• MUNDARIJA KIRISH I BOB. Muammoni organishni ilmiy- nazariy asoslari
  • III BOB. Duduqlanish nutq kamchiligini bartaraf etishda logopedik ish
  • Boymurotova s. dippplomm




    Download 1.09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/18
    Sana14.03.2024
    Hajmi1.09 Mb.
    #171936
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Boymurotova. s.dippplomm
    ab184f556b153df77a2ed0864203ed76, img254, img221


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB
    TA’LIM VAZIRLIGI
    NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
    UNIVERSITETI
    MAXSUS PEDAGOGIKA VA INKLYUZIV TA’LIM FAKULTETI
    Himoyaga ruxsat etilsin
    Defektologiya kasbiy qayta
    tayyorlash kursi rahbari
    __________________
    p.f.n.,dos.L.Sh.Nurmuxamedova
    “____”___________2024-y.
    BITIRUV MALAKAVIY ISHI
    Logopediya mutaxassisligi
    Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda duduqlanishni o‘yin asosida
    bartaraf etish texnologiyasi
    Bajardi: Boymurotova Saule
    Ilmiy rahbar: (PHD) Dotsent. Axmedova Z.M
    Toshkent-2024-yil
    MUNDARIJA
    KIRISH
    I BOB. Muammoni o'rganishni ilmiy- nazariy asoslari
    1.1.Duduqlanishning ilmiy- nazariy asoslari
    1.2. Duduqlanish uning sabablari va ko'rinishi
    II BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarda duduqlanishni
    bartaraf etishda o'yinlarning ro'li
    2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda duduqlanishni bartaraf


    etishda harakatli va didaktik o'yinlar
    2.2. Duduqlanish bartaraf etishda nutqiy nafasni rivojlantirishga
    qaratilgan o'yinlar
    III BOB. Duduqlanish nutq kamchiligini bartaraf etishda
    logopedik ish
    3.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan
    Koreksion-pedagogik ishlar metodikasi
    3.2. Duduqlanishni bartaraf etishda relaksatsiya mashqlari
    Umumiy xulosa.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
    Kirish
    Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta oliy
    ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi
    oliy ta'lim tizimni isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil
    fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi
    bosqichga ko‘tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta'lim
    texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini
    rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni
    bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim tizimini 2030
    yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun devorcha
    vazifasini bajarib kelmoqda. Ushbu hujjatlar intelektual taraqqiyotni
    jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash ilmiy va innovatsiya
    faoliyatini samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash
    maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari
    vazifalar asos qilib olindi.
    Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasining birinchi va muhim bo‘g‘ini
    bo‘lgan maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda.
    Shuningdek davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev bolalar tarbiyasi jarayoniga
    o‘z ishini puxta biladigan, malakali va har bir bolaga individual yondasha
    oladigan pedagog-kadrlarni jalb qilgan holda, ularni go‘dakligidan ongi va
    tafakkurini to‘g‘ri shakllantirib bormasak, 
    kelajakda yuksak saviya
    , bilim va
    ma'naviyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash qiyin bo‘ladi, deb
    takidlaydilar. 
    Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli
    islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va
    huquq-tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini,
    millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim
    poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari
    darajasida ta'lim 
    olishi va kasb egallashi
    , fuqarolarimizning bunyodkorlik
    salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
    «Maxsus ta'lim konsepsiyasi» talablaridan kelib chiqqan holda nogiron
    bolalarni o‘qitish, ijtimoiy hayotga moslashtirish hamda ularni maktab ta'limiga
    tayyorlash muammosi respublikamizda ilmiy nazariy, amaliy metodik jihatdan
    yetarli darajada ishlanmaganligi afsuslanarlidir. 
    Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi fanining nazariy, didaktik asoslarini
    aniqlash, bilish faolligini oshirish asosida muloqot qilish jarayonidagi
    buzilishlarni bartaraf qilish hamda maktab ta'limiga tayyorlash samaradorligini
    ta'minlashga qaratilgan korreksion pedagogik usullarni ishlab chiqish maxsus
    pedagogika oldida turgan dolzarb vazifalardandir. Maktabgacha yoshdagi aqli
    zaif bolalarga ta'lim berish jarayoninin takomillashtirish bo‘lajak pedagogning


    ilmiy va uslubiy ta'minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. 
    Imkoniyati cheklangan bola nutqini egallashning o‘ziga xosliklarini tekshirish,
    ular bilan ishlash mazmuni va usullarini aynan maktabgacha yoshda, ya'ni
    nutqini egallash uchun eng maqul bo‘lgan davrda o‘rganish muhimdir.
    Imkoniyati cheklangan bolalar nutqidagi kamchiliklar ularning bog‘lanishli
    nutqini shakllantirishda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. 
    Materialning ma'nosini 
    anglash qiyinchiliklari
    , hodisalarning mantiqini tushuna
    olmaslik vaqt haqidagi tasavvurlarning yetishmasligi, mavzudan chalg‘ib ketish,
    shuningdeq tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar haqidagi yetarli ma'lumotga
    ega emasliklari oqibatida ularning so‘z boyliklari kambag‘allashadi va
    muloqotga kirishishni qiyinlashtiradi. Umumiy va maxsus pedagogikadagi
    mavjud ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, me'yorida rivojlanayotgan
    bolalarning kamolot bosqichi davrlarini, imkoniyati cheklangan bolalar ham,
    albatta bosib o‘tadilar, lekin bu jarayonlar ularda kechikibroq kechadi. Bunga
    imkoniyati cheklangan bolalar organizmining turli darajadagi buzilishlari sabab
    bo‘ladi. Bu holat imkoniyati cheklangan bola nutqiga ham o‘z ta'sirini
    ko‘rsatadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, imkoniyati cheklangan bolalar
    nutqining fonetik tomonidan rivojlanishi sezilarli darajada orqada qoladi, nutq
    ma'no tomonidan o‘ziga xos shakllanadi, gaplar tuzishda grammatik jihatdan
    xatolarga yo‘l qo‘yadilar.
    Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarining oldida bolalar nutqini o‘stirish
    vazifasi turadi. Bunda ikoniyati cheklangan bolalarga o‘z fikrini, 
    istak-orzusini
    ,
    hissiyotini aniq ifoda etish, ona tilidan kishilar bilan aloqa o‘rnatishda, hayotga
    o‘rganish jarayonida foydalanishga o‘rgatish, aqliy jihatdan kamchiliklarini
    bartaraf etish, ijtimoiy hayotga moslashtirish, hamda yordamchi maktab
    ta'limiga tayyorlashdan iborat. 
    Defektolog bolalar nutqini atrof hayot bilan, oilaviy turmush, bolalar
    bog‘chasining 
    hayoti bilan
    , mamlakatimizning ijtimoiy hayotidagi voqyea va
    hodisalar, o‘zbek xalqining mehnati, jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish
    asosida o‘stirib boradi. 
    Maxsus usullar yordamida bolalarni faqat lozim bo‘lgan so‘zlarni ma'nosini
    tushuntiribgina qolmasdan, balki undan o‘z nutqlarida faol qo‘llashga o‘rgatib
    boriladi. Bilish faoliyatining holati, atrofdagilar bilan bolaning muloqotga
    kirishish imkoniyati, odob-ahloq normalarini o‘zlashtirish, ijtimoiy
    adaptatsiyaning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan bola nutqining rivojlanish
    darajasiga bog‘liq. 
    Maktabgacha yoshdagi imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash
    tizimining asosiy vazifasi - ularning nutqini rivojlantirish yuzasidan ishlash
    hisoblanadi.
    Maxsus maktabgacha ta'lim muassasasining ta'lim va tarbiya jarayonida
    imkoniyati cheklangan bolalar nutq o‘stirish bo‘yicha quyidagi bilim ko‘nikma,
    malakalar bilan qurollantirilishi lozim. Nutq o‘stirish imkoniyati cheklangan
    bolalarni ma'lum bilim va malakalarni o‘zlashtirib 
    olishlarinigina emas
    , balki
    idroq xotira, tafakkur, tasavvur kabi bilish qobiliyatlarini rivojlanitirishni ham
    nazarda tutadi. Bu yo‘nalishda olib boriladigan ish ularga aqliy faoliyatining
    muhim usullarini o‘rgatish, analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish,
    konkretlashtirish kabi aqliy operatsiyalarni bajarishga imkon beradi. 
    Bunda korreksion-pedagogik ishning ahamiyati muhimdir. Korreksion-
    pedagogik ishda imkoniyati cheklangan bolalarning yoshi, 
    psixik xususiyatlari
    ,
    oilaviy sharoitlari, ona tilining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda
    nutqini o‘stirishga qaratilgan maxsus usullardan foydalanish va ularni hayotga
    moslashtirish imkoniyatini ta'minlaydi. 
    Respublika xukumati tomonidan ikoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy
    qo‘llab-quvvatlash, ta'lim-tarbiyasini takomillashtirish va uning mazmunini
    jahon standartlariga moslashtirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Imkoniyati
    cheklangan bolalar muammosi bugungi kunda barcha rivojlangan davlatlar
    hukumatlarining e'tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Alohida ehtiyojli bolalarni
    davolash, tarbiyalash va ularga yaqindan yordam berish bilan bog‘liq masalalar


    hamma vaqt keng jamoatchilikni tashvishlantirib kelgan. 

    Download 1.09 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 1.09 Mb.
    Pdf ko'rish