• Коррупцияга қарши кураш бўйича БМТ конвенцияси
  • BMTning ma’lumotnoma-hujjatida (1995)




    Download 36,54 Kb.
    bet4/4
    Sana17.11.2023
    Hajmi36,54 Kb.
    #100586
    1   2   3   4
    Bog'liq
    10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari

    BMTning ma’lumotnoma-hujjatida (1995): Korrupsiya – shaxsiy manfaatlar yo‘lida foyda olish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish.
    Korrupsiya - barcha davlatlar uchun xarakterli hodisa. Kорруцияга қарши кураш бўйича халқаро ҳуқуқ манбалари:

    • Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida Amerika davlatlari konvensiyasi (1996)

    • Jinoyatchilikka qarshi kurashda MDHga a’zo davlatlarning hamkorligi to‘g‘risida bitim (1998

    • Коррупция учун жиноий жавобгарлик тўғрисида конвенция (Европа Кенгаши, 1999)

    • Коррупция учун жиноий жавобгарлик тўғрисида конвенция (Африка Иттифоқи, 2003)

    • Коррупцияга қарши кураш бўйича БМТ конвенцияси (2003)

    Коррупцияга қарши кураш бўйича БМТ конвенцияси(БМТ Бош Ассамблеяси, 58/4-сонли қарор, 2003 йил 31 октябрь)
    Преамбула 8 та боб, 71 та моддадан иборат. Преамбула (фр. preambue – сўз боши, муқаддима) – ҳуқуқий ҳужжатлар, декларация, конвенция ва бошқа халқаро шартномаларни тайёрлашда сўзбоши сифатида асосий мақсадни белгилаш қисми. Конвенция 2005 йилнинг 14 декабрида кучга кирган. Уни 158 та давлат ратификация қилган.
    БМТ Бош котиблари коррупция ҳақида: Кофи Аннан “Коррупция – бу жамиятни турли йўллар билан исканжага оладиган даҳшатли иллатдир.” Антони гутеррриш “Коррупция – бу ижтимоий тараққиётни издан чиқарувчи, тенгсизлик ва адолатсизликни юзага келтирувчи, барча мамлакатни бузувчи касалликдир.”
    Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma’qullangan. Prezident tomonidan 2017 yil 3 yanvarda tasdiqlanib, 4 yanvardan kuchga kirdi. Qonun 34 moddadan iborat. Ushbu qonunning 4-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, ya’ni:

    • Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

    • qonuniylik;

    • fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

    • ochiqlik va shaffoflik;

    • tizimlilik;

    • davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;

    • korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;

    • javobgarlikning muqarrarligi.

    Qonunning 5-moddada esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatininga sosiy yo‘nalishlari berilgan.

    • Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

    • aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

    • davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.

    BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasiga a’zo davlat sifatida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ta’kidlash joizki, so‘ngi yillarda bu borada milliy qonunchiligimizda mukammal huquqiy baza shakllantirildi.
    Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari Porkuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Adliya, Ichki ishlar, SVOJJDLQKD, Dalat bojxona xizmati hamda OAVlari va fuqarolik institutlari o‘rtasida hamkorlikni ta’minlash bu boradagi asosiy vazifalardan hisoblanadi.
    O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda. 
    Qonunda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi iboralarning mazmuni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. 
    Qonun asosida davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoevning joriy yil 2 fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlar o‘z mazmun mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi.
    Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida ham korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilanganligi alohida qayd etildi. 
    Qonun normalarini hayotga tatbiq etish maqsadida yuqorida ko‘rsatilgan Prezidentimiz qarori bilan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. 
    Davlat dasturi 51 banddan iborat chora-tadbirlarni qamrab olgan. Unda korrupsiyaga bevosita yoki bilvosita qarshi qaratilgan, uning tizimli sabablari va sharoitlarini oldini olishga yo‘naltirilgan 10 qonun, qator qonunosti hujjatlari, chora-tadbirlar rejalari loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish, turkum targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 
    Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning hududiy boshqarmalarida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 
    Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik”, va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan.
    Qonun hujjatida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari sifatida:
    - qonuniylik;
    - fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;
    - ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik;
    - davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi;
    - korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan.
    Shu munosabat bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan “Korrupsiyasiz ta’lim” deb nomlangan rangli, o‘quv ko‘rgazma nashr etilib, respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalariga etkazildi. Jumladan, bizning viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ham mazkur ko‘rgazma bilan ta’minlandi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad:
    - yosh avlodning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
    - davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
    - korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tatbiq etishdan iboratdir.
    Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari Qonunning 16-, 17-, 18-moddalarida o‘z ifodasini topgan. Ta’kidlash joizki, huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan, huquqiy ta’lim va tarbiya jihatidan etuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar.
    Bas, shunday ekan, o‘zimizga xulosa qilishimiz, farzandlarimizni halollik, poklik kabi eng yuksak ideallar ruhida tarbiyalashimiz, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishini bartaraf etish uchun birgalikda kurashishimiz bugunning eng dolzarb vazifasidir.

    KORRUPSIYA – jamiyat taraqqiyoti, barqarorligi va xavfsizligi uchun ulkan tahdiddir. Korrupsiya internatsional jinoyat bo‘lib, har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun ulkan tahdid, jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini emiruvchi jinoiy-illatdir. Xalqning davlat boshqaruv idoralariga ishonchini so‘ndiradigan, azaliy ezgu maqsadlar bilan yo‘g‘rilgan islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantiruvchi, qolaversa jamiyat va davlat o‘rtasidagi uzviy aloqani butkul uzib qo‘yuvchi qora kuchdir.


    Download 36,54 Kb.
    1   2   3   4




    Download 36,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BMTning ma’lumotnoma-hujjatida (1995)

    Download 36,54 Kb.