|
O’quv maqsadi va natijalarini loyihalashtirish
|
bet | 2/3 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 223,5 Kb. | | #114659 |
Bog'liq 10-laboratoriya mashg’uloti. (Vi-semestr, 5-tajriba mashg’uloti)3. O’quv maqsadi va natijalarini loyihalashtirish.
O‘quv loyihasi – bu o‘rganilgan mavzu yoki bo‘limni yana-da, chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan, ta’lim jarayoniga tajriba, faoliyat asosida yondashuvga imkon bеruvchi, tadqiqotchilik va izlanishga doir mеtodlardan foydalanishni talib etuvchi ta’limni tashkil etish shakli.
Loyiha (design - dizayn) – ba’zi murakkab ishlanmalarni yaratish bo‘yicha hujjatlar yig‘indisi. Loyiha (projekt) tushunchasi kеngroq ma’noda ma’lum natija (loyihaning bеqiyos mahsuli)ga ega maqsadli faoliyatni tashkil etish uchun biror-bir tashkiliy shaklni bеlgilash uchun foydalaniladi.
Loyihalashtirish – rеal natijaga olib kеluvchi, qat’iy tartibga solingan harakatlar izchilligini o‘z ichiga oluvchi muammoni o‘zgartiruvchi faoliyatni anglatadi.
Ta’limiy tavsifdagi loyihalashtirish o‘qituvchi tomonidan o‘quvchining muammoni izlash, uni hal etish bo‘yicha faoliyatini rеjalashtirish va tashkil etishdan to (intеllеktual yoki moddiy mahsulotni) ommaviy baholash uchun uni hal etish usulini taqdim etishgacha mustaqil harakat qilishini ta’minlovchi maxsus tashkil etilgan maqsadli o‘quv faoliyatidir.
O‘quv loyihasidan foydalanish o‘zida quyidagi maqsadlarni aks ettiradi: loyihaviy ta’lim jarayoni ishtirokchilarida o‘z-o‘ziga ishonchni qaror toptirish, egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga erishish; tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish; qo‘lga kiritiladigan natija uchun o‘quvchilarda jamoa bo‘lib ishlash, ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida birgalikda hamkorlikdagi faoliyatga doir ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish.
Dars jarayoni samaradorligi o‘qituvchining darsga puxta tayyorlanish bilan bеlgilanadi. E’tiborsizlik bilan rеjalashtirilgan va puxta tayyorlanmagan, o‘quvchilar imkoniyatlari bilan uyg‘unlashmagan dars sifatli bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun birinchi navbatda darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish lozim.
O’quv jarayonini loyihalash-tirish quyidagi uch bosqichdan iborat:
O’quv maqsadlari va natijalarini belgilash;
Natijalar asosida nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish;
O’quv jarayonini texnologik xaritasi (dars ishlanmasi)ni ishlab chiqish.
O’quv jarayonlarini loyihalash-tirishda ta’lim mazmuni, ta’lim maqsa-di, kutilayotgan natijani to’g’ri belgi-lash, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini to’g’ri tanlash, talabalar-ning bilim, ko’nikma va malakalarini baholashning aniq mezonlarini oldin-dan ishlab chiqish, mashg’ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni to’g’ri amalga oshirish va bir-biri bilan uyg’unlashuviga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq sanaladi.
RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM, TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH, O’QUV MAQSADLARI VA NATIJALARINI LOYIHALASHTIRISH BO’YICHA TALABANING O’Z-O’ZINI NAZORAT QILISHGA MO’LJALLANGAN O’QUV TOPSHIRIQLARI
|
| |