|
Elektron hukumatda interaktiv xizmatlardan foydalanish
|
bet | 1/16 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 9,99 Mb. | | #138987 |
Bog'liq 11. Elektron hukumatda interaktiv xizmatlardan foydalanish
ELEKTRON HUKUMATDA INTERAKTIV XIZMATLARDAN FOYDALANISH
(o’quv-uslubiy qo’llanma)
Buxoro -2017
Ushbu uslubiy qo’llanmada elektron hukumat tizimi va unda interaktiv xizmatlardan foydalanish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bu o’quv-uslubiy qo’llanmadan aholining turli qatlamlari foydalanishi mumkin va mustaqil o’rganuvchilar uchun mo`ljallangan.
Mualliflar: N.B.Durdiyeva -Buxoro davlat
universiteti” K.T.Informatika va axborot texnologiyalari ”
yo’nalishi talabasi,
SH.M.Imomova – Buxoro davlat
universiteti “Axborot texnologiyalari”
kafedrasi” o’qituvchisi.
Taqrizchilar: I.I.Bakayev– Buxoro davlat
universiteti “Axborot texnologiyalari”
kafedrasi” o’qituvchisi.
Z.O.Qutliyeva-Buxoro yengil sanoat va pedagogika kasb-hunar kolleji o’qituvchisi
Kirish -
Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot, shiddat bilan rivojlanayotgan va muntazam yangilanayotgan zamonaviy yuqori texnologiyalar, axborot –kompyuter tizimlari asrida yashayotganligimizni unutmasligimiz kerak.
|
I.A.Karimov
|
O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jamiyat taraqqiyotini ta’minlash, xalq xo‘jaligining barcha jabhalariga integratsiya qilish masalasi – barcha sohalar uchun o‘ta dolzarb va muhim vazifadir.
Tez taraqqiy etib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan “Elektron hukumat” tizimini yaratish, uning barcha imkoniyatlarini ijtimoiy va iqtisodiy,ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, kommunal sohalarda amaliyotga tatbiq etish – xalq manfaatlariga xizmat qilishi, mehnat samaradorligi va sifat, qurilayotgan jamiyat uchun yangi imkoniyatlar, qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Ta’kidlash zarurki, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan jamiyat taraqqiyoti poydevorini qurish, uni takomillashtirib borish asoslarini ta’minlab berish maqsadida, Prezidentimiz tomonidan bugungi kunga qadar tasdiqlangan bir qator qaror va farmonlar – mazkur sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarning izchil mexanizmini yaratdi.O‘zbekiston Respublikasi aholisining hammasi ham bu haqda to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, vaqt o‘tishi bilan ushbu tizim jamiyat hayotining butun jabhasini qamrab olishini dunyo tajribasi ko‘rsatmoqda.Turli idoralar axborot tizimlari o‘rtasida elektron hamkorlikka o‘tilishi aynan elektron hukumatning shakllanish jarayoni sanaladi. Ushbu jarayonning markazida davlat organi emas, aynan foydalanuvchi turmog‘i lozim.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da 2018–2021 yillarga mo‘ljallangan davlat va jamiyat, davlat va aholi munosabatlari shaffofligini ta’minlovchi tegishli dastur ishlab chiqilishi belgilangan.Aynan mazkur dolzarb vazifalarning muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarilishi davlat xizmatlari soni hamda sifatini oshiradi, xalq bilan muloqotni yanada yangi, yuqori bosqichga ko‘tarish imkonini beradi.
Qo’llanmani yaratishdan asosiy maqsad: Aholining “Elektron hukumat” doirasida interaktiv xizmatlardan foydalanish bo’yicha ko’nikma va malakasini shakllantirish.Bu esa aholining huquqiy ongini oshirish, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibini o’rgatish, davlatga nisbatan ishonchni ortirish, eng asosiysi fuqarolar vaqtini va mablag’ini tejashda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
|
| |