O‘zbekiston Respublikasi normativ hujjatlarining muhokamasi – regulation.gov.uz;www.regulation.gov.uz portali haqida




Download 9,99 Mb.
bet6/16
Sana16.01.2024
Hajmi9,99 Mb.
#138987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
11. Elektron hukumatda interaktiv xizmatlardan foydalanish

O‘zbekiston Respublikasi normativ hujjatlarining muhokamasi – regulation.gov.uz;www.regulation.gov.uz portali haqida


Aholining huquq ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos belgisidir. Bugungi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiyasi texnologiyalari har bir fuqaroga davlat boshqaruvida ishtirok etishning deyarli barcha bosqichlarida qatnashish imkonini yaratib bera oladi, huquq ijodkorligi ham shular jumlasidandir.
O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda davlat boshqaruvini demoklashtirish va fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ular qatorida “Elektron hukumat” tizimini yaratishga alohida e’tibor berildi.
Aholining interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkonoyatini yaratish uchun 2013-yil 1-iyulda Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali (www.my.gov.uz) ishga tushirildi, 2015-yil 17-martdan esa O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) foydalanishga topshirildi. Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini alohida portal ko‘rinishida ishga tushirish edi, mazkur tizim2015-yil 1-yanvardan ishga tushgan bo‘lib dastlab Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalining alohida bo‘limida aholi e’tiboriga havola etildi.



O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy - huquqiy hujjatlarining muhokamasi portali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 328-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimining birinchi talqinidir.


Portalning maqsadi:

  • muammoni, uni tartibga solishning maqsadi va mavjud echimini tahlil qilish orqali normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan (vujudga kelgan) ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash;

  • ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, tadbirkorlik sub’ektlari uchun ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan yoki joriy etishga sharoit yaratadigan qoidalarni aniqlash;

  • tadbirkorlik sub’ektlarida asossiz xarajatlar paydo bo‘lishiga olib keluvchi qoidalarni aniqlash

Portalda davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan tadbirkorlik faoliyatiga aloqador qonun hujjatlarining loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar joylashtirilib, ro‘yhatdan o‘tgan barcha foydalanuvchilar mazkur hujjalar borasida o‘z takliflarini berish imkoniyati yaratilgan. Keltirilgan takliflar qonun hujjati loyihasi va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirgan davlat organ tomonidan o‘rganib chiqilib qabul qilinadi yoki asoslantirilgan rad javobi beriladi.



Foydalanuvchilar joylashtirilgan normativ-huquqiy hujjatlar borasida nafaqat moddama-modda o‘z takliflarini bildirishlari balki, mazkur hujjatlar borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib mahsus so‘rovnomani to‘ldirishlari ham mumkin. So‘rovnoma Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini va mazkur Portalni yanada rivojlantirishda ahamiyatga ega.


Muhokamadagi loyihalar bo‘limiga kirib, hozirda muhokama jarayonida bo‘lgan loyihalar haqida ma’lumotlarni olish, fikr-mulohazalar qoldirish imkoniyati mavjud.



Me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali (regulation.gov.uz)dan bepul internet asosida foydalanish qulayligi fuqarolar va hukumat, davlat idoralari o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Download 9,99 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 9,99 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi normativ hujjatlarining muhokamasi – regulation.gov.uz;www.regulation.gov.uz portali haqida

Download 9,99 Mb.