10-ma’ruza. Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskunalar va xizmatlardan foydalanish




Download 349,5 Kb.
bet1/5
Sana16.12.2023
Hajmi349,5 Kb.
#120766
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10-MA\'RUZA


10-MA’RUZA. BULUTLI TEXNOLOGIYALAR. GOOGLE ASBOB USKUNALAR VA XIZMATLARDAN FOYDALANISH
Reja

  1. Bulutli texnologiyalardan foydalanishdagi afzalliklar

  2. Bulutli hisoblash usullari

  3. Bulutli texnologiyani asosiy model tavsiflari

  4. Bulutli texnologiyada tarqatish modellari

Tayanch iboralar: bulutli texnologiya, server uskunalar, model, modernizatsiya, ommaviy bulut, jamoaviy bulut
Axborot texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda dasturiy ta’minotni o’rni juda ham katta ahamiyatga ega. Dastur to’la qonligicha ishlashi uchun shaxsiy kompyuter minimal tizim talabiga javob berishi kerak. Internet modernizatsiyalashtirildi va server uskunalar ishlab chiqildi. Shu bilan birga shunday g’oya yuzaga keldiki, dasturdan foydalanishda hisoblash tizimlarini birlashtirish va undan yagona manba sifatida foydalanish. 2008-yildan boshlab (Cloud technology) Bulutli texnologiyar so’zi dunyo miqiyosida keng tarqaldi. Birinchi qarashda “Bulutli texnologiyalar” tushunarsiz ko’rinsada: bu model o’zida biror bir tizmdagi (serverlar, ilovalar, saqlash tizmlari va xizmatlar) dan tez, qulay, samarali foydalanish imkonini beradi. Ortiqcha urinishlarsiz, tez va aniq taqdim etiladi faqatgina provayder orqali tarmoqqa ulanganda.
Bulutli texnologiyalardan foydalanishdagi afzalliklar. Bulut ichida saqlanayotgan ma’lumotlardan har kim foydalanish mumkin bunga faqatgina, kompyuter, planshet, mobil telefon internet tarmog’iga ulangan bo’lishi kerak. Bulutli texnologiyalardan foydalanish ATda bir qancha ustunliklarni yaratib beradi. Tashkilot boshqaruvida hisoblash resurslarini yanada samarali ishlatish mumkin. AT infratuzilmani boshqarishni takomillashtirish (shu jumladan, geografik jihatdan).
Ish boshqaruvida doimiy soddalashtirish va qulaylashtirish, tizim konsepsiyasini zahira tarzda saqlash va virtual mashinani migratsiyalash. AT infratuzilmani chiqimni kamaytirish, hisoblash resurslari, elektr quvvatlarini tejash. Birinchi bo’lim quyidagilarni o’z ichiga oladi.
Bulut haqida umumiy tushuncha: bulutli texnologiyalar, bulutli hisoblash, virtualizatsiya, servis va taqdimlash modellari, bulutli texnologiyalarni afzalliklari va kamchiliklari.
Ikkinchi bo’lim. Bulutli texnologiyalarda amalga oshiriladigan hujumlar ularni bartaraf etish, axborot himoyasi, apparat va dasturiy ta’minotlarning qo’llash imkoniyatlari va tahdidlarga qarshi kurashish metodlarining qiyosiy tahlili.
Uchinchi bo’limda. Bulutli texnologiyalar hamda telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining o‘zaro integratsiyalari taxlili:Servis modellari va asosiy yetkazib beruvchilar, bulutli texnologiyalardan foydalanishda afzalliklari va kamchiliklari, bulutli texnologiyalarda tarmoqlarning o‘zaro integratsiyalari jarayoni,bulutli texnologiyada ma’lumot himoyasini ta’minlashda asosiy metodlar va foydalanishda axborot himoyasi,bulutli texnologiyalarda apparat va dasturiy vositalarning qo‘llash imkoniyatlari.
Bulutli texnologiyalar - bu model iste’molchiga ATni servis sifatida internet orqali namoyon qiladi. Bulutli hisoblashlarning yuzaga kelishida “virtualizatsiya” texnologiyalarining ahamiyati juda katta hisoblanadi. Birinchi bo’lib 1960-yilda virtualizatsiya texnologiyalari IBM taklif qilingan ammo qimmat meynfreym kompyuter texnologiyalarini arzon x86 protsesorli kompyuter serverlariga o’tgandan so’ng virtualizatsiya termini ancha vaqtgacha esdan chiqarildi. 2000-yildan boshlanib holat o’zgara boshladi, shu yillarga qadar WMware x86 razryadli virtualizatsiyada monopoliyani qo’lga kiritdi. 2005-yilda WMware kompaniyasi virtual mashinalarni DTdan foydalangan xolda bepul tadbiq qildi. 2006-yilda Microsoft kompaniyasi “Microsoft virtual PC” Windows versiyasini ishga tushirildi. 2006-yilda Amazon kompaniyasi o’z qurilmalarida virtual serverlarni kengaytirish orqali “Amazon Elastic Compute Cloud” yuzaga keldi buning yana asosiy sabablaridan biri virtual serverlarni boshqa qurilmalarga (iste’molchilarga) ijaraga berish orqali bulutli texnologiyalarni kelib chiqishiga turtki bo’ldi.
Bulut - AT- infratuzilma tashkilotlarining innavatsion modeli (konsepsiya) xisoblanib, u alohida ajratilgan va taqsimlangan konfiguratsiyalangan apparat va tarmoq resurslaridan, dasturiy ta’minotdan tashkil topgan va ular masofadagi provayderlarni ma’lumotlar markazida yotadi.

Download 349,5 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 349,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10-ma’ruza. Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskunalar va xizmatlardan foydalanish

Download 349,5 Kb.