10-amaliy mashg`ulot




Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana22.05.2024
Hajmi1,62 Mb.
#250646
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Dedline



Dedline-4 
10-amaliy mashg`ulot.
Ta’lim jarayonida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish. 
Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha sohalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan 
axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga ham tatbiq etish 
dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog‘i har qanday 
sohada axborotning hajmi va tezligidan qat’iy nazar, uni istagan miqdorda qabul 
qilish uchun taqdim eta oladi. Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo 
bo‘lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari ta’lim va tarbiya, 
muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. 
Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb 
tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda 
tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Umumiy 
ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida 
o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi 
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv 
faoliyatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar 
yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan 
uyg‘unlashtirishga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan 
chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini 
qo‘llashda o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter 
vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy 
imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va 
axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga 
aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon 
(salohiyatli) bo‘lishi kerak. Axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy 
vositalarining juda jadallik bilan rivojlanib borishi, masalan, yangi avlod 
kompyuterlarining, yangi dasturlarining chiqishi, turli ta’limiy vazifalarni hal etish 
qulay texnikafiy imkoniyatlar ochib beradi. Biroq ilmiy izlanishlar o‘quv maqsadida 
foydalaniladigan axborot tizimlari o‘z didaktik sifatlariga ko‘ra hali ham qoniqarsiz 
darajada ekanligini ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, axborot texnologiyalarini 
o‘qitish maqsadlarida foydalanishning metodik (pedagogik) vositalari 
axborotlashtirishning texnikaviy vositalari rivojlanishidan ancha orqada qolib 
ketyapti. Kompyuterning imkoniyatlari juda katta, biroq pedagogik maqsadlarda u 
yetarli darajada foydalanilmayapti. O‘qitish maqsadidagi axborot uni 
loyihalashtirish bosqichida kiritiladi. Xususan, axborot — avtomatlashtirilgan 
o‘qitish tizimlarining ma’lumotlar bazasini yaratishda, elektron darsliklarni tuzish 
uchun o‘quv materialini tayyorlashda, modellashtiriuvchi turdagi kompyuter 
tizimlari bilan o‘quv ishlarining ssenariylarini, masalalar va mashqlar, test 
topshiriqlari tuzishda kiritiladi. Axborot texnologiyalari bir yo‘la bir necha fan 
sohalariga informatika, matematika, kibernetika, psixologiya, pedagogika kabi 
fanlarga oid ma’lumotlarni birlashtiradi. Biroq bu uyg‘unlikda psixologikpedagogik 
asos yetakchi o‘rin tutadi. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘qitish 
jarayoniga joriy qilish muhim o‘rin egallaydi. Yangi axborot texnologiyalari o‘quv 


jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun katta ahamiyatga ega. Odatdagi ta’limiy 
texnologiyalardan farqli ravishda, axborot texnologiyalarida mehnat predmeti va 
uning natijasi sifatida axborot, mehnat quroli bo‘lib esa axborotlashtirishning 
texnikaviy vositalari xizmat qiladi. 

Download 1,62 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish