• 3. Buzg‘unchilarning malakasi va ularning texnik jihozlanganlik darajasi.
  • Buzg‘unchilar harakatlarining motivi




    Download 39,21 Kb.
    bet2/6
    Sana21.05.2024
    Hajmi39,21 Kb.
    #249083
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    10 мавзу узб (2)

    2. Buzg‘unchilar harakatlarining motivi. Buzg‘unchiliklarning uchta asosiy sababi bor:

    Mas’uliyatsizlik

    Foydalanuvchi ataylab yoki tasodifan yomon niyat bilan bog‘liq bo‘lmagan qandaydir halokatli harakatlarni amalga oshiradi, ammo bu juda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Aksariyat hollarda bunday harakatlar qobiliyatsizlik yoki beparvolik natijasidir

    O‘z malakasini isbotlash

    IT-mutaxassisi yoki foydalanuvchi axborot texnologiyalari faoliyati bilan bog‘liq qandaydir harakatlarni amalga oshirib, o‘zining yuqori malakasini o’ziga isbotlashi mumkin, yoki hamkasblari oldida o‘zini ko‘rsatishni xohlaydi.

    Zarar keltiruvchi qiziqish

    Bunday holda, foydalanuvchi ATda saqlanayotgan, uzatiladigan va qayta ishlanadigan ma’lumotlarga kirish uchun xavfsizlik tizimini ataylab yengib o‘tishga harakat qiladi. Axborot texnologiyalari bunday buzib kirishni nihoyatda qiyinlashtiradigan vositalarga ega bo‘lsa ham, uni buzg‘unchining suqilib kirishidan butunlay himoya qilish deyarli mumkin emas.

    3. Buzg‘unchilarning malakasi va ularning texnik jihozlanganlik darajasi. Malaka darajasiga ko‘ra, barcha buzg‘unchilarni to‘rtta tasniflash mezoniga ko‘ra klassifikatsiyalash mumkin :

    1. Axborot tizimiga oid bilimlari darajasiga ko‘ra quyidagi buzg‘unchilar ajratiladi:

      • axborot texnologiyalarining funksional xususiyatlarini biladigan va standart vositalardan foydalana oladigan;

      • axborot texnologiyalarining texnik vositalari bilan ishlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yuqori darajadagi bilim va tajribaga ega bo‘lgan;

      • dasturlash va kompyuter texnologiyalari, axborot texnologiyalarini loyihalash va ulardan foydalanish sohasida yuqori darajadagi bilimga ega bo‘lgan;

      • himoya vositalarining tuzilishi, vazifalari va harakat mexanizmini, ularning kuchli va zaif tomonlarini biladigan.


    2. Download 39,21 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 39,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buzg‘unchilar harakatlarining motivi

    Download 39,21 Kb.