|
Algoritmning tasvirlash usullari
|
bet | 2/5 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 172,5 Kb. | | #247120 |
Bog'liq AlgoritmAlgoritmning tasvirlash usullari haqida gapirganda algoritmning berilish usullari xilma-xilligi va ular orasida eng kop uchraydiganlari quyidagilar ekanligini korsatib otish joiz:
1. Algoritmning sozlar orqali ifodalanishi.
2. Algoritmning formulalar yordamida berilishi.
3. Algoritmning jadval korinishida berilishi, masalan, turli matematik jadvallar, loteriya yutuqlari jadvali, funksiyalar qiymatlari jadvallari bunga misol boladi.
4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi, yani algoritm kompyuter ijrochisiga tushunarli bolgan dastur shaklida beriladi.
5. Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi, yani algoritm bir xil va aniq ifodalash, bajarish uchun qollanadigan belgilash va qoidalar majmui algoritmik til orqali ifodalashdir. Ulardan oquv organish tili sifatida foydalanilmoqda. Bolardan Ye-praktikum yoki Ye-tili algoritm ijrochisi algoritmik tili ham mavjud.
6. Algoritmlarning grafik shaklda tasvirlanishi. Masalan, grafiklar, sxemalar yani blok - sxema bunga misol bola oladi. Blok sxemaning asosiy elementlari quyidagilar: oval (ellips shakli)-algoritm boshlanishi va tugallanishi, togri burchakli tortburchak-qiymat berish yoki tegishli korsatmalarni bajarish. Romb - shart tekshirishni belgilaydi. Uning yonaltiruvchilari tarmoqlar boyicha biri ha ikkinchisi yoq yonalishlarni beradi, parallelogramm- malumotlarni kiritish yoki chiqarish, yordamchi algoritmga murojaat - parallelogramm ikki tomoni chiziq, yonaltiruvchi chiziq - blok-sxemadagi harakat boshqaruvi, nuqta-togri chiziq (ikkita parallel) - qiymat berish.
Algoritmda bajarilishi tugallangan amallar ketma-ketligi algoritm qadami deb yuritiladi. Har bir alhoxida qadamni ijro etish uchun bajarilishi kerak bolgan amallar haqidagi korsatma buyruq deb aytiladi.
Algoritmlarni korgazmaliroq qilib tasvirlash uchun blok-sxema, yani geometrik usul koproq qollaniladi. Algoritmning blok-sxemasi algoritmning asosiy tuzilishining yaqqol geometrik tasviri: algoritm bloklari, yani geometrik shakllar korinishida, bloklar orasidagi aloqa esa yunaltirilgan chiziqlar bilan korsatiladi. Chiziqlarning yunalishi bir blokdan song qaysi blok bajarilishini bildiradi. Algoritmlarni ushbu usulda ifodalashda vazifasi, tutgan orniga qarab quyidagi geometrik shakl(blok) lardan foydalaniladi.
|
| |