• Mavjud oqimli shifrlash algoritmlarining qiyosiy tahlili Xudoyqulov Zarifjon Turakulovich
  • Rahmatullayev Ilhom Rahmatullayevich
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali "Al-Farg‘oniy avlodlari"




    Download 484,03 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana26.06.2024
    Hajmi484,03 Kb.
    #265766
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    mavjud-oqimli-shifrlash-algoritmlarining-qiyosiy-tahlili (2)



    129 
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU 
    Farg‘ona filiali “Al-Farg‘oniy avlodlari” 
    elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 
    Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil 
    "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific 
    journal of Fergana branch of TATU named after 
    Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 
    Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year 
    Электронный научный журнал "Потомки Аль-
    Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени 
    Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 
    Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год 
    https://al-fargoniy.uz/ 
    Mavjud oqimli shifrlash algoritmlarining qiyosiy tahlili
    Xudoyqulov Zarifjon Turakulovich 
    texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent 
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 
    Toshkent, Oʻzbekiston 
    Rahmatullayev Ilhom Rahmatullayevich 
    texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), 
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
    Samarqand, Oʻzbekiston 
    Ilhom9001@gmail.com
    Annotatsiya. 
    Mazkur ishda yangi mavjud oqimli shifrlash algoritmlarini qiyosiy tahlil qilingan. 
    Yangi mavjud oqimli shifrlash algoritmlarining qiyosiy tahlili, ularning xususiyatlari va 
    parametrlarini o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Tahlil qilingan algoritmlarning xossalari umumiy 
    kriptografik talablar asosida umumlashtirilgan jadvali yaratilgan. Algoritmlarning xususiyatlari 
    bo‘yicha olingan natijalar parametrlari solishtirilgan. 
     
    Kalit so‘zlar:
    Oqimli shifrlash, eSTREAM, Trivium, Rabbit, kriptotahlil, baholash, iteratsiya.
     
    I. 
    Kirish. 
    Ana’naviy oqimli shifrlash 
    algoritmlari va ularga aloqador xavfsizlik muammolari 
    haqida ko'plab adabiyotlarda ma'lumot berilgan[1]. 
    Ushbu algoritmlar o‘z vaqtida keng qo‘llanilgan 
    bo‘lsada, ularning dizaynida yoki amalga oshirilishida 
    aniqlangan xavfsizlik zaifliklari sababli, yangi ilovalar 
    yoki tizimlarda ulardan foydalanish tavsiya etilmaydi. 
    Bu zaifliklar, hujumchilarga ma’lumotlarni oshkor 
    qilish, kalitlarni tiklash yoki shifrlangan ma’lumotlarni 
    o‘zgartirish imkoniyatini beradi. 
    Quyida esa eSTREAM loyihasi doirasida ishlab 
    chiqilgan kо‘plab oqimli shifrlash algoritmlarining 
    tahlili bilan tanishib chiqiladi. eSTREAM loyihasi,
    European Network of Excellence for Cryptology II 
    (ECRYPT II) doirasida ishga tushirilgan va oqimli 
    shifrlash algoritmlariga bag‘ishlangan tashabbusdir[4]. 
    Bu loyiha, mavjud oqimli shifrlash algoritmlarining 
    xavfsizlik va samaradorlik jihatidan cheklovlarini 
    engish maqsadida yangi, xavfsiz va samarali oqimli 
    shifrlash algoritmlarini rivojlantirishni ko‘zlagan.
    Ushbu loyihada ikki turdagi: dasturiy vositalar 
    va qurilmalar uchun mos bо‘lgan oqimli shifrlash 
    algoritmlari keltirilgan. Birinchi guruh algoritmlari 
    dasturiy kо‘rinishda qulay bо‘lgan algoritmlardan 
    iborat bо‘lib, 128-bitli AES-CTR algoritmidan tezkor 
    bо‘lgan algoritmlardan tashkil topgan. Ushbu guruhga 
    tegishli finalchi shifrlar: Salsa20/12, Rabbit, HC-128 
    va SOSEMANUK algoritmlaridan iborat. Ikkinchi 
    guruhga tegishli shifrlar, eSTREAM loyihasi doirasida 
    tanlangan, qurilmada amalga oshirish qulayligi nuqtai 
    nazaridan 
    80-bitli 
    AES 
    algoritmidan 
    ko‘ra 
    afzalliklarga 
    ega 
    bo'lgan 
    oqimli 
    shifrlash 
    algoritmlaridan iborat. Bu guruhda esa finalchi 
    algoritmlar: Grain, Trivium [8] va MICKEY 2.0 iborat 
    bо‘lgan.
    II. Asosiy qism. eSTREAM loyihasi doirasida 
    olib 
    borilgan 
    tanlov 
    jarayonida, 
    kriptografik 
    hamjamiyatning diqqat markazida bo‘lgan bir qator 
    muhim masalalar ko‘tarildi. Ushbu loyihada ishtirok 
    etgan 34 ta shifrlash algoritmi orasidan, faqat ikkita 
    sinxronlanuvchi shifrlar xavfsizlik muammolari 
    sababli tanlovni tark etgan yoki tanlov jarayonida 
    ularning xavfsiz emasligi aniqlangan. Bu holat, oqimli 
    shifrlash 
    algoritmlarining 
    xavfsizlik 
    darajasini 
    baholashda qanday qat’iy mezonlar qo‘llanilishi 
    kerakligini ko‘rsatadi. 
    Finalchi algoritmlar tanlovi, ularning kalitni 
    to‘liq tanlash hujumiga qarshi samaradorligi kabi 


    130 
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU 
    Farg‘ona filiali “Al-Farg‘oniy avlodlari” 
    elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 
    Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil 
    "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific 
    journal of Fergana branch of TATU named after 
    Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 
    Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year 
    Электронный научный журнал "Потомки Аль-
    Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени 
    Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 
    Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год 
    https://al-fargoniy.uz/ 
    muhim kriptografik xususiyatlarini sinovdan o‘tkazish 
    orqali amalga oshirildi. Biroq, yangi kriptotahlil 
    usullari qo‘llanilganda, finalchilar orasida jiddiy 
    xavfsizlik muammolari aniqlandi. Bu, har qanday 
    shifrlash algoritmi dizayni va tanlovi jarayonida, 
    xavfsizlikni har tomonlama kafolatlash uchun keng 
    qamrovli tahlil va sinovlarni o‘tkazish zarurligini 
    ta’kidlaydi. 
    Lightweight Cryptography (LWC) muhiti, 
    resurs cheklangan qurilmalar uchun mo‘ljallangan 
    kriptografik algoritmlarni o‘z ichiga oladi. Bu turdagi 
    muhitlar, masalan, IoT (Internet of Things) qurilmalari, 
    o‘rnatilgan tizimlar, RFID teklar va smart kartalar kabi, 
    cheklangan xotira, quvvat va protsessor quvvatiga ega 
    bo‘lgan qurilmalardir. LWC muhitida samaradorlik
    xavfsizlik va resurs talablarining muvozanati juda 
    muhimdir. 
    Shu 
    munosabat 
    bilan, 
    eSTREAM 
    loyihasining ikkinchi guruhiga tegishli Grain va 
    Trivium algoritmlari hamda birinchi guruhga tegishli 
    Salsa20 va Rabbit algoritmlari LWC muhitida 
    qo‘llanish uchun mos keladi. 

    Download 484,03 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 484,03 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali "Al-Farg‘oniy avlodlari"

    Download 484,03 Kb.
    Pdf ko'rish