|
Algoritm tushunchasi. Avvalo algoritm
|
bet | 1/5 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 172,5 Kb. | | #247120 |
Bog'liq Algoritm
Algoritmlar haqida umumiy tushunchalar. Algoritm tushunchasi, asosiy xossalari. Algoritm ijrochisi. Algoritmlarni tasvirlash usullari. Algoritm turlari.
Algoritm tushunchasi. Avvalo algoritm tushunchasi lX asrlda yashab ijod etgan buyuk bobokalonimiz Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bogliqligini tushuntirish lozim. Algoritm sozi al-Xorazmiyning arifmetikaga bagishlangan asarining dastlabki betidagi Dixit Algoritmi (dediki al-Xorazmiy ning lotincha ifodasi) degan jumlalardan kelib chiqqan. Shundan song al-Xorazmiyning sanoq sistemasini takomillashtirishga qoshgan hissasi, uning asarlari algoritm tushunchasining kiritilishiga sabab bolganligi takidlab otiladi.
Algoritm nima degan savolga, u asosiy tushuncha sifatida qabul qilinganligidan, uning faqat tavsifi beriladi, yani biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani yechishga qaratilgan korsatmalarning (buyruqlarning) aniq, tushunarli, chekli hamda toliq tizimi tushuniladi.
Algoritmning asosiy xossalari haqida quyidagilarni takidlash mumkin:
1-xossa. Diskretlilik, yani algoritmni chekli sondagi oddiy korsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin.
2-xossa. Tushunarlilik, yani ijrochiga tavsiya etilayotgan korsatmalar uning uchun tushunarli bolishi shart, aks holda ijrochi oddiy amalni ham bajara olmay qolishi mumkin. Har bir ijrochining bajara olishi mumkin bolgan korsatmalar tizimi mavjud.
3-xossa. Aniqlik, yani ijrochiga berilayotgan korsatmalar aniq mazmunda bolishi lozim hamda faqat algoritmda korsatilgan tartibda bajarilishi shart.
4-xossa. Ommaviylik, yani har bir algoritm mazmuniga kora bir turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bolishi lozim. Masalan, ikki oddiy kasr umumiy maxrajini topish algoritmi har qanday kasrlar umumiy maxrajini topish uchun ishlatiladi.
5-xossa. Natijaviylik, yani har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan song albatta natija berishi lozim.
Bu xossalar mohiyatini organish va konkret algoritmlar uchun qarab chiqish talabalarning xossalar mazmunini bilib olishlariga yordam beradi.
|
| |