• Doimiy xotira.
  • Kesh xotira.
  • Video xotira.
  • Mavzu: raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar. Raqamli qurilmalar




    Download 2,34 Mb.
    bet12/18
    Sana11.02.2024
    Hajmi2,34 Mb.
    #154507
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
    Bog'liq
    1 MA\'RUZA Raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti,

    Operativ xotira (tezkor xotira) o’zida kompyuterda ishlatilayotgan prоgramma va ma’lumоtlarni saqlaydi. Ma’lumоtlar dоimiy xоtiradan оperativ xоtiraga ko’chiriladi, оlingan natijalar zarur xоlda, diskqa qayta yoziladi. Kompyuter o’chirilishi bilan оperativ xоtiradagi ma’lumоtlar o’chiriladi.
    Tezkor xotira. Mikroprotsessor sirkdagi ko‘z boylagichga o‘xshaydi. Ko‘z boylagich turli mo‘jizalar ko‘rsata oladi, lekin o‘zidan bir necha metr naridagi koptokni ola olmaydi. Uni yordamchilari orqali oladi. Ko‘z boylagichga o‘xshab, mikroprotsessorga ham yordamchi kerak. Bu vazifani tezkor xotira bajaradi. Tezkor xotirada mikroprotsessor uchun dasturlar, ma’lumotlar va hisob-kitob natijalari vaqtincha saqlanadi.
    Tezkor xotira elektron qurilmalar – tranzistorlardan yasaladi va mikro sxema ko‘rinishida bo‘ladi. Mikrosxemalarda yasalgan xotiraning qulay tomonlari: o‘lchamlari kichik, kam quvvat sarflaydi, sig‘imi katta va tez ishlashidir. Tezkor xotira mikrosxemalari ikki xil bo‘ladi: dinamik va statik. Statik mikrosxemalarda har bir xotira katakchasi registr ko‘rinishida bo‘lib, bu registrlarning har biri uchun 6 ta tranzistor ishlatiladi. Bu mikrosxemalar nisbatan tez ishlaydi.
    Dinamik mikrosxemalarda har bir katakcha ikkita tranzistor yordamida yasaladi, ulardan biri katakchani tanlash uchun kalit vazifasini bajarsa, ikkinchisi mitti kondensator vazifasini bajaradi, kondensatorning zaryadlangan holati 1 ga, zaryadsiz holati 0 ga mos keladi. Bunday mikrosxemalardan yasalgan tezkor xotira nisbatan sekin ishlaydi va ulardagi ma’lumot o‘chib ketmasligi uchun ularni bir sekundda bir necha o‘n ming marta zaryadlab turish kerak bo‘ladi. Bu kamchiliklariga qaramay, ularning sig‘imi kattaroq va ularning narxi ancha arzon. Hozirgi paytda tezkor xotiralarning deyarli barchasi dinamik mikrosxemalar asosida ishlab chiqiladi.
    Tezkor xotiraning asosiy parametrlari ularning sig‘imi va tezligi (takt chastotasi)dir. Tezkor xotiraning sig‘imi har doim ikkining darajasi ko‘rinishidagi songa teng bo‘ladi. Buularning manzilini aniqlash bilan bog‘liq. Hozirgi paytda DIMM, DDR, DDR II va DDR III rusumli tezkor xotiralardan foydalaniladi.
    DDR xotiralarning sig‘imi 128, 256, 512, 1024 MB, takt chastotasi 266, 333, 400, 667, 800, 1333, 1600 MGs bo‘lishi mumkin. DDR xotiralarda takt chastota bilan birga ma’lumot uzatish tezligidan ham foydalanila boshlandi. Masalan, DDR 2100 deb takt chastotasi 266 MGs bo‘lgan xotira belgilangan. Bu chastotada ishlaydigan xotira bir sekundda 266 MGs * 8 bit = 2100 Megabit axborot uzata oladi. Shu kabi DDR 2700 va DDR 3200 rusumli xotiralar ham bor.
    DDR II turidagi xotiralar 512, 1024, 2048 MB sig‘imli va 4200, 5300, 6400 Mb tezlikda, DDR III turdagi mikrosxemalar 1, 2, 4 GB sig‘imli va 11000, 13000, 16000 va 20 000 Mb tezlikda bo‘lishi mumkin. DIMM va DDR rusumidagi tezkor xotiralar hozir ishlab chiqarilmaydi.
    Video protsessorlar. Zamonaviy kompyuterlar uch o‘lchovli grafika, yuqori sifatli video bilan ishlaydi. Bu ulardan ekranga chiqariladigan murakkab axborotni tezda qayta ishlay olishini talab qiladi. Shu sababli, video protsessorlar hisoblash ishlarini bajara olish quvvati bo‘yicha allaqachon markaziy mikroprotsessorlardan o‘zib ketdilar. Ulardagi tranzistorlar soni mikroprotsessordagidan bir necha barobar ko‘p bo‘lishi mumkin. Hozirgi video protsessorlarning razryadlari soni 128 dan kam emas, 256 va xatto 384 razryadli video protsessorlar ham mavjud.
    Video protsessorlar o‘z tezkor xotiralariga ham ega bo‘ladilar. Bu video xotira sig‘imi 256 MB dan 2GB gacha bo‘lishi mumkin.
    Video protsessorlarning bu quvvatidan oddiy hisob-kitoblarda ham foydalanish mumkin. Maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot yordamida video protsessorda 80 xonali (o‘nli sanoq sistemasida) aniqlikda matematik hisob ishlari bajariladi. Hozirgi paytda video protsessor o‘rniga PCI Express slotiga o‘rnatiladigan, 32 yadroli mikroprotsessorga ega va sekundiga yarim trilliongacha amal bajara oladigan bloklar ishlab chiqarilmoqda. Bu bloklar yordamida oddiy kompyuterni super kompyuterga aylantirish mumkin.Video protsessorlarning asosiy parametrlari bu uning razryadlari soni, video xotirasi sig‘imi va bir sekundda nechta triangel (uch o‘lchovli tasvirning eng kichik bo‘lagi)ni qayta ishlay olishidir.
    Doimiy xotira. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS – Basic Input Output System – kiritish chiqarishning asosiy sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o’qish mumkin. Shuning uchun u ROM (Read Only Memory – faqat o’qish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarida bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion sistemaning boshlang’ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko’rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
    Kesh xotira.Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo’lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi.Shuning uchun kompyuter xotirasining ko’proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi.Mikroprotsessorning xotiraga murojatida, avvalo, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi.Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo’lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo’ladi.
    Video xotira.Video xotira monitor ekranida video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Videotasvirlar kompyuter xotirasida ko’p joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bo’lsa, shuncha yaxshi.

    Download 2,34 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




    Download 2,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar. Raqamli qurilmalar

    Download 2,34 Mb.