10-amaliy mashg`ulot




Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana22.05.2024
Hajmi1,62 Mb.
#250646
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dedline

Instagram 
Instagram — Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan hamda rasm va 
videolarni ulashish uchun moʻljallangan ijtimoiy tarmoq. Shuningdek, boshqa 
ijtimoiy tarmoq platformalari orqali ularni yuklash imkonini beradi. Bundan 
tashqari, foydalanuvchilar rasmlar va videolar uchun raqamli filtrlar qoʻllash 
imkoniga egadir. Instagramda videolar uchun maksimal davomiylik 60 
soniyadir.Instagram App Store va Play Market orqali bepul tarqatiladi. Tarixi 
Instagram ikonkasi (2016-yildan) Instagram Kevin Systrom va Mike Krieger 
tomonidan yaratilgan hamda bepul mobil ilova sifatida 2010-yilning oktabr oyida 
ishga tushirilgan. Dastlab, bu ilova nomi Burb boʻlgan. Keyinchalik, Systrom va 
Krieger, „instant camera („tezkor kamera“) va „telegram“ soʻzlarini birlashtirib
ilovaning nomini „Instagram“ga oʻzgartirishdi.Bu xizmat qisqa fursatda 2012-
yilning aprel oyiga kelib, 100 million faol foydalanuvchilarga ega boʻlganligi 
ortidan mashhurlik qozondi. Keyinchalik shu yilning oʻzida kompaniyani Facebook, 
Inc. sotib oldi. Instagram uchun AQSh$1 milliard sarflandi. 2018-yilga kelib esa 
Instagramda foydalanuvchilar soni 1.1 milliardga yetdi. Mutaxasislarning 
taʼkidlashicha, Instagramdan tushadigan foyda naqd $2.8 milliardni tashkil etadi. 
Hozirgi kunda Instagram Nokia aqlli telefonlari va BlackBerry 10 va boshqa 
planshetlar uchun ham mavjud. Instagram foydalanuvchilari uchun yangi funksiya 
paydo boʻldi. Unga koʻra, endilikda katta yoshli foydalanuvchilarning notanish 
oʻsmirlarga yozishi taqiqlanadi. Yangi funksiya kattalarga 18 yoshga toʻlmagan, 
ularning sahifasiga obuna boʻlmagan oʻsmirlarga yozish imkoniyatini bermaydi. 
Oʻsmirlar esa, oʻz navbatida, sahifasiga aʼzo boʻlish uchun soʻrov yuborgan 
foydalanuvchilarning shubhali xatti-harakatlari toʻgʻrisida ogohlantiriladiLive 
Rooms 2021-yil 1-martdan boshlab Instagramda uch kishi bilan jonli efir qilish 
funksiyasi (Live Rooms) qoʻshildi. 13 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun versiya 
Facebook ijtimoiy tarmogʻi Instagramʼning 13 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 
moʻljallangan maxsus versiyasini ishlab chiqadi. Maʼlum qilinishicha, 
Facebookʼning oʻzida hozirda shunday texnologiya mavjud boʻlib, u Messenger 
Kids deb nomlangan. Ammo undagi barcha funksiyalar hamda tarkibiy qism 
oʻsmirlar (14–18 yosh) uchun moslashtirilgan. Ishlab chiqiladigan yangi ilovaga esa 
ota-onalarga farzandining sahifalarini nazorat qilishga imkon beruvchi
 
tizim 
kiritiladi. 
Telegram 





Download 1,62 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish