10 – Ma’ruza. Uzluksiz energiya ta’minot manbalari. Reja




Download 453.5 Kb.
bet1/2
Sana20.05.2023
Hajmi453.5 Kb.
#62605
  1   2
Bog'liq
10 – Ma’ruza. Uzluksiz energiya ta’minot manbalari. Reja
magnit zanjirlar, Amir Temur ssenariy, 1680157069 (1), Mavzu cisc, risc va vliw arxitekturalari reja cisc arxitektura, 3-mavzu. Windows Server 2019 ni o’ rnatish va sozlash ko’nikmala-hozir.org, An Overview of the Different Types of Taxes in India, 3rC46kqrx9yvIa2pCTCzgYV7RiDXMvO9XDf97VDJ, RTI ON savollar

10 – Ma’ruza. Uzluksiz energiya ta’minot manbalari.


Reja:

1. Uzluksiz energiya ta’minot manbalari


2. Aloqa sohasining elektr ta’minoti
3. Akkumulyatolar, dizel generatorlar va ularning turlari

Uzluksiz elektr ta’minoti manbalari
Elektron vositalari zarurat holatlarda ma’lum vaqtda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanishi kerak. Ushbu maqsadda turli xil uzluksiz elektr ta’minoti manbalari (UETM) qо‘llaniladi. Xorijda UETMlarni belgilashi uchun UPS abbreviaturasidan foydalaniladi (Uninterruptable Power Supply). Chiqish tokining turiga qarab UETMlar о‘zgaruvchan va о‘zgarmas tok UETMlariga bо‘linadi.
UETMning yuklama bilan moslashtirish talabi UETM chiqishidagi elektr energiyasining sifat kо‘rsatkichlar bilan belgilangan. Bunday talablarga chiqish kuchlanishining nostabilligi va pulsatsiyasining qiymatlari, chiqish tokining о‘zgarish diapazoni, chiqish tokining qiymati va chastotasining nostabilligi kiradi. UETM qurilmasining yuklamasi telekommunikatsion vosita hisoblanadi va bu vosita kirishiga ta’minot manbai qо‘yiladi. О‘zgaruvchan tok tarmoqlarida kо‘pincha ta’minot manbai kirish zanjirida sig‘im filtrli rostlanmaydigan tо‘g‘rilagich bо‘ladi, shuning uchun ular iste’mol qiladigan tok shakli sinusoidal shakldan farq qiladi. Yuklama tomonidan chiziqli va nochiziqli yuklamalar uchun chiqish kuchlanishi garmonikalar koeffitsiyentlarining berilgan qiymatlarini saqlash talabi UETM qurilmasiga qо‘yiladi.
UETM qurilmasining tarmoqqa nisbatan ta’siri uning kirishidagi elektr energiyasining sifatiga talabi orqali aniqlanadi. Bu talablar UETMlar kirishidagi quvvat koeffitsiyenti bilan bog‘liq va ular iste’mol qiluvchi tokning garmonika koeffitsiyentini bildiradi. Qabul qilingan atama bо‘yicha UETM qurilmalari ikki sinfga ajratiladi: off line va on line. Offline sinfidagi qurilmada tarmoqning elektr energiyasi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri istemolchiga normal rejimda beriladi, avariya rejimida esa sinusoidal kuchlanish generatori ulanadi (2..10 ms). Online sinfidagi qurilmada tarmoqning har qanday rejimida yuklamaga chastota, kuchlanish va sinusoidal shakl bо‘yicha stabil elektr energiyasi beriladi. Har ikkala turdagi UETMlarda tarmoq tо‘g‘rilangan kuchlanishini sinusoidal chiqish kuchlanishiga aylantiruvchi invertorlar bor. Tarmoq tо‘g‘rilagichiga akkumulyator batareyasi ulanadi. Off line sinfidagi UETMlarda invertor faqat tarmoq kuchlanishi talab qilingan qiymatdan kichik bо‘lganda ulanadi. On line turdagi UETMlarda esa invertor doimo ishlaydi. Shu sababli bunda tarmoq bilan galvanik bog‘lanish ortiqcha yuklamalardan va tarmoq kuchlanishining keskin о‘zgarishidan himoyalash ta’minlanadi.
10.1 va 10.2-rasmlarda о‘zgaruvchan va о‘zgarmas tok UETMlari qurilmalarining tuzilish sxemalari keltirilgan.
10.1a-rasmdagi sxemada zaxira zanjirini akkumulyator batareyasi (AB) va invetor (I) tashkil qiladi. Agar tarmoq kuchlanishi о‘rnatilgan chegaralarda bо‘lsa, u holda yuklama elektr energiyasini kommutator (K) orqali о‘zgaruvchan tok tarmog‘idan oladi. Bu holda invertor akkumulyatorlarini zaryadlash orqali tо‘g‘rilagich rejimda ishlaydi.
Tarmoq kuchlanishi belgilangan qiymatidan kamaysa, kommutator tarmoqni yuklamadan uzadi. Yuklamaga elektr energiyasi invertor orqali akkumulyator batareyasidan beriladi.
10.1b-rasmda tasvirlangan qurilmada normal elektr ta’minotida yuklamaga elektr energiyasi tarmoqdan ketma-ket ulangan boshqariluvchi tо‘g‘rilagich (BT) va invertor (I) orqali beriladi. Bunda kommutator uzilgan holatda va akkumulyator batareyasi tarmoqdan (T) tо‘g‘rilagich orqali zaryadlanadi. Tarmoq kuchlanishi talab qilingan qiymatdan kamayganda kommutator akkumulyator batareyasini invertorga ulaydi.
10.1v-rasmda tasvirlangan sxemada akkumulyator batareyasini zaryadlash boshqariluvchi tо‘g‘rilagich (BT) orqali amalga oshiriladi. Yuklamaga tarmoqdan elektr energiyasi berilganda K1 kommutator ulangan, K2 kommutator esa uzilgan bо‘ladi. Elektr ta’minoti akkumlyator batareyasiga о‘tganda K1 kommutator uziladi, K2 kommutator ulanadi.
10.1v-rasmda tasvirlangan sxemada akkumulyator batareyasini zaryadlash BT boshqariluvchi tо‘g‘rilagich orqali amalga oshiriladi. Yuklamaga tarmoqdan elektor energiyasi berilganda K1 kommutator ulangan, K2 kommutator esa uzilgan bо‘ladi. Elektr ta’minoti akkumulyator batareyasiga о‘tganda K1 kommutator uziladi, K2 kommutator ulanadi.
10.1g-rasmda ikkita asosiy va zaxira tarmoqqa ega bо‘lgan UETM sxemasi keltirilgan. Normal elektr ta’minotida K1 kommutator ulangan, K2 kommutator uzilgan bо‘lib, yuklamaga kuchlanish asosiy tarmoqdan beriladi. Asosiy tarmoq kuchlanishi talab qilingan qiymatdan kamayganda kommutatorlar qayta ulanadi va yuklama rezerv tarmoqqa ulanadi. 13.5d-rasmda tasvirlangan UETM sxemasi katta yuklama quvvatlarida qо‘llaniladi. I1 va I2 invertorlar chiqish sinfaz kuchlanishlarini bir xil parametrlariga ega bо‘lib, ular K3 va K4 kommutatorlarning parallel ishlashiga mos ulanadi.


10.1-rasm. О‘zgaruvchan tok UETMlarining tuzilish sxemalari

Normal elektr taminotida K1 va K2 komutatorlar uzilgan holatda bо‘ladi, akkumulyator batareyasi T2 tо‘g‘rilagichdan zaryadlanadi. YU yuklamaga esa elektr energiyasi T1 va T3 tо‘g‘rilagichlardan I1 va I2 invertorlar orqali beriladi. Tarmoq kuchlanishi о‘rnatilgan qiymatdan kamayganda K1 va K2 kommutatorlar ulanadi va elektr ta’minoti I1 va I2 invertorlar kirishiga ulangan ab akkumulyatorlar batareyasi orqali amalga oshiriladi.





10.2-rasm. О‘zgarmas tok UETMlarining tuzilish sxemalari

Agar invertorlardan biri ishdan chiqsa, masalan, I1 invertor ishdan chiqsa, u holda K3 kommutator avariya zanjirini uzadi va kuchlanish yuklamaga ikkinchi invertordan beriladi. 10.2a-rasmda tasvirlangan о‘zgarmas tok UETMi sxemasida normal elektr taminotida YU yuklama AB akkumulyator batareyasidan uzilgan (K kommutator uzilgan) va u elektr energiyasini tarmoqdan T1 tо‘g‘rilagich orqali oladi. Tarmoqda avariya rejimi bо‘lganda K kommutator yuklamani AB akkumulyator batareyasiga ulaydi.


Ikki о‘zaro bog‘liq bо‘lmagan о‘zgaruvchan tok tarmog‘i bо‘lganida (10.2b-rasm) UETM T1,T2 tо‘g‘rilagichlardan va K kommutatordan iborat bо‘ladi. Bunda K kommutator avariya rejimida himoya funksiyalarini bajaradi.
UETM tarkibidagi AB akkumulyator batareyasi seksiyali tarzda bajarilishi mumkin, ya’ni u AE asosiy elementlardan va QE qо‘shimcha elementlardan tashkil topadi (10.2v-rasm). Normal ish rejimida AE asosiy elementlar tarmoqdan T1 tо‘g‘rilagich orqali, QE qо‘shimcha elementlar esa T2 tо‘g‘rilagich orqali zaryadlanadi. Bunda K1 kommutator ulangan, K2 kommutator esa uzilgan holatda bо‘ladi. Yuklamaga elektr energiyasi tarmoqdan T1 tо‘g‘rilagich orqali beriladi. Tarmoq kuchlanishi talab qilingan qiymatdan kamayganda K2 kommutator uziladi, K1 kommutator ulanadi va yuklamaga kuchlanish ketma-ket ulangan asosiy va qо‘shimcha elementlardan beriladi.
UETMning о‘tish rejimlarida chiqish kuchlanishini stabillash uchun rostlovchi volt qо‘shuvchi qurilmalar ishlatiladi (10.2g-rasm). Rostlovchi volt qо‘shuvchi RVVQ qurilma akkumulyator batareyasi kuchlanishni rostlanuvchi о‘zgarmas kuchlanishiga aylantiradi. Normal rejimda T tо‘g‘rilagich K kommutator orqali elektr energiyasini yuklamaga uzatadi va bir vaqtning о‘zida AB akkumulyator batareyasini zaryadlaydi. Tashqi elektr ta’minoti uzilganda K kommutator uziladi va bir vaqtning о‘zida RVQQ ulanadi. RVQQ akkumulyator batareyasi zaryadsizlanishidagi yuklamadagi kuchlanishning kamayishini stabillashni ta’minlaydi. Uzluksiz kommutatsiyalanishga xizmat qiluvchi VD2 diod RVQQning kuchlanishi orqali yopiladi. Tashqi elektr ta’minoti ishga tushganda T tо‘g‘rilagich tokni stabillash rejimida ulanadi va yuklamani, shuningdek AB akkumulyator batareyasini zaryadlash uchun elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. AB akkumulyator batareyasini zaryadlash tugagandan sо‘ng T tо‘g‘rilagich kuchlanishni stabillash rejimiga о‘tadi va UETM dastlabki holatiga qaytadi. RVQQning qо‘llanilishi akkumulyator chiqish kuchlanishining о‘zgarishini kompensatsiyalash imkoniyatini beradi. UETMning tarmoqdan AB akkumulyator batareyasiga о‘tgandagi ish vaqti uning yuklanishiga sezilarli bog‘liq. 10.1-jadvalda ARS firmasinig turli UETMlar modellari ish vaqtining yuklama quvvatiga bog‘liqligi keltirilgan.



10.1-jadval. ARS firmasi UETM larining tarmoq kuchlanishi uzilgandan keyin ishlash vaqti

Ish vaqti, minut

Smart-URS

900

58

44

36

24

18

13

11

9

7

600

38

26

20

14

9

6

---

---

---

400

22

15

11

5

---

---

---

---

---

250

8

6




---

---

---

---

---

---

Back-UPS

900

65

47

40

29

20

15

13

11

10

600

41

31

22

13

7

5

---

---

---

400

19

13

9

5

---

---

---

---

---

250

8

5

---

---

---

---

---

---

---

Yuklama
quvvati, V×A

200

250

300

400

500

600

700

800

900




Download 453.5 Kb.
  1   2




Download 453.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10 – Ma’ruza. Uzluksiz energiya ta’minot manbalari. Reja

Download 453.5 Kb.