10-amaliy mashg`ulot




Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.05.2024
Hajmi1,62 Mb.
#250646
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dedline

Telegram 
Telegram – tezkor xabar almashish vositasi. Oddiy foydalanuvchilar matn 
xabarlashuvdan tashqari bir-birlariga har birining hajmi 2 GB gacha boʻlgan tasvir, 
video, audio va har xil fayllar yuborishlari hamda ovozli va video qoʻngʻiroqlarni 
amalga oshirishlari, kanal va guruhlarda ovozli hamda video chatlarda qatnashishlari 
mumkin. Dastur Google, Android, Apple iOS, Microsoft Windows, Blackberry
MacOS, Linux va Windows Phone uchun mavjud. Telegram foydalanuvchilari oʻz 
mobil telefon raqamlari orqali roʻyxatdan oʻtadilar. „Telegram“ loyihasi Pavel 
Durov tomonidan oʻylab topilgan. Dunyodagi eng tezkor xabar almashish ilovasi. 
Bu bepul va xavfsiz. Tarixi Telegram 2013-yilda aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar 
tomonidan ishlab chiqilgan. 2013-yilning oktabr oyida Telegramda kunlik 100,000 
foydalanuvchi bor edi. 2014-yil 24-martda esa Telegram oʻzida 35 million oylik va 
15 million kunlik foydalanuvchisi borligini eʼlon qildi. 2014-yil dekabr oyida 
Telegram kunlik 1 milliard xabar yuboradigan 50 million foydalanuvchisi borligini 
va auditoriyasi haftasiga bir millionga koʻpayayotganini eʼlon qildi. 2018-yil 
martida Telegram 200 millionlik oylik faol foydalanuvchiga erishdi. Oʻtgan yili, 
2020-yil aprel oyida 400 million faol foydalanuvchiga erishganligini maʼlum qildi. 
2021-yil yanvar oyi esa bu koʻrsatkich 500 milliondan oshdi. Ushbu 
foydalanuvchilar oʻsishi sababli esa Telegram Sentabr oyida maʼlumotlar saqlash 
formatini int32’dan int64’ga oʻtkazdi. Bu esa eski versiyalarni qoʻllab-quvvatlashni 
toʻxtatish majburiyatini hosil qildi va Dekabr oyida eski versiyalar ishlashdan 
toʻxtadi. 2013-yil 14-avgustda iOS kompaniyasi Apple foydalanuvchilariga 
„Telegram“ dasturini taqdim qildi. Shu yili 22-avgustda esa Android 
foydalanuvchilari bu dasturda foydalana boshlashdi. Telegram dasturi MTProto 
protokoli asosida ishlaydi. Telagram messenjeri obligasiyalar sotish orqali 1 milliard 
dollarlik sarmoya jalb qildi. Durovning maʼlum qilishicha, Telegramʼning asosiy 
maqsadi kelajakda oʻnlab yillar yoki asrlar davomida insoniyatga xizmat qilishi 
mumkin boʻlgan moliyaviy barqaror loyihaga aylanish boʻlib, 1 milliard dollar 
sarmoyaning jalb qilingani ushbu maqsadga erishish yoʻlidagi yana bir qadam 
boʻlgan. Investorlar orasida BAAning „Mubadala Investment Company“ hamda 
„Abu Dhabi Catalyst Partners“ kompaniyasi bor. Yangilanishlar Telegram dasturi 
2021-yil mart oyida cheksiz foydalanuvchilarni qoʻshgan holda muloqot qilish 
imkonini beruvchi ovozli chatni taqdim etdi. Iyul oyida esa 30 kishiik 
videokonferensiyasida har bir ishtirokchi oʻz ekranidan skrin koʻrsata olish 
imkoniyatiga ega boʻldi. Avgust oyi oxirida esa Telegram Ovozli va Video chatlarni 
Jonli efirlar deya nomladi. Sentabr oyidagi yangilanishda esa Jonli efirlarni yozib 
olish imkoniyatini ham taqdim etdi. Shunday qilib biz 2021-yilni Reaksiyalar, 
Yashirin matn, Tarjimon va QR-Kodlar bilan tugatdik.2022 -yil mart oyida telegram 
yana bir yangilanishni eʼlon qildi. Bunda koʻra telegram botlarini yaratishda yangi 
dasturlash tili (JavaScript) qoʻshildi. Endi telegram botlar saytlardan deyarli farq 


qilmaydi deb xabar qiladi telegram oʻz rasmiy saytida. Bundan tashqari telegram 
yangi emojilar, stikerlar va toʻgʻridan toʻgʻri kanallar va guruhlardagi postlarni 
telegramdan chiqmagan xolatda boshqa tillarga tarjim qilish imkoniyati ham yaratdi. 
2022-yil 21-iyun kuni Telegram foydalanuvchilari soni 700 milliondan oshganini 
eʼlon qildi va shu munosabat bilan Telegram Premium obunasini eʼlon qildi. 
Telegram Premium Telegram premium obunasi ikonasi Telegram Premium obunasi 
oʻz ichiga bir qancha qulayliklarni jamlaydi. Shu jumladan, oʻzaro har birining hajmi 
4 GB gacha fayl (video, audio, tasvir va boshqa) lar almashinish imkoniyati, katta 
tezlikda fayllar yuklanishi, xabarlar tarkibidagi bejirim animatsion emojilar, 1 000 
ta gacha (oddiy versiyasida 500 ta gacha) kanallarga va katta guruhlarga aʼzo boʻla 
olish, 20 ta gacha chatlar jildlari, 10 ta gacha (oddiy versiyasida 5 ta gacha) qadalgan 
chatlar, 400 ta gacha (oddiy versiyasida 200 ta gacha) saqlangan animatsiya (gif) lar, 
„Oʻzingiz haqingizda“ boʻlimida uzunroq tavsif, ovozli habarlarni matn shaklida 
qabul qilish, noyob stikerlar va reaksiyalar jamlanmalari, nikneym oxiridagi 
premium belgisi va boshqa koʻplab funksiyalar. 29-avgust 2022-yil holatiga koʻra 
Telegram rasmiy saytidan yuklab olingan ilovasi uchun premium obuna narxi bir 
oyga 3.99 AQSH Dollarini tashkil qiladi. Oʻzbekistonlik foydalanuvchilar uchun 1 
oylik obuna narxi 35 990 soʻmni, 1 yillik obuna narxi esa 269 990 soʻmni tashki 
etadi. 

Download 1,62 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish