|
10-Ma’ruza Tashkilot uzluksiz ishlashini ta’minlanishini boshqarish usullari
|
bet | 3/4 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 17,36 Kb. | | #102333 |
Uzluksiz ishni ta’minlash rejalarining strukturasi. Boshqarish vositasi
Barcha rejalarning zid emasligini ta’minlash va axborotga ishlov berish vositalari va tizimlariga xizmat ko’rsatish va testdan o’tkazish uchun ustuvorliklarni aniqlash maqsadida uzluksiz ishni ta’minlash rejalarining yagona strukturasini qo’llab-quvvatlash kerak.
Uzluksiz ishni ta’minlashning har bir rejasida ta’minlashga yondashishni, masalan, axborotdan yoki axborot tizimlaridan foydalana olishlikni va xavfsizlikni kafolatlashini ta’riflash kerak. Uzluksiz ishni ta’minlashning har bir rejasi uni amalga oshirish shartlarini, shuningdek, har bir punktining bajarilishi uchun javobgar mansabdor shaxslarni belgilashi kerak. Yangi talablar aniqlanganda favqulodda vaziyat holatlari uchun proseduralarga tegishli o’zgartirishlar kiritish kerak, masalan, evakuasiya qilish rejalariga yoki ishning avariya rejimiga o’tish bo’yicha har qanday mavjud rejalarga. Uzluksiz ish masalalariga kerakli e’tiborni ta’minlash uchun proseduralarni tashkilot o’zgarishlarini boshqarish siyosatiga kiritish kerak.
Har bir rejaga muayyan rahbar (xodim) javob berishi zarur. Favqulodda tadbirlar, qo’lda ishlov berishning avariya rejimiga o’tish bo’yicha rejalar, ishni yangilash bo’yicha rejalarni tegishli biznes resurslarning egalari yoki dahldor jarayonlar qatnashchilarining javobgarlik doirasiga kiritish kerak. Axborot va telekommunikasiyaga ishlov berish kabi rezerv texnik vositalardan foydalangan holda ishning avariya rejimiga o’tish bo’yicha choralar uchun xizmatlar provayderlari javobgardir.
Uzluksiz ishni ta’minlash rejalarining strukturasida axborot xavfsizligining belgilangan talablari hisobga olinishi va quyidagilar ko’zda tutilishi zarur:
a) rejaning har bir bandini amalga kiritishdan oldin bajarilishi kerak bo’lgan jarayon ta’riflangan (vaziyatni qanday baholash kerak, kimlar qatnashishi kerak va h.) rejalarni amalga oshirish shartlari;
b) biznes-operasiyalarni xavfga qo’yadigan insidentlardan keyin qo’llanishi kerak bo’lgan favqulodda vaziyat holatlari uchun proseduralar;
s) muhim biznes-operasiyalar yoki xizmat ko’rsatish servislarini vaqtinchalik joylashish joyiga ko’chirish va biznes-jarayonlarni talab qilingan vaqt oralig’ida tiklash bo’yicha zarur amallarni ta’riflaydigan ishning avariya rejimiga o’tish proseduralari;
d) biznes-jarayonlarning tiklanishi va yangilanishini kutishda bajarilishi kerak bo’lgan vaqtinchalik ishga oid proseduralar;
e) biznesni yuritishning normal rejimiga qaytish uchun zarur xatti-harakatlarni ta’riflaydigan ishni yangilash proseduralari;
f) testdan o’tkazish muddatlari va metodlarini, shuningdek, rejani ta’minlash jarayonining ta’rifini belgilaydigan rejani ta’minlash grafigi;
g) xodimlarni o’qitish bo’yicha, uzluksiz ishni ta’minlash jarayonlarini tushunishiga va ushbu jarayonlarning doimiy samaradorligini ta’minlashga yo’naltirilgan tadbirlar;
h) rejaning har bir punkti bajarilishiga javobgar mansabdor shaxslarning majburiyatlari. Zarur bo’lganda maqbul nomzodlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak;
i) sezgir aktivlar va favqulodda proseduralarni, avariya rejimiga o’tish proseduralarini va yangilash proseduralarini bajarishga qodir aktivlar.
Uzluksiz ishni ta’minlash bo’yicha rejalarni testdan o’tkazish, texnik xizmat ko’rastish va qayta ko’rib chiqish. Boshqarish vositasi
Uzluksiz ishni ta’minlash rejalarining aktualligi va samaraliligini ta’minlash uchun ularni muntazam tekshirib va yangilab turish kerak.
Uzluksiz ishni ta’minlash rejalarini tekshirishda tiklash komandasining barcha a’zolari va shunga aloqador bo’lgan boshqa xodimlar biznesning uzluksizligi va axborot xavfsizligi uchun o’zlarining majburiyatlari va javobgarliklari to’g’risida xabardorliklari, shuningdek, rejani amalga kiritishda o’zlarining vazifalarini bilishlariga amin bo’lish kerak.
Uzluksiz ishni ta’minlash rejasi(lari)ni tekshirish grafigi rejaning har bir bandi qachon va qanday tekshirilishi kerakligini belgilab berishi kerak. Reja(lar)ning ayrim bandlarini tekshirish davriyligi turlicha bo’lishi mumkin.
Haqiqiy hayotda reja(lar)ning ishlashini ta’minlashning turli metodlaridan foydalanish kerak. Bunda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin:
a) turli ssenariylarni testdan o’tkazish («ishlashini imitasiya qilish») (mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning turli misollarida biznesni tiklash bo’yicha choralarni muhokama qilish);
b) modelni tayyorlash (ayniqsa insident va inqiroz holatidagi boshqarishga o’tishdan so’ng xodimlarni o’z vazifalarini bajarishga o’rgatish uchun);
c) texnik tiklashni testdan o’tkazish (axborot tizimlarini samarali tiklashga ishonch hosil qilishni ta’minlash);
d) vaqtinchalik joylashish joyida tiklashni tekshirish (biznes-jarayonlar doimiy joylashish joyida tiklash bo’yicha operasiyalar bilan parallel amalga oshirladi);
e) vositalar va servislar-yetkazib beruvchilarni testdan o’tkazish (begona tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan servislar va dasturiy mahsulotlar kontrakt majburiyatlarini qoniqtirishiga ishonch hosil qilish);
f) «eng oxirgi repetisiyalar» (tashkilot, xodimlar, uskuna, vositalar va jarayonlar favqulodda vaziyatlarning uddasidan chiqishini testdan o’tkazish);
Testdan o’tkazish metodlari istalgan tashkilot tomonidan foydalanilishi mumkin va ular uzluksiz ishni ta’minlash bo’yicha muayyan rejaning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettirishi zarur. Tekshiruvlar natijalarini ro’yxatdan o’tkazish kerak va zarur bo’lgan joyda rejalarni yaxshilash bo’yicha amallarni qo’llash kerak.
Uzluksiz ishni ta’minlash bo’yicha rejalar muntazam qayta ko’rib chiqilishi uchun javobgarlarni tayinlash zarur; uzluksiz ishni ta’minlash bo’yicha rejalarda hali aks ettirilmagan biznesjarayonlardagi aniqlangan o’zgarishlar ushbu rejalarni tegishli ravishda yangilash yo’li bilan hisobga olingan bo’lishi kerak. O’zgarishlarni boshqarishning rasmiy jarayoni yangilangan rejalarni muntazam qayta ko’rib chiqish doirasida ularning tarqatilishi va amalga kiritilishini ta’minlashi kerak.
Rejalarni yangilashni talab qilishi mumkin bo’lgan vaziyatlarning misollari yangi uskunani sotib olishni yoki operasion tizimlarni yangilashni, shuningdek, quyidagilar bilan bog’liq o’zgarishlarni o’z ichiga oladi:
- xodimlar;
- manzillar yoki telefon nomerlari;
- biznes strategiyasi;
- kommunikasiya vositalari va aktivlarning joylashgan joyi;
- qonun hujjatlari;
- pudratchilar, yetkazib beruvchilar va asosiy mijozlar; - jarayonlar (yangilari va olib qo’yilganlari); - xavflar (operasion va moliyaviy).
|
| |