Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali "Al-Farg‘oniy avlodlari"




Download 484,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana26.06.2024
Hajmi484,03 Kb.
#265766
1   2   3   4   5
Bog'liq
mavjud-oqimli-shifrlash-algoritmlarining-qiyosiy-tahlili (2)

SOSEMANUK 
sinxronlashgan oqimli shifrlash 
algoritmi bо‘lib, kalit uzunligi mos ravishda 128 yoki 
256 bitli va 128 bitli IV dan foydalanadi. Biroq, barcha 
kalit uzunliklari uchun bir xil 128 bit xavfsizlik 
darajasini taqdim qiladi. Ushbu algoritm о‘zida SNOW 
2.0 oqimli shifri va Serpent blokli shifrlarni ayrim 
elementlarini mujassam qilgan. Ushbu algoritm 
SNOW 2.0 algoritmiga qaraganda tezkor hisoblanadi. 
Ushbu algoritm LFSR va FSR foydalanib, 32 bitli 
sо‘zlar ustida amallar bajaradi. Ushbu algoritmning 
kalitlarni о‘rnatish bosqichi uchun 24 raundli Serpent 
algoritmi ishlatilgan. Ushbu algoritmni dasturiy 
tomondan amalga oshirish о‘rtacha 2000-5000 baytni 
talab qilsa, qurilmada amalga oshirish uchun 18819 
Geni talab qiladi.
Qurilmaga mо‘ljallangan oqimli shifrlash 
algoritmlari – ikkinchi guruh algoritmlari. Grain 
oqimli shifrlash algoritmi qurilmaga amalga oshirish 
uchun mо‘ljallangan bо‘lib, sinxronlashgan turdagi 
algoritm hisoblanadi. Ushbu algoritm LFSR va 
nozichiqli filterlash funksiyasidan iborat. LFSR 
minimal kalit ketma-ketlik davrini va chiqishdagi 
muvozanatni kafolatlaydi. Filterlash funksiyasi NFSR 
turida bо‘lib, shifrning nozichiqligini kafolatlaydi. 
LFSR dan chiqqan bitlar NFSRning kirish bitlari bilan 
qо‘shilib, holatning muvozanatlaydi. 
Grain oqimli shifrlash algoritmi qurilmaga mos 
bо‘lishi uchun bitga qaratilgan bо‘lib, oddiy amalga 
oshirish 1 bit/siklni taqdim etadi. Biroq, ushbu 
algoritmda tezkorlikni oshirish uchun sо‘zlar ustida 
amallarni bajarish imkoniyati mavjud. Biroq, bu 
imkoniyatga erishish uchun qurilma imkoniyatini 
yaxshilash talab etiladi. Bu holda tezkorlikni 16 bit/ 
siklgacha yetkazish mumkin. Ushbu algoritm A5/1 va 


132 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU 
Farg‘ona filiali “Al-Farg‘oniy avlodlari” 
elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 
Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil 
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific 
journal of Fergana branch of TATU named after 
Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 
Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year 
Электронный научный журнал "Потомки Аль-
Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени 
Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 
Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год 
https://al-fargoniy.uz/ 
E0 algoritmlari kabi xavfsizlik darajasini ta’minlasada, 
buning uchun kichik qurilma imkoniyatini talab qiladi. 
Grain algoritmi 80 bitli kalitlar va 64 bitli IV 
dan foydalanadi. Ushbu algoritmni 1 bit/siklda amalga 
oshirish uchun 1294 GE va 16 bit/siklda amalga 
oshirish uchun esa 3239 GE talab qilinadi. Dasturiy 
kо‘rinishda amalga oshirishda, 1 bit/sikl holatni 
ifodalash 778 bayt kod hajmiga teng bо‘lib, shifrni 
sozlash uchun 107366 sikl va natijani chop etish uchun 
617 sikl talab qiladi.
Trivium 
shifrlash algoritmi ham ikkinchi 
guruhga tegishli algoritm bо‘lib, eSTREAM 
konkursining finalisti hisoblanadi va u LWC (ISO/IEC 
29192-3:2012) uchun standartlashtirilgan. Ushbu 
algoritmni loyihalovchilari oqimli shifrlarni qanday 
qilib 
uning 
xavfsizligi, 
tezkorligi 
va 
moslashuvchanligini yо‘qotmasdan soddalashtirish 
mumkin degan savolga javob topishga harakat qilgan. 
Ushbu algoritm sinxronlashgan turga tegishli bо‘lib, 80 
bitli kalitlar va 80 bitli IV dan foydalanadi. Ushbu 
algoritmda uchta SHR mavjud bо‘lib, ular algoritmda 
nozichiqlikni ta’minlab bergan.
Qurilma kо‘rinishda ushbu algoritmni amalga 
oshirish uchun standart CMOS (Complementary 
metal-oxide semiconductor) texnologiyasida 2017 GE 
talab qilingan bо‘lsa, talabga kо‘ra C2MOS 
texnologiyasida amalga oshirish uchun 749 GE talab 
qilingan. 
О‘zi – sinxronlashuvchi oqimli shifrlar sanoat 
uchun 
sinxronlashgan 
algoritmlar 
kabi 
zarur 
hisoblanmasligini yuqoridagi tahlil natijalari kо‘rsatib 
о‘tildi. Xavfsiz sinxronlashgan shifrlar о‘rnatilgan 
shifrlar uchun asosiy tanlov hisoblanadi. Oqimli 
shifrlarda esa nochiziqli funksiya muhim hisoblanib, 
algoritm 
bardoshligini 
ta’minlashda 
muhim 
omildir.Autentifikatsiyalash imkoniyatiga ega shifrlar 
ham muhim bо‘lgan autentifikatsiya teglarini taqdim 
qiladi. Biroq, ushbu shifrlash sxemalari qator 
hujumlarga bardoshsiz bо‘lib, ularni yaratishdagi 
asosiy tо‘siqlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun 
mazkur muammoni bartaraf etishda odatda “shifrlash-
keyin-MAC” sxemasidan keng foydalaniladi va bu 
odatiy autentifikatsiyalash imkoniyatiga ega shifrlarga 
qaraganda bardoshli xavfsizlikni taqdim qiladi. 
III. Natijalar. 

Download 484,03 Kb.
1   2   3   4   5




Download 484,03 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali "Al-Farg‘oniy avlodlari"

Download 484,03 Kb.
Pdf ko'rish