Mavzu: raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar. Raqamli qurilmalar




Download 2,34 Mb.
bet18/18
Sana11.02.2024
Hajmi2,34 Mb.
#154507
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1 MA\'RUZA Raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti,

Nazorat savollari

1.. “Informatika” so’zi qachon va qayerda paydo bo’lgan?


2.. Axborot nima? Axborotga ta’rif bering.
3. Axborotni qanday ko’rinishlarda ifodalash mumkin?
4. “Kompyuter” so’zi qaysi tildan kelib chiqqan va u nima ma’noni anglatadi?
5. “Texnologiya” so’zining ma’nosi nima?
6. Texnologiya nima? Texnologiya haqida ma’lumot bering.
7. Axborot texnologiyalari nima? Unga ta’rif bering.
8. Axborot tizimi nima?
9. Axborot uzoq masofaga qanday usullar bilan uzatiladi?
10. Jamiyatni axborotlashtirish deganda nimani tushunasiz?
11. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo’nalishini aytib bering.
12. Axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida qanday shakllarda foydala-nish mumkin?
13. Raqamli texnologiya nima?
14. Diskretlilik deganda nimani tushunasiz?
15. “Analog” so’zi ma’nosini haqida gapirib bering.
16. Raqamli texnologiyalar asosan qayerlarda qo’llaniladi?
17. Raqamli texnologiyalarni afzalliklari haqida ma’lumot bering.
18. Raqamli texnologiyalarni kamchiliklari haqida ma’lumot bering.
19. “Raqamli O’zbekiston– 2030” strategiyasi nima maqsadda chiqarilgan?
20. Raqamli infratuzilmani rivojlantirish maqsadida qanday ishlar amalga oshiriladi?
21. “Raqamli O’zbekiston– 2030” strategiyasida ko’rsatilgan “axborot texnologiyalari sohasida ta’lim berish va malaka oshirishning ustuvor yo’nalishlari” haqida ma’lumot bering.
22. “Raqamli O’zbekiston– 2030” strategiyasida ta’lim sohasida raqamli ko’nikma-larni oshirish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar haqida ma’ulumot bering.
23. Axborot qanday xossalarga ega?
24. Bit nima? Axborot o’lchov birliklari haqida ma’lumot bering.
25. Axborot o’lchov birliklari nomlarini o’sib borish tartibida aytib bering.
26. Adekvatlik nima? Axborotning adekvatligi haqida ma’lumot bering.
27. Semantik (ma’noli) adekvatlik haqida ma’lumot bering.
28. Sintaktik adekvatlik haqida ma’lumot bering.
29. Pragmatik adekvatlik haqida ma’lumot bering.
30. Superkompyuterlar haqida ma’lumot bering.
31. Server kompyuterlar haqida ma’lumot bering.
32. Shaxsiy kompyuterlar yaratilishi tarixi haqida ma’lumot bering.
33. Mini kompyuterlar va noutbuk kompyuterlar haqida ma’lumot bering.
34. Kompyuterning asosiy qurilmalarini vazifasini ayting.
35. Sistemali blоkning ichki qurilmalarini birma-bir aytib bering?
36. Mikroprotsessor nima?
37. Operativ xotira haqida gapirib bering.
38. Doimiy xotira haqida aytib bering.
39. Kesh va video xotira haqida ma’lumot bering.
40. Qattiq disk haqida nimalarni bilasiz?
41. Sistema platasi haqida ma’lumot bering.
42. Shina nima?
43. Port nima?
44. Monitor ekrani necha xil rejimda ishlaydi?
45. Mоnitоr ekrani matnli rejimda shartli ravishda nechta ustun va nechta satrga bo’linadi? Grafik rejimda qanday bo’ladi?
46. Monitorning qanday turlari mavjud?
47. Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari haqida ma’lumot bering.
48. Printer nima? Printerning qanday turlari bor?
49. Skaner nima? Skanerning vazifasini ayting.
50. Plotter nima? Plotterlar haqida ma’lumot bering.
51. Modem nima? Modem va faks-modemlar haqida ma’lumot bering.
52. Lazerli kompakt disklarda haqida ma’lumot bering.
53. Kiritish, chiqarish va saqlash qurilmalari deganda nimani tushunasiz? Ularga misollar keltiring.
54. Audioadapter nima? Audioadapterlar haqida ma’lumot bering.
55. Multimedia kompyuterlar haqida fikr bildiring.
56. Raqamli texnologiyalar deganda nimani tushunasiz?
57. Raqamli qurilmalarga misollar keltiring.
58. Raqamli kameralar haqida ma’lumotlar bering.
59. Raqamli qo’l soati bilan oddiy soat farqlarini ayting.

1(O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11-dekabrdagi “Axborotlashtirish to’g’risida”gi 560-II-son Qonuni)



2SPEKTR (lot. spectrum — tasavvur, tasvir) (fizikada) — 1). tizimni yoki jarayonni tavsiflovchi birorbir fizik kattalikning barcha qiymatlari majmui. Spektr diskret (uzlukli) va uzluksiz boʻladi; 2). birorbir nurlanishda mavjud boʻlgan toʻlqin chastotalari majmui; 3). har bir yoʻnalishda muayyan uzunlikli yoki chastotali monoxromatik toʻlqin tarqaladigan qilib ajratilgan elektromagnit nurlanish; 4). ekran, fotoplastinkadagi tasvir; 5). elektromagnit nurlanish koʻrinadigan yorugʻlikdan iborat boʻlganda Spektr hosil qiladigan rangli yoʻl. 



3Analog soʻzi lotinchadan olingan soʻz boʻlib, uzluksiz degan maʼnoni angalatadi. Analog signal vaqt boʻyicha uzluksiz boʻlgan signaldir. Masalan uy telefonidan ATSgacha boʻlgan tarmoqda biz analog signal joʻnatamiz. Analog signalning kamchiliklari(uzoq masofaga yetib bormasligi; halaqit bardosh emasligi sababli hozirgi kunda raqamli signalga almashtirilmoqda. 2018 yili 1 iyuldan Oʻzbekiston TV uzatishlarida raqamli uzatishlarga almashtirildi.



4Diskretlik (lotincha: discretus — ajratilgan, uzlukli) — 1) muayyan hodisa, jarayon, tizim va boshqalarning uzlukliligi, uziluvchanligi; uzluksizlikka qaramaqarshi qoʻyiladi. Masalan, fizika va kimyoda diskretlik material tuzilishining donadorligini, atomlardan iboratligini bildiradi. 2) matematikada — butun sonlar tizimi haqiqiy sonlar tizimiga nisbatan uzlukli (diskret) hisoblanadi. Masalan, agar nuqtalar toʻplami limit nuqtaga ega boʻlmasa, bunday toʻplam diskret xossasiga ega hisoblanadi.




Download 2,34 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 2,34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar. Raqamli qurilmalar

Download 2,34 Mb.