Dastlabki kompyuterlar Intel-8088 asоsida qurilgan bo’lib ularning ishlash tezligi juda sekin edi. Intel-80286, 80386 Mikrоprоtsessоrlari ham keyingi turlarga nisbatan tezligi sustligi sababli hоzirgi kunda ishlab chiqarilmayapti.
    1993 yildan bоshlab Intel firmasi Pentium mikrоprоtsessоrini ishlab chiqarmоqda. Firmaning Pentium asоsidagi Pentium Pro mikrоprоtsessоri o’rnatilgan kompyuterlari ham sоtila bоshlandi. Pentium Proning amallarni bajarish chastоtasi 150 Mgh (Pentium da 133 Mgh) bo’lib, u Pentium ga nisbatan ishlash tezligi 40% ga ko’prоqdir.
    1991 yildan bоshlab IBM, Motorola, Fire Power va bоshqa firmalar birgaliqda Power PC mikrоprоtsessоrini ishlab chiqarishga kirishdi va bu bоrada muvaffaqiyatga erishdi. Shunday bo’lsada, Pentium narxining arzоnligi va imkоniyatlari bilan fоydalanuvchilarni o’ziga ko’prоq jalb qilmоqda.
    Notebooklar ham 120 Mgsli Pentium mikrоprоtsessоrlari asоsida ishlamоqda.
    Pentium mikrоprоtsessоrlaridan murakkab hisоblar va tasvirlar uchun fоydalangan maqsadga muvоfiq. Оddiy ishlar uchun esa mikrоprоtsessоrlarning dastlabki turlaridan fоydalanish mumkin.
    Shinalar haqida gap ketganda mikroprotsessorlarning bir jihatiga alohida to‘xtalish lozim. Mikroprotsessorlar kompyuter tarkibiga kiruvchi turli qurilmalarni boshqarish uchun vaqti-vaqti bilan o‘z ishini to‘xtatib turadi. Bu to‘xtashlar uzilishlar deb ataladi. Uzilishlar ikki turga bo‘linadi. Birinchilari davriy uzilishlar deb ataladi va ular ma’lum vaqtdan keyin takrorlana beradi. Ikkinchilari talabga ko‘ra uzilishlar deb ataladi. Davriy uzilishlar mikroprotsessor e’tiborini doimiy talab qiladigan qurilmalar uchun mo‘ljallangan. Masalan, klaviaturadan ma’lumot doimiy ravishda kiritiladi. Shu sababli, mikroprotsessorlar har sekundda 50 marta (har 20 millisekundda) klaviaturada biron tugma bosilganligini tekshirish uchun o‘z ishini to‘xtatadi. Bundan tashqari, har sekundda 18900 marta (har 21 mikrosekundda) protsessor o‘z ishini to‘xtatib tezkor xotiraga murojaat qiladi. Tezkor xotira shunday tuzilgan-ki, unga 50 mikrosekund davomida murojaat qilinmasa, uning yacheykalaridagi zaryad so‘nadi va undagi ma’lumot o‘chib ketadi. Hozirgi paytda klaviatura va tezkor xotiraga ko‘priklar orqali xizmat ko‘rsatilsa-da, doimiy uzilishlar eski dasturlarning to‘g‘ri ishlashi uchun saqlab qolingan va ulardan dastur yaratishda foydalanish mumkin.
    Biron bir qurilma o‘ziga xizmat ko‘rsatilishini hoxlasa, u boshqarish shinasiga talabga ko‘ra uzilish signalini jo‘natadi. Bu signalni olgan mikroprotsessor o‘z ishini to‘xtatib unga xizmat ko‘rsatadi. Har bir qurilmaning o‘z drayveri (unga xizmat ko‘rsatuvchi dasturi) bo‘lib, uzilish paytida shu drayver ishga tushadi.
    Talabga ko‘ra uzilishlardan mikroprotsessorlar bir vaqtda ko‘p masalalar bilan shug‘ullanishda foydalanadilar. Bir vaqtda o‘nlab jarayonlar bilan ishlayotgan mikroprotsessor bir jarayon bilan ishlashni uzib, ikkinchisi bilan ishlay boshlaydi, keyin ikkinchisini ham vaqtincha to‘xtatib uchinchisiga o‘tadi. Bu o‘tishlar tez-tez bajarilgani uchun foydalanuvchiga barcha jarayonlar parallel ravishda (bir vaqtda) bajarilayotgandek tuyuladi. Zamonaviy kompyuterlarning bir vaqtda bir necha masalalar bilan shug‘ullana olishi ularning ishlashlarini juda barqarorlashtirishi bilan birga, foydalanuvchilarga ham bir qator qulayliklar tug‘diradi. Kompyuterda hujjat yarata turib, bir vaqtda musiqa eshitish, internetdan yangi kitobni yuklash va boshqa ishlarni bajarish mumkin.
    FSB (Face Side Bus – old tomon shinasi) shimoliy ko‘prik shinasi bo‘lib, tezkor xotira uchun mo‘ljallangan. U kompyuterning takt chastotasini ikkilantirish asosida vujudga keladi. Shimoliy ko‘prik mikroprotsessor uchun ham takt chastotasini ishlab chiqaradi. U kompyuter chastotasini biron songa ko‘paytirish asosida yaratiladi. Masalan, mikroprotsessorning chastotasi 1,8 Gega Gers, kompyuterning takt chastotasi 100 Mega Gers bo‘lsa, u 18 ga ko‘paytiriladi. Agar mikroprotsessor chastotasi 2,4 GG bo‘lsa, kompyuterning takt chastotasi 24 ga ko‘paytiriladi. Shimoliy ko‘prik videokarta ulanadigan PCI E (Peripheral Components Interface Express – tezkor tashqi qurilmalar interfeysi) shinasiga ham xizmat ko‘rsatadi. Bu shina chastotasi 16 martagacha ko‘paytirilishi mumkin. Janubiy ko‘prik USB (User’s Serial Bus – Foydalanuvchi uchun ketma-ket shina), IDE (Interface for Data Exchance – axborot almashuvi uchun interfeys), PCI va SATA shinalari uchun ham xizmat ko‘rsatadi.
    Kompyuter texnikasini ishlab chiqishdagi raqobat uning konfiguratsiyasida ham bir qator o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelmoqda. Ilgari tashqi yoki ichki qurilma sifatida ishlab chiqilgan bir qator qurilmalar asosiy plataga joylana boshlagan bo‘lsa, endi asosiy plataning bir necha vazifalari protsessor zimmasiga yuklanishi kutilmoqda. 32 nanometrli (mikrosxemadagi tranzistorlarning o‘lchami) texnologiya asosida yaratilgan mikroprotsessorlar grafik video protsessor vazifasini bajaruvchi grafik yadro(lar)ga ega bo‘lishi bilan birga, shimoliy ko‘prik vazifasini bajaruvchi mikrosxemalarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday mikroprotsessorlar 2011 yilda ishlab chiqariladigan kompyuterlarda keng qo‘llanilishi ishlab chiqaruvchilar tomonidan ta’kidlanmoqda.

    Download 2,34 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




    Download 2,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar. Raqamli qurilmalar

    Download 2,34 Mb.