Muassasani rivojlantirishda mavjud moddiy va nomoddiy resurslarni




Download 15,14 Kb.
Sana27.01.2024
Hajmi15,14 Kb.
#147016
Bog'liq
файл


1.2. Taʼlim muassasasini boshqarishda moliyaviy-iqtisodiy masalalar
Muassasani rivojlantirishda mavjud moddiy va nomoddiy resurslarni
boshqarish, shtat jadvallari bilan ishlash. Muassasani boshqarishda moliyaviy va
moddiy resurslardan samarali foydalanish; resurslarni tahlil qilish, koʻpaytirish,
ulardan maqsadli foydalanishga yoʻnaltirish.
Taʼlim muassasasining moliyaviy hujjatlarini yuritish va hisobot
tayyorlash.
Xodimlar mehnatiga haq toʻlash va tarifikatsiyalarni meʼyor asosida
tuzish amaliyoti. Umumtaʼlim muassasalarida belgilangan meʼyorlar boʻyicha
sinflar komplektlarini shakllantirish. Oʻquv reja va dars soatlarini pedagoglar va
rahbar xodimlarning lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif
stavkalari asosida shakllantirish.
Taʼlim muassasasini moliyalashtirish mexanizmlari. Byudjet va
byudjetdan tashqari mablagʻlarni topish va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish.
Byudjet
mablagʻlaridan
toʻgʻri
foydalanish.
Mavjud
imkoniyatlardan
foydalanish orqali byudjetdan tashqari mablagʻlarni topishda xodimlarning
malaka va tajribasidan foydalanish yoʻllari hamda jamoani ragʻbatlantirish.
Byudjetdan tashqari mablagʻlarni topishda homiylarni jalb etish yoʻllari hamda
ilgʻor, professional va tashabbuskor xodimlarni motivatsiyalash. Tegishli
hujjatlar bilan ishlash amaliyoti.
Oʻqituvchi va oʻquvchilarni ragʻbatlantirish, qoʻllab-quvvatlash usullari.
Iqtidorli, ijodkor oʻqituvchi va oʻquvchilarga yetarli sharoitlar yaratish, ularga
motivatsiya berish ishlarini tashkil etish. Ota-onalar, jamoatchilik kengashlari,
homiy tashkilotlar, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tashkilotlarini jalb qilish
usullari va yoʻl-yoʻriqlarini ishlab chiqish.
Muassasada
taʼlim
xizmatlari
marketingi.
Taʼlimda
marketing
tushunchasi. Marketing xizmatining asosiy vazifalari. Maktab taʼlimi faoliyatida
marketing xizmatlari mazmuni. Taʼlim muassasalarida marketing xizmatini
tashkil etish bosqichlari. Muassasani boshqarishda byudjet va byudjetdan
tashqari mablagʻlarning samaradorligini tahlil qilish. Taʼlim muassasalarini
rivojlantirish uchun investitsiyalar, grantlar va homiylik yordamini jalb qilish.
Muassasada davlat-xususiy sherikchilikni tashkil qilish yoʻllari.
Xodimlarni tizimli ragʻbatlantirish va motivatsiyalash amaliyoti.
Muassasada faoliyat olib borayotgan xodimlar faoliyatini doimiy oʻrganib
borish usullarini ishlab chiqish, ularni ruhlantirish, yutuqlarga erishish va oʻz
ustida ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ragʻbatlantirish

8
yoʻllaridan oqilona foydalanish, sogʻlom raqobat muhitini tashkil etish orqali


homiylar, jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikda ularning kasbiy
mahoratini oshirib borishga undovchi turli tadbirlar tashkil etish. Yuqori
malakali xodimlarni ishga qabul qilish boʻyicha erishilgan yutuqlarini aniqlash
va rivojlantirish.
Download 15,14 Kb.




Download 15,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muassasani rivojlantirishda mavjud moddiy va nomoddiy resurslarni

Download 15,14 Kb.