• Kutilayotgan natija
  • Kerakli jihozlar
  • Nazariy qism
  • 10-laboratoriya mashg’uloti. (Vi-semestr, 5-tajriba mashg’uloti) Mavzu: Informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish. O’quv maqsadi va natijalarini loyihalashtirish. Ishning maqsadi




    Download 223,5 Kb.
    bet1/3
    Sana09.12.2023
    Hajmi223,5 Kb.
    #114659
      1   2   3
    Bog'liq
    10-laboratoriya mashg’uloti. (Vi-semestr, 5-tajriba mashg’uloti)


    10-laboratoriya mashg’uloti. (VI-semestr, 5-tajriba mashg’uloti)
    Mavzu: Informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish. O’quv maqsadi va natijalarini loyihalashtirish.


    Ishning maqsadi: Informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish, o’quv maqsadi va natijalarini loyihalashtirish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini hosil qilish.
    Kutilayotgan natija:

    • Informatika fanlarini o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim ko’nikmalarini hosil qilish;

    • Informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim, tanqidiy tafakkurni rivojlantirishni izohlaydi, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish usullarini o’rganadi, bajarish lozim bo’lgan vazifalarni aniqlaydi, berilgan topshiriqni bajaradi;

    • O’quv maqsadi va natijalarini loyihalashtirish bo’yicha bilimlarni egallaydi.

    Kerakli jihozlar: Kompyuter, proyektor, electron doska, darslik, ko’rgazmali materiallar, tarqatma materiallari, topshiriqlar.
    TOPSHIRIQLAR:

    1. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari va uning xususiyatlari.

    2. Informatikani o‘qitishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish.

    3. O’quv maqsadi va natijalarini loyihalashtirish.

    4. Mavzuga doir tarqatma materialda keltirilgan ma`lumotlar o’rganilib, berilgan topshiriqni bajarish.

    Nazariy qism
    O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini tubdan isloh qilishning nazariy asosi sanalgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan biri o‘quvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish sanaladi.
    Ta’lim-tarbiya jarayonida mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini qo’llash zarur.
    Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy g’oyasi o’quvchilarni har tomonlama rivojlantirish sanaladi. Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari:

    • O’quvchilarni o’z bilish faoliyatining sub’yektiga aylantirib, fikr yuritish mexanizmini shakllantiradi, rivojlantiradi;

    • O’quvchilarning bilish faoliyati empiric va nazariy bilish yaxlitligida tashkil etilib, o’qitish jarayonida bilimlarni deduktiv usulda o’rganish ustuvor bo’ladi;

    • O’qitish jarayonining asosini o’quvchilarning o’quv topshiriqlarini bajarish orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyati tashkil etadi;

    • O’quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor vazifa sanaladi. Fikr yuritishning bu ikki tipi bir-birini to’ldiradi va taqozo etadi.

    Rivojlantiruvchi ta’lim – ilmiy-ijodiy metodlar, mustaqil ijodiy faoliyat va umumilmiy texnologiyalar tizimi yordamida maxsus tashkil etilgan o‘quv faoliyati bo‘lib, o‘quvchilarda nazariy fikrlashini shakllantirishga qaratiladi.
    Rivojlantiruvchi ta’lim har bir dars va har bir mavzuda uchta asosiy ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi pedagogik vazifani bajaradi:
    a) ta’limiy vazifada o‘quv axborot materiallarini tushunmay yodlash emas, balki o‘quv axborotlarini asosiy xususiyatlari, qonunlar va qonuniyatlarni hisobga olib ajratib olishni nazarga tutadi. Masalan, Office dasturlarining imkoniyatlariga qarab, hujjatlar tayyorlashda MS Word, jadval va diagrammalar hosil qilishda MS Excel, ma’lumotlar bazasini yaratishda MS Access dasturlaridan foydalanish kerakligi, ma’lumotlarning kerakligini hisobga olib flesh disk, doimiy xotira yoki CD, DVD disklarga saqlash va h.k.
    b) rivojlantiruvchi vazifada o‘quv faoliyatining barcha bosqichida o‘quvchilarning ilmiy ijod usullarini o‘zlashtirishiga qaratilgan ijodiy faolligi, individual topshiriqlarni bajarib, o‘z xatolarini ham izlab topishga yo‘naltirishni nazarda tutadi.
    c) rivojlantiruvchi ta’limning tarbiyaviy vazifasi o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro muloqotni yuqori darajada bo‘lishini ta’minlab, ijtimoiy ijodkorlik-tadqiqotchilik, muammoni yechish, loyihalash va bashorat qilishga o‘rgatadi.
    Pedagogikada tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi XX asrning 90-yillarida amerikalik psixologlar D.Stil, K.Meredit va Ch.Templlar tomonidan taklif etilib, “tanqidiy tafakkur” atamasi axborotlar bilan samarali ishlashga imkon beradigan shaxsning aqliy xususiyati va kommunikativ fazilatlar tizimi tushuniladi.
    Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalarining maqsadi o‘quvchilarda o‘quv jarayonida va kundalik turmushda ham zarur aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishdir. Shuningdek shaxsiy qarorlarni qabul qilish uchun axborotlarni yig‘ish, ular ustida ishlash, axborot va hodisalarni turli tomondan (yaxshi-yomon, foydali-zarari, ijobiy-salbiy, to‘g‘ri-noto‘g‘ri va h.k.) tahlil qilishdir. Tanqidiy tafakkurning rivojlanishi natijasida o‘quvchilar kundalik turmushda ro‘y beradigan voqea-hodisalarni ham har tomonlama ijobiy va salbiy, foydali va zararli tomondan tahlil qila oladilar.
    Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalari asosidagi dars an’anaviy darsdan farq qiladi. Darsda o‘quvchilar passiv bo‘lmaydilar, balki, asosiy faoliyat yurituvchilar bo‘lib, o‘qiydilar, o‘ylaydilar, izlanadilar, kerak bo‘lganda yozadilar, o‘qiganlarini bir-birlari bilan muhokama, tahlil, munozara, himoya qiladilar. Bunda o‘qituvchining roli boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchilikdan iborat bo‘ladi.
    Informatikani o‘qitishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish o‘quvchilarda quyidagi natijalarni beradi:

    1. Axborotlarni qabul qilish va idrok etish(to‘g‘ri, noto‘g‘ri, yaxshi, yomon va h.k.)ni takomillashtiradi;

    2. O‘rganilayotgan o‘quv materiali va o‘quv jarayoniga qiziqishni oshiradi;

    3. Tanqidiy fikrlash jarayonini rivojlantiradi;

    4. Tengdoshlari bilan hamkorlikda ishlash qobiliyatini shakllantiradi;

    5. O‘quvchilarni sifatli ta’lim olishlarini ta’minlaydi;

    6. Darsda ochiqlik, oshkoralik va mas’uliyatli hamkorlik muhitini yaratishga erishiladi;

    7. O‘quv jarayonida tanqidiy fikrlash, mustaqillikka hissa qo‘shadgan metodlardan foydalanish qobiliyatini shakllantiradi;

    8. Boshqa pedagoglar uchun qimmatli manbani yaratishga hissa qo‘shadi.

    Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi metodlarga “Insert”, “Klaster”, “Baliq skeleti”, “Bilar edim / Bilib oldim / Bilishni xohlayman/”, “T texnologiya”, “Plyus va minus” va boshqalar kiradi.
    Mantiqiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:

    1. Muammoli vaziyatni anglash;

    2. Muammoni hal etish yo’llarini aniqlash;

    3. Muammoni hal etishning ichki va tashqi mantiqini hisobga olgan holda mantiqan dalillash;

    4. Muammoni hal etish usullarining mantiqan ketma-ketligini aniqlash;

    5. O’z javoblarining to’g’riligini dalillash;

    6. Javobning to’g’riligini tekshirib ko’rish;

    7. Tizimli fikr yuritish (O’rganilgan ob’yektni qismlarga ajratish, uning yaxlitligini, o’zaro bog’liqligini aniqlash va tavsiflash ko’nikmasi).




    Download 223,5 Kb.
      1   2   3




    Download 223,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-laboratoriya mashg’uloti. (Vi-semestr, 5-tajriba mashg’uloti) Mavzu: Informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish. O’quv maqsadi va natijalarini loyihalashtirish. Ishning maqsadi

    Download 223,5 Kb.