|
I.Bob.”Elektron hukumat” tizimi, uning mohiyati va vazifalari
|
bet | 2/16 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 9,99 Mb. | | #138987 |
Bog'liq 11. Elektron hukumatda interaktiv xizmatlardan foydalanish I.Bob.”Elektron hukumat” tizimi, uning mohiyati va vazifalari.
“Elektron hukumat” tizimi asoslari va modellari.
Axborot insoniyat taraqqiyotining har bir davrda muhim hayotiy omil bo‘lib hisoblanib kelgan. U odamlar o‘rtasida muloqotni amalga oshirish, bilimlarni saqlash va qarorlar qabul qilishga xizmat qilib, o‘zining ahamiyatini oshirib bormoqda. Insoniyatning paydo bo‘lgan davridan boshlab to hozirgi kunga qadar axborot almashinuvi sohasidagi rivojlanishni yetti bosqichga ajratish mumkin.
Ular:
Tabiiy muloqot (mimika, imo-ishora va nutq) ning paydo bo‘lishi. Ushbu dastlabki bosqichda muloqot nafaqat insonlarning o‘zaro tushunishiga, balki bilimlar, tajribalar, xalq ijodiyoti namunalarini avloddan avlodga etkazishga xizmat qilgan;
Ikkinchi bosqich yozuvning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Uning qo‘llanilishi toshlar, terilar, matolar va keyinchalik qog‘ozlarga bilimlarni saqlash imkoniyatini yaratdi.
Nusxalash vositalarining paydo bo‘lishi bosqichida qog‘oz maxsulotlari (kitob, jurnal gazeta va hakozo) ni chop etish orqali axborotlar keng tarqatilgan;
Telefon va telegrafning va paydo bo‘lishi. Ushbu bosqichda axborot almashinuvi real yoki tez vaqt ichida geografik uzoqligiga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshirildi;
Radio va televideniening paydo bo‘lishi mavzkur vaqtda axborotni butun omma e’tiboriga etkazib berish imkoniyatini taqdim etdi;
Elektron hisoblash mashinalari paydo bo‘lishi bilan esa axborotlarni raqamli ko‘rinishda to‘plash, saqlash, qayta ishlash va ma’lumot uzatuvchi(tashuvchi) qurilmalar orqali yetkazila boshlandi;
Global tarmoq va Internetning paydo bo‘lishi axborot qiymatining keskin ortishiga sabab bo‘ldi.
Axborot almashinuvining har bir bosqichi, o‘z zamonasi uchun muhim ahamiyat kasb etgan. Ularning har biri jamiyat hayotiga chuqur singib, ma’lum bir ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarga ham sabab bo‘lgan. Zvorikinning elektron nur trubkasi jamiyatni axborotlashtirishning eng samarali vositalaridan biri – televideniya davrini boshlab bergan bo‘lsa, XX asrning 60-70 yillarida EHMlarning rivojlanishi asnosida yuzaga kelgan, kompyuter va tarmoq texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiyotining mantiqiy davomi sifatida yuzaga chiqdi. Xususan, matbuotning taraqqiy etishi, jamiyatdagi savodxonlikning ortishiga qanchalik hissa qo‘shgan bo‘lsa, radio va teletranslatsiyalar orqali, aholi tezkor usulda muhim siyosiy, madaniy va ma’naviy axborot olish vositasiga ega bo‘lgan edi.
Taraqqiy etayotgan axborotlashgan jamiyatda axborotning ahamiyati va AKT vositalari muhim bo‘lib, jamiyat boshqaruvini ham tubdan o‘zgartirishga – “Elektron boshqaruv”ni taqazo etmoqda.
Jamiyatda axborotning qiymati ortishida Internetning o‘rni beqiyosdir. Davr taqazosi bilan shakllanayotgan axborotlashgan jamiyatda axborotga nisbatan xalqaro miqyosda davlat siyosatlari yuritila boshlandi. Buning yaqqol isbotini “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish borasida olib borilayotgan isloxotlar va ularning natijalarida ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat boshqaruv organlarida samarali foydalanish, jamiyatning barcha qatlamlariga keng kamrovli elektron xizmatlarni ko‘rsatish va sharoitlar yaratish, “Elektron hukumat” ni barpo etish borasida istiqbolli islohotlar olib borilmoqda. Bularga O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron tijorat to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Elektron hukumat to‘g‘risida” Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi PF–3080 sonli “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi va 2015 yil 4 fevraldagi PF-4702 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi PQ-1730 sonli”Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2013 yil 27 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1989-son va 2013 yil 20 sentyabrdagi PQ-2042-sonli “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentyabrdagi “Elektron hukumat tizimini rivojlantirish” markazi hamda “Axborot xavfsizligini ta’minlash” markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida 250-son Qarori, 2013 yil 31 dekabrdagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-son Qarori va boshqa xuquqiy hujjatlar kiradi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi №378 “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan, elektron hukumatni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko‘maklashish maqsadida, Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali (Yagona portal) tashkil etish va uning texnik va texnologik asoslari bayon qilingan nizom qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va hukumat qarorlarining maqsadi - davlat boshqaruvining barcha pog‘onalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, xujjatlarni elektronlashtirish, milliy axborot segmentini rivojlantirish, xodimlar va aholiga keng miqyosda qulay interaktiv xizmatlarni ko‘rsatish, axborot xafvsizligini ta’minlash, barcha xududlarni simli va simsiz kommunikatsiya tarmog‘iga ulash, ma’lumotlar integratsiyasini ta’minlashni qo‘llab quvvatlash va amaliyotga keng joriy etish bo‘lib hisoblanadi.
Shu kunga qadar ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarini boshqarish, rivojlantirish va samaradorligini orttirish bo‘yicha 15 tadan ortiq qonunlar, 5 ta Prezident farmoni va 50 ta Hukumat qarorlari hamda 1000 dan ortiq sohaga oid me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotda qo‘llanilmoqda.
2013–2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturiga muvofiq, elektron hukumatning samarali faoliyat yuritishi uchun yuqori tezlikdagi telekommunikatsiya infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Xususan, 2020 yilga qadar internet kanallarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yanada kengaytirish, keng polosali tarmoqlarni, ayniqsa, olis tumanlarda rivojlantirish bo‘yicha 17 ta yirik loyihaning amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 2020 yilgacha fuqarolarning davlat organlari bilan elektron muloqotini ta’minlash hamda rivojlantirish bo‘yicha 22 ta loyiha ro‘yobga chiqariladi.
“Elektron hukumat” tizimi davlat boshqaruvini elektronlashtirish, yagona axborot muhitini yaratish orqali aholi (foydalanuvchi) ga keng qulayliklar yaratish, vaqtiy va iqtisodiy unimdorlikga erishish, shuningdek ma’lumotlar to‘plamini intellektual qayta ishlab qarorlar qabul qilish imkoniyatlari paydo bo‘lmoqda.
“Elektron hukumat” – bu “tarix – hozir – kelajak” tamoyilini konkret o‘rnatishda zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishdir. O‘z o‘rnida, “Elektron hukumat” tizimi jamiyatning barcha jabxalari, bo‘g‘inlari va qatlmlarini qamrab olishi yagona elektron tizim orqali birlashtirishni, ma’lumotlar oqimini taqsimlash va saqlashni, foydalanuvchilarga istalgan vaqt oralig‘ida ma’lumotlarni yarim-avtomatik (ma’lumot taqdim etishda vaziyatga qarab inson ishtirok etishi yoki tizim avtomat javob berishi) taqdim etishni bajarib beradi. Axborot tizimlarni insonlar bilan bog‘lovchi vosita bu tizimning elektron xizmatlari bo‘lib hisoblanadi.
“Elektron hukumat” tizimi – davlat boshqaruviga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi iqtisodiyotning rivojlanishini tezlashtirish imkonini beradi, ma’muriy buyruqbozlik asosida kelib chiqadigan sarf-xarajatlarni kamaytiradi, davlat tashkilotlarining ish unumi va samarasini oshiradi, aholining turli axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hisobiga fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytiradi, davlat xizmatlarining faoliyatidagi shaffoflikni yaratadi va byurokratik to‘siqlarni kamaytiradi.
“Elektron hukumat” tizimi quyidagi asosiy maqsadlarni o‘z ichiga oladi:
aholi va biznesga davlat xizmatlari ko‘rsatishni maqbullashtirish;
davlat boshqaruvidaaholining ishtirok etish darajasini oshirish;
fuqarolarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash;
geografik joylashgan erdagi omillarning ta’sirini kamaytirish.
“Elektron hukumat” tizimini yaratish arzon va samarali ma’muriy boshqaruvga olib kelishi bilan jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tubdan o‘zgartiradi, buning natijasida hokimiyatning xalq oldidagi mas’uliyati oshadi.
“Elektron hukumat” tizimining asosiy tamoyillaridan biri - har bir fuqaro hukumatga istalgan zamon va makonda murojaat etishi mumkin bo‘lishidir. “Elektron hukumat” fuqarolarni davlat bilan o‘zaro munosabati va davlat xizmatini sutkasiga 24 soat, haftasiga 7 kun geografik qaerda joylashishidan qat’iy nazar, ta’minlashi lozim.
Hozirgi vaqtda fuqarolarga axborot etkazish passiv va muntazam bo‘lmagan holda ommaviy axborot vositalari orqaligina amalga oshiriladi. Odamlar yangi qonunlar, hukumat qarorlari va boshqa miyoriy hujjatlar bilan gazeta, televidenie hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tanishadilar. Lekin bu hujjatlar bilan ular haqiqatan ham zaruriyat tug‘ilganda tanisha olmaydilar. Masalan, biror davlat idorasiga murojaat etilganda axborot izlash muammosi bilan bog‘liq xizmatlarga duch kelinadi. Ma’lumotlarni har doim ham e’lonlar taxtasidan topib bo‘lmaydi, bunday hollarda fuqarolar kerakli ma’lumotlarni berish imkoniyatiga to‘liq ega bo‘lmagan xizmatchilarning maslahatlariga muhtoj bo‘ladilar.
Mazkur muammolarni hal qilish uchun barcha davlat muassasalari xizmatlarining tavsifi va ro‘yxatlari hamda normativ-huquqiy axborotlarni fuqarolarga etkazish imkoniyati mavjud bo‘lmog‘i zarur. Mamlakatda axborotlashgan jamiyat shakllantirish doirasida bunday axborotlar standartlashtirilgan bo‘lib, Internet saytlarida e’lon qilinishi lozim.
“Elektron hukumat” Internet orqali axborot almashinish faoliyatini amalga oshirishni boshlamasdan, balki, davlat xizmatlarini shu tizim orqali bajarish imkoniyatini yaratishdan boshlanadi.
“Elektron hukumat” tizimi fuqarolar bilan hokimiyat, turli ijtimoiy xizmatlar, qo‘mitalar, tashkilotlar, umuman olganda, istalgan darajadagi rahbar xodim bilan ochiq interfaol rejimda muloqot qila olish imkoniyatini yaratadi.
“Elektron hukumat” tizimini yaratishdan asosiy maqsad sub’ektiv faktorlarni kamaytirgan holda davlat xizmatidagi mansabdor shaxslarni fuqarolar bilan yaqinlashtirishni ta’minlashdir. Bundan jamiyat hech bo‘lmaganda poraxo‘rlik va korrupsiyaning kamayishi ko‘rinishida foyda ko‘rishi mumkin.
Xullas, “Elektron hukumat” tizimi sarf-xarajat talab qiladigan tizim sifatida emas, balki, davlat boshqaruvini amalga oshirish tamoyilining jamiyatni axborotlashtirishdagi keng ko‘lamli elementi ko‘rinishida qaralmog‘i lozim.
“Elektron hukumat”ning texnologik tamoyillari
Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan O‘zbekiston elektron hukumat tizimi ham).
G2G (Government to Government) – Davlat-davlatga;
G2C (Government to Citizens) – Davlat-fuqarolarga;
G2F (Government to Foreigners) – Davlat -xorijliklarga;
G2B (Government to Business) – Davlat -biznesga.
Ba’zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi tarmoqlarga ham ega: G2S (Government to Science) – Davlat–Ilm-fanga; G2N (Government to third sector) – Davlat-uchinchi sektor.
1-chizma.O‘zbekiston elektron hukumat tizimi
Mazkur yo‘nalishlarga batafsil to‘xtalib o‘tish lozim:
G2G (GovernmenttoGovernment) – Davlat–davlatga – bunda Davlat boshqaruvi apparati ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idora, tashkilot va muassasalari orasidagi o‘zaro munosabatlarda elektron hukumat tizimini joriy etish, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining shaffofligi ortishi, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar amalga oshiriladi.
G2C (GovernmenttoCitizens) – Davlat fuqarolarga – bu tizimda esa, fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o‘zlarining davlat organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, ya’ni, masalan, rasmiy hujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil ma’lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, shuningdek turli xil to‘lovlar bo‘yicha tranzaksiyalarni on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
G2F (GovernmenttoForeigners) – Davlat xorijliklarga – bu tizimda, Davlat va xorijlik shaxslar o‘rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga tayangan holda interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza masalalari, investitsiyalar, ta’lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko‘rsatilishi nazarda tutiladi.
G2B (Government to Business) – Davlat biznesga – mazkur tizim esa, yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, shuningdek, davlat yig‘imlari, to‘lovlar va ho kazolarni on-layn amalga oshirish, hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko‘zlanadi.
|
| |