Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali "Al-Farg‘oniy avlodlari"




Download 484,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana26.06.2024
Hajmi484,03 Kb.
#265766
1   2   3   4   5
Bog'liq
mavjud-oqimli-shifrlash-algoritmlarining-qiyosiy-tahlili (2)

Adabiyotalar tahlili. Dasturiy kо‘rinishda 
amalga oshirish uchun mos bо‘lgan shifrlar – birinchi 
guruh algoritmlari. 
Salsa20 algoritmi, Daniel J. 
Bernstein tomonidan ishlab chiqilgan va eSTREAM 
loyihasining dasturiy ko‘rinishda amalga oshirish 
uchun mo‘ljallangan shifrlaridan biri sifatida 
tanlangan. Uning asosiy xususiyati, samaradorlik va 
xavfsizlik o‘rtasidagi muvozanatni ta'minlashdir. 
Salsa20, yuqori darajadagi parallel ishlash qobiliyati va 
sodda tuzilishi bilan ajralib turadi, bu esa uni turli 
platformalarda samarali ishlashga imkon beradi.
 
256 
bitli kalit va 128 bitli IV (Initialization Vector) dan 
foydalanish, algoritmini keng ko‘lamli dasturlar uchun 
mos keladi. Salsa20 algoritmining uch varianti turli xil 
ilovalar va xavfsizlik hamda tezlik talablariga javob 
berish uchun mo‘ljallangan. Bu variantlar algoritmning 
raundlar soni bilan farqlanadi, bu esa ularning 
xavfsizlik darajasini va ishlov berish tezligini 
to'g'ridan-to'g'ri 
ta'sirlaydi. 
Salsa20/20 
varianti 
odatdagi kriptografik ilovalar uchun mо‘ljallangan 
bо‘lsa, Salsa20/12 va Salsa20/8 variantlari yuqori 
tezlikni talab etuvchi, lekin, kam xavfsizlik darajasi 
mos keluvchi muhitlar uchun mos hisoblanadi. Salsa20 
algoritmi, uning dasturiy ko‘rinishda amalga oshirilishi 
uchun juda qulay bo'lgan sodda, ammo samarali 
amallardan foydalanadi. Bu algoritm, ARX (Addition, 
Rotation, XOR) dizayn sxemasiga asoslanadi, bu 
sxema oddiy qo'shish, modul 2
32
bo‘yicha qo‘shish, 
bitlar bo‘yicha siljitish (rotation) va XOR (eksklyuziv 
yoki) amallaridan iborat. (1-rasm). Ushbu algoritmda 
ma’lumotni shifrlash va deshifrlash bir xil bо‘lib, bu 
tezkorlikni ta’minlaydi. Ushbu algoritmlar tezkor 
algoritm bо‘lgani sababli, Crypto++ kriptografik 
kutubxonasidan joy olgan.
Salsa20 algoritmining dasturiy ko‘rinishi juda 
samarali bo‘lishi mumkin, masalan, eng optimal tarzda 
yozilganda 1452 bayt hajmga ega bo‘lib, shifrlash 
jarayoni uchun taxminan 18400 takt (sikl) talab qilishi 
bilan ajralib turadi. Bu, zamonaviy kompyuterlar va 
mikrokontrollerlar uchun juda samarali bo‘lgan 
tezlikni anglatadi, chunki u yuqori darajadagi 
optimallashtirish orqali amalga oshirilgan. 
Biroq, algoritmining apparat ko‘rinishida 
amalga oshirilishi ancha ko‘p resurslarni talab qiladi. 
Masalan, eng optimal ravishda amalga oshirilgan 
apparat ko‘rinishi 12126 ta mantiqiy elementni (Gate 
Equivalent, GE) talab qiladi. Bu ko‘rsatkich, 
Lightweight Cryptography (LWC) uchun belgilangan 
standartlarga mos kelmaydi. LWC sohasida ko‘plab 
tadqiqotchilar apparat resurslarining juda cheklangan 
bo‘lishi kerakligini ta'kidlashadi, ba’zilar esa 300 GE 
atrofida bo‘lishini ideal deb hisoblashadi. Bu, asosan, 
juda kichik o‘lchamdagi qurilmalar uchun, masalan, 
RFID teklar yoki boshqa o‘rnatilgan tizimlar uchun 
juda muhimdir, chunki bu turdagi qurilmalar juda 
cheklangan xotira va ishlov berish quvvatiga ega. 
Salsa20ning bu kabi apparat talablari, uni ba’zi 
LWC ilovalari uchun kamroq mos keladigan variantga 
aylantiradi, ayniqsa agar juda kichik o‘lchamdagi 
qurilmalar yoki juda cheklangan apparat resurslariga 
ega bo‘lgan muhitlar nazarda tutilsa. Shunga qaramay, 
Salsa20ning dasturiy ko‘rinishi, o‘rta va yuqori 
darajadagi qurilmalarda, shuningdek, kompyuter 
tarmoqlarida juda samarali va xavfsiz yechim bo‘lib 
qolmoqda.
Rabbit 
algoritmi, 
yuqori 
tezlik 
va 
samaradorlikka ega bo‘lgan sinxronlanuvchi oqimli 


131 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU 
Farg‘ona filiali “Al-Farg‘oniy avlodlari” 
elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 
Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil 
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific 
journal of Fergana branch of TATU named after 
Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 
Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year 
Электронный научный журнал "Потомки Аль-
Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени 
Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 
Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год 
https://al-fargoniy.uz/ 
shifrlash algoritmidir. Bu algoritm, asosan, kalitni 
aralashtirish va ma’lumotlarni shifrlash jarayonlarini 
tezkor amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib, dasturiy 
vosita ko‘rinishida amalga oshirish uchun juda 
qulaydir. Rabbitning yuqori ishlov berish tezligi uni 
Internet protokollari, jumladan, video streaming, 
o‘yinlar va boshqa katta hajmdagi ma’lumotlarni 
yuborish talab etiladigan muhitlar uchun ideal tanlovga 
aylantiradi
.
Ushbu algoritm о‘rnatiluvchi tizimlar 
CyasSLdagi kriptografik algoritmlar rо‘yxatiga 
kiritilgan va ISO/IEC 18 033-4:2011 tarkibida 
standartlashtirilgan.
Ushbu algoritm zamonaviy protsessorlar uchun 
mos bо‘lgan sodda va asos amallardan tashkil topgan. 
Ushbu algoritm NFSR va S – jadvalga asoslanmagan 
kuchli chiziqsizlikni ta’minlaydi. Ushbu algoritmda 
nochiziqlik xaotik xarita asosida ta’minlangan. Rabbit 
algoritmi, yuqori tezlik va effektivlikka ega bo‘lgan 
sinxron oqimli shifrlash algoritmi sifatida, 128 bitlik 
kalit va 64 bitlik IV (Initialization Vector) dan 
foydalanadi. 
Bu 
xususiyatlar 
uni 
zamonaviy 
kriptografik talablarga javob beradigan qiladi. Ushbu 
algoritmni 1.7 Gs bо‘lgan Pentium 4 muhitida amalga 
oshirish uchun 1976 bayt talab etiladi va 486 sikl 
kalitni о‘rnatish va bir baytni shifrlash uchun 5.1 sikl 
talab qilinadi. Ushbu algoritm qurilmalar uchun mos 
bо‘lib, 3800 GE talab qiladi. Amaliy buzulishga olib 
keluvchi hujum (Practical fault) о‘rtacha 128-256 ta 
buzilishni talab qiladi va tо‘liq ichki holatni tiklash 
uchun 241.6 baytli jadval talab qilinadi hamda bu 238 
qadamni о‘z ichiga oladi.
HC 
shifrining ikki kо‘rinishi: HC-128 va HC-
256 [9] mavjud bо‘lib, ular mos ravishda 128 va 256 
bitli kalit va 128 bitli IV dan foydalanadilar. Ushbu 
shifr ikkita katta jadvaldan iborat bо‘lib, ularning har 
biri 32 bitli 512 ta elementdan iborat va 32 – bitli 
sо‘zlar sifatida qaraladi. Har bir qadamda holat 
nochiziqli 
qayta 
aloqali 
funksiya 
yordamida 
yangilanadi va nochiziqli filtr funksiyadan 32 bitli 
natija chiqariladi. Ushbu algoritm parallel hisoblash 
muhiti va mikroprotsessorlar uchun mos hisoblanadi. 
Ushbu algoritm ham о‘rnatilgan tizimlar uchun 
foydalaniladigan CyasSL kriptografik kutubxonasida 
mavjud.
Ushbu algoritm jadvalga asoslangani bois, katta 
ma’lumotlarni shifrlash uchun dasturiy kо‘rinishda 
amalga oshirishga qulay. Biroq, ushbu algoritmni 
qurilmada amalga oshirish murakkab bо‘lib, 52 400 
GE imkoniyatini talab etadi. Ushbu algoritmga 
qaratilgan kо‘zga kо‘ringan tahlil amalga oshirilmagan 
va 

shuning 
uchun 
xavfsiz 
deb 
qaraladi. 
Mualliflarning ta’kidlashicha kalit ketma-ketligining 
davri 2
256
dan katta.

Download 484,03 Kb.
1   2   3   4   5




Download 484,03 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali "Al-Farg‘oniy avlodlari"

Download 484,03 Kb.
Pdf ko'rish