O`zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta`minlashga qaratilgan strategiya asoslari Reja




Download 35.31 Kb.
bet1/3
Sana17.04.2023
Hajmi35.31 Kb.
#51962
  1   2   3
Bog'liq
25 abdulaziz O`zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta`minlashga qaratilgan strategiya asoslari
8-sinf Biologiya fanidan Vitaminlar mavzusida dars ishlanma, 7-sinf-informatika-testlar, Job inteview, Реферат Усмонов O, 28 sohiba O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini, 3.Mercedes-Benz servis xizmati ko’rsatish markazining texnologik hisobi, 9-sinf informatika yangi 2020, Blank АНКЕТА ИНТЕРМЕКС , bletttttt, 54, Кузатув кенгаш аъзолари руйхати(1), media savodxonlik KRASSVORD Inobat, 32 Шерзад, 2-amaliy mashg’ulot Mavzu Chizmalarda o‘lchamlar qo‘yish Reja -fayllar.org

O`zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta`minlashga qaratilgan strategiya asoslari
Reja:

  1. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar

  2. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari

  3. Aholi va tadbirkorlarni o’ylantirayotgan dolzarb masalalar

  4. Xulosa

  5. Foydalangan adabiyotlar

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo’ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.


Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o’ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o’sishini, inflyatsiyani prognoz ko’rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Aholi va tadbirkorlarni o’ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o’rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo’llash amaliyoti va ilg’or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o’rinlarda — Harakatlar strategiyasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo’naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni
modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo’naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to’laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat
siyosatini takomillashtirish;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.
2. Quyidagilar:
2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha Milliy komissiya 2-ilovaga muvofiq;
Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar 3 — 7-ilovalarga muvofiq tuzilsin.
3. Belgilab qo’yilsinki:
Harakatlar strategiyasini o’z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo’nalishi hisoblanadi;
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo’yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.
4. 2017 yil O’zbekiston Respublikasida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilingani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar
strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o’rinlarda —Davlat dasturi) 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar zimmasiga Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to’liq, o’z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish, shuningdek Harakatlar strategiyasini 2018 — 2021 yillarda amalga oshirish bo’yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklansin.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar bilan birgalikda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha faoliyati muvofiqlashtirib borilishini, shuningdek uning joylarda ijro etilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlasin.
Belgilab qo’yilsinki, Davlat dasturi bajarilishining borishi to’g’risidagi umumlashtirilgan axborot Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar tomonidan har chorakda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etib boriladi.
6. Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlar quyidagilarga alohida e’tibor qaratsin:
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo’lga qo’yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqishda byurokratik to’siq va g’ovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot
jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yo’l qo’ymaslikka;
Davlat dasturi doirasida o’tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik
organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar,
ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishiga.
7. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining
sifatli va o’z vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi va kiritilishi ustidan monitoring qilish hamda uning natijalari to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot berib borishni ta’minlasin.
8. O’zbekiston Milliy axborot agentligi, O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, shuningdekO’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019 y., 06/19/5892/4134-son)
mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmog’ida keng sharhlab
borilishini, uning demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, shuningdek inson huquq va
erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish, fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, jamiyatda qonun ustuvorligi, qonuniylik va adolat, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni qaror
toptirish maqsadida davlat organlarining aholi bilan ochiq, to’g’ridan-to’g’ri muloqotini kuchaytirishga yo’naltirilganini jamoatchilikka tushuntirilishini;
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi va natijalari to’g’risidagi xolis, to’liq ma’lumot
aholiga tezlik bilan yetkazilishini ta’minlasin.
9. O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalarga rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy
va sotsial-iqtisodiy taraqqiyot tajribasini, zarur bo’lganda, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda, o’rganishda ko’maklashsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining davlat maslahatchilari zimmasiga yuklansin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOEV
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga
1-ILOVA
2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha
HARAKATLAR STRATEGIYaSI
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning
rolini yanada kuchaytirish:
davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal
etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;
qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga
ta’sirini kuchaytirishga yo’naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish;
siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o’rtasida sog’lom raqobat
muhitini shakllantirish.
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish;
mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha vazifalarni amalga oshirishda o’zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko’rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;
fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;
mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o’rni va faoliyati samaradorligini oshirish;
ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish.
II.
Download 35.31 Kb.
  1   2   3




Download 35.31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta`minlashga qaratilgan strategiya asoslari Reja

Download 35.31 Kb.