10-Ma’ruza Tashkilot uzluksiz ishlashini ta’minlanishini boshqarish usullari




Download 17,36 Kb.
bet1/4
Sana20.11.2023
Hajmi17,36 Kb.
#102333
  1   2   3   4

10-Ma’ruza
Tashkilot uzluksiz ishlashini ta’minlanishini boshqarish usullari
Reja:
1. Uzluksiz ishni ta’minlashni boshqarishda axborot xavfsizligi masalalari
2. Ishning uzluksizligi va xavflarni aniqlash. Boshqarish vositasi
3. Uzluksiz ishni ta’minlash bo’yicha rejalarni testdan o’tkazish, texnik xizmat ko’rastish va qayta ko’rib chiqish.
4. Boshqarish vositasi.
Kalit so’zlar: potensial xavf, strategiya, repetisiya, boshqarish vositasi, .
1. Uzluksiz ishni ta’minlashni boshqarishda axborot xavfsizligi masalalari
Maqsad: ishlab chiqarish faoliyatida to’xtab qolishiga qarshi xatti-harakat va sezgir biznes-jarayonlarni axborot tizimining ahamiyatga ega bo’lgan buzilishlaridan yoki favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan muhofaza qilish, shuningdek, ishni o’z vaqtida tiklanishini kafolatlash.
Uzluksiz ishni boshqarish profilaktik va tiklovchi tadbirlarni birlashtirish yordamida favqulodda vaziyatlar va xavfsizlikning buzilishi natijasida yuzaga kelgan (masalan, tabiiy ofatlarning, baxtsiz hodisalarning, uskunalarning to’xtab qolishi va ataylab qilingan xattiharakatlarning natijasi bo’lishi mumkin bo’lgan), salbiy oqibatlarni maqbul darajagacha minimumga keltirish maqsadida amalga oshirilishi kerak. Tashkilotning sezuvchan jarayonlarini belgilash va axborot xavfsizligini boshqarish bo’yicha uzluksiz ishlar talablarini operasiyalar, xodimlar, materiallar, transport va uskuna kabi masalalarga taalluqli uzluksizlikning boshqa talablari bilan birlashtirish kerak.
Favqulodda vaziyatlar, xavfsizlikning buzilishi va xizmat ko’rsatishdan bosh tortishlar oqibatlarini tahlil qilish zarur. Biznes jarayonlar buzilganda ularni talab qilingan vaqt mobaynida tiklash maqsadida uzluksiz ishni ta’minlash rejalarini ishlab chiqish va joriy etish zarur. Axborot xavfsizligi tashkilotdagi barcha boshqarish jarayonlarining tarkibiy qismi bo’lib qolishi uchun bunday rejalarni qo’llab-quvvatlash va amalda qo’llash kerak.
Uzluksiz ishni boshqarish identifikasiya qilish tadbirlarini va xavflarni kamaytirishni, buzuvchi insidentlar oqibatlarini cheklashni va asosiy biznes-operasiyalarning o’z vaqtida yangilanishini ta’minlashni o’z ichiga olishi zarur.
Uzluksiz ishni boshqarish jarayoniga axborot xavfsizligini kiritish. Boshqarish vositasi
Uzluksiz ishni ta’minlash uchun tashkilotning uzluksiz ishi uchun zarur bo’lgan axborot xavfsizligi talablarini bajarishga qaratilgan boshqariladigan jarayonni ishlab chiqish va butun tashkilotda saqlab turish kerak.
Ushbu jarayon uzluksiz ishni boshqarishning asosiy elementlarini birlashtirishi kerak:
a) tashkilot duch keladigan xavflarni paydo bo’lish ehtimoli va oqibatlari nuqtai nazaridan tushunish, jumladan kritik biznesjarayonlarning ustuvorligini identifikasiya qilish va belgilash;
b) sezgir biznes-jarayonlarda amalda bo’lgan barcha aktivlarni aniqlash;
s) arzimagan yoki tashkilotning hayot faoliyatiga potensial xavf tug’diradigan katta ahamiyatga ega bo’lgan insidentlar sodir bo’lganda biznes-jarayonlar buzilishining mumkin bo’lgan oqibatlarini tushunish, shuningdek, biznes maqsadlariga muvofiq keladigan axborotga ishlov berish vositalari va usullarini tanlash;
d) uzluksiz ishni ta’minlash jarayonining bir qismi, shuningdek, operasion xavflarni boshqarishning bir qismi bo’lishi kerak bo’lgan axborotga ishlov berish natijalarini optimal sug’urta qilishni tashkil qilish;
e) boshqarishning qo’shimcha ogohlantiruvchi va yumshatuvchi boshqarish vositalarining joriy qilinishini aniqlash va ko’rib chiqish;
f) axborot xavfsizligining belgilangan talablarini qondirish uchun yetarli moliyaviy, tashkiliy, texnik aktivlarni va atrof-muhit aktivlarini aniqlash;
g) xodimlarning xavfsizligini, axborotga ishlov berish vositalari va tashkilot mulkining muhofazasini ta’minlash;
h) kelishilgan siyosatga muvofiq axborot xavfsizligining talablarini ta’minlashga qaratilgan uzluksiz ishni ta’minlash rejalarini ifodalash va hujjatlashtirish;
i) axborot texnologiyalarini rivojlantirish rejalarini va mavjud jarayonlarni muntazam testdan o’tkazish va yangilash;
j) uzluksiz ishni boshqarishni tashkilot jarayoni va strukturasiga kiritishni kafolatlash; uzluksiz ishni boshqarish jarayoni uchun javobgarlikni tashkilot ichidagi vakolatli shaxsga yuklash kerak.

Download 17,36 Kb.
  1   2   3   4




Download 17,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10-Ma’ruza Tashkilot uzluksiz ishlashini ta’minlanishini boshqarish usullari

Download 17,36 Kb.