• RAHMONOVA D.
  • 10. Eʼlon, ariza, tilxat, maʼlumotnoma, bayonnomani husnixat bilan yozish ariza




    Download 46.5 Kb.
    bet1/3
    Sana24.03.2023
    Hajmi46.5 Kb.
    #46420
      1   2   3
    Bog'liq
    10. E lon, ariza, tilxat, ma lumotnoma, bayonnomani husnixat bil
    2.pptxSabirova Gullola, Quranboyeva To’xtajon kurs ishi oxirgi, Ablakimov Abduaziz, o`zbek va nemis tillarida, python, Мутахассисликка кириш (тил), ISSIQXONALARDA-KOKATLAR-YETISHTIRISH, onli-kasr-kopaytirish, AMIR TEMUR AVLODLARI, fizikadan masalalar toplami volkens, 5f306ccd-4999-4391-b620-1fbcc022d61e (1), c03c20e8-3393-4568-be55-34763c7df16c, 1-mustaqil ish - Maftuna Aliboyeva, Isbilermenlik etikasi hám mádeniyatı

    10. Eʼlon, ariza, tilxat, maʼlumotnoma, bayonnomani husnixat bilan yozish
    ARIZA
    Ma’lum bir davlat tashkiloti, xususiy korxona, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, mansabdor shaxslar nomiga iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Shikoyat mazmunidagi arizalar kelib tushgan tashkilot tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ariza ish, o‘qish, yashash joylarida eng ko‘p qo‘llanadigan hujjatlar turiga kiradi. Ariza alohida bir shaxs yoki bir qancha kishilar tomonidan jamoa bo‘lib yozilishi ham mumkin. Bu hujjat mahalla raisiga, jamoat tashkiloti rahbariga, bog‘cha mudirasiga, maktab, litsey, kollej direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, xo‘jalik, tashkilot, korxona, muassasa boshliqlariga, tuman, shahar, viloyat hokimlari yoki respublika miqyosidagi rahbarlar, mansabdor shaxslarga yo‘llanishi mumkin. Arizalarning mazmuni va hajmi turli-tuman bo‘lsa-da, ularning barchasi uchun xos bo‘lgan umumiy zaruriy qismlar muvjud.
    Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
    – ariza yo‘llanayotgan tashkilot nomi, rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi;
    – ariza yozuvchining ish, o‘qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
    – hujjat nomi – ariza;
    – matn (iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunidagi ariza uchun asos bo‘lgan fikr–mulohazalarning qisqagina bayoni);
    – ilova hujjatlar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa yoki talab etilsa);
    – ariza yozuvchining imzosi, familiyasi, ismi, yozilgan sana.
    Ariza imkon qadar qisqa, ma’lumotlarga asoslangan holda, tushunarli uslubda yozilishi lozim. Ariza bevosita rahbarning o‘ziga yoki shu ishlar bo‘yicha mutasaddi kishiga topshiriladi. Arizada bayon etilgan iltimos, talab, taklif yoki shikoyat amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda muddatda hal etiladi.
    NAMUNA

    Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat


    universiteti tabiiy fanlar fakulteti talabalar
    kasaba uyushmasi byurosi rasi S.Anorovga
    shu fakultet biologiya bo‘limi I kurs rus
    guruhi talabasi Rahmonova Dildoradan


    ARIZA

    Guruhimiz talabalari bilan Prezident ta’tili paytida, ya’ni 2006-yil 28–29-dekabr kunlari mamlakatimizning qadimiy shaharlaridan Buxoro hamda Qarshi shaharlariga jamoa bo‘lib sayohatga borishni rejalashtirganmiz. Viloyat sayohat byurosi bilan kelishib, guruhimiz talabalari uchun ikki kunga 25 o‘rinli avtobus olishimizga yordamlashishingizni so‘rayman. Yo‘l xarajatlarini naqd pul bilan to‘laymiz.


    2006.19.12. imzo RAHMONOVA D.


    Download 46.5 Kb.
      1   2   3




    Download 46.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10. Eʼlon, ariza, tilxat, maʼlumotnoma, bayonnomani husnixat bilan yozish ariza

    Download 46.5 Kb.