10-Ma’ruza Tashkilot uzluksiz ishlashini ta’minlanishini boshqarish usullari




Download 17,36 Kb.
bet2/4
Sana20.11.2023
Hajmi17,36 Kb.
#102333
1   2   3   4
Ishning uzluksizligi va xavflarni aniqlash. Boshqarish vositasi
Axborot xavfsizligi uchun biznes jarayonlarining uzilishi va oqibatlarining ehtimoli hamda ta’sir darajasi bilan bir qatorda biznes jarayonlarining uzilishini keltirb chiqarishga qodir hodisalarni aniqlash kerak.
Axborot xavfsizligiga tegishli bo’lgan uzluksiz ish masalalarini tashkilot biznes jarayonlarining uzilishini keltirib chiqarishga qodir hodisalar (yoki hodisalar ketma-ketligini), masalan, uskunaning buzilishi, inson xatolari, o’g’irliklar, yong’in, tabiiy ofatlar va terroristik aktlarni identifikasiya qilishda asoslash kerak. Bu shikastlanish va tiklanish davri masshtabi nuqtai nazaridan bunday hodisalarning bo’lishi mumkin bo’lgan oqibatlarini aniqlash maqsadida xavflarni baholash bilan kuzatilishi kerak.
Xavflarni baholashni bevosita biznes-resurslar egalari va biznes-jarayonlar qatnashchilari ishtirokida amalga oshirish kerak. Xavflarni baholash barcha biznes-jarayonlarga taalluqli bo’lishi va faqat axborotga ishlov berish vositalari bilan cheklanib qolmasligi kerak, axborot xavfsizligi uchun xos bo’lgan natijalarni hisobga olish kerak. Xavfning turli tomonlarini birga bog’lash va tashkilot uzluksiz ishi talablarining to’liq tavsifini olish muhim. Ushbu baho xavflarni aniqlashi, tashkilot uchun maqbul mezonlar va maqsadlarga nisbatan ustuvorliklari, jumladan sezgir aktivlari, buzilishlar ta’siri, elektr ta’minoti uzib qo’yilishining yo’l qo’yilgan vaqti va tiklash ustuvorliklari bo’yicha o’lchashi va joylashtirishi kerak.
Xavflarni baholash natijalariga bog’liq holda uzluksiz ishni ta’minlashga umumiy yondoshuvni belgilaydigan rejani ishlab chiqish kerak. Ishlab chiqilgan reja tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Axborot xavfsizligining belgilangan talablarini hisobga olgan holda uzluksiz ishni ta’minlash rejalarini ishlab chiqish va joriy etish.
Uzluksiz ishni ta’minlash va biznes-operasiyalarni tiklash rejalarini talab qilingan vaqt ichida muhim sezgir biznesjarayonlarning uzilishi yoki to’xtab qolishidan so’ng ishlab chiqish kerak.
Joriy etish bo’yicha qo’llanma
Uzluksiz ishni ta’minlash rejasi quyidagi tadbirlarni ko’zda tutishi zarur:
a) favqulodda vaziyat holatida mansabdor shaxslarning barcha majburiyatlarini va barcha proseduralarni aniqlash va kelishish;
b) axborot va xizmatlarning maqbul yo’qotishlarini aniqlash;
s) biznes-jarayonlarni talab qilingan vaqt ichida tiklash imkonini ta’minlaydigan avariya proseduralarini amalga oshirish; alohida e’tiborni biznesning tashqi omillar va mavjud kontraktlarga bog’liqlik bahosiga qaratish kerak;
d) biznes-jarayonlarning tiklanishi va yangilanishi tugashini kutishda bajariladigan ishga oid proseduralar;
e) kelishilgan proseduralar va jarayonlarni hujjatlashtirish;
f) xodimlarni favqulodda vaziyat ro’y bergan paytida xatti-harakatlarga, jumladan inqiroz holatida boshqarishga o’rgatish;
g) uzluksiz ishni ta’minlash rejalarini testdan o’tkazish va yangilash.
Rejalash jarayonida diqqat e’tiborni biznesning talab qilingan maqsadlariga, masalan, mijozlar uchun maqbul vaqt oralig’ida muayyan servislarni tiklashga qaratish kerak. Axborotga ishlov berish vositalari uchun xodimlar, rezerv rusurlar bilan komplektlashni, shuningdek, ushbu vositalar uchun ishning avariya rejimiga o’tish bo’yicha choralarni hisobga olgan holda, ushbu maqsadlarga erishishni yengillashtiradigan xizmatlar va aktivlarni belgilash kerak. Avariya rejimiga o’tish bo’yicha bunday choralar uchinchi shaxslar bilan o’zaro kelishuvlar shaklidagi kontraktlarni yoki abonentlik obunasining tijorat xizmatlarini o’z ichiga olishi mumkin.
Uzluksiz ishni ta’minlash rejalarida tashkilotning zaifliklarini ko’rsatish kerak va shuning uchun ushbu rejalar tegishli ravishda muhofaza qilinishi kerak bo’lgan konfidensial axborotga ega bo’lishi mumkin. Uzluksiz ishni ta’minlash rejalarining nusxalarini asosiy obyektdagi avariyadan har qanday shikastlanishining oldini olishi uchun yetarli masofada uzoqlashtirilgan joyda saqlash kerak. Rahbariyat ushbu nusxalarning asosiy obyektdagidek xavfsizlik darajasida muhofaza qilinishini ta’minlashi kerak. Shuningdek, uzluksiz ishni ta’minlash rejalarini bajarish uchun zarur bo’lgan boshqa material ham uzoqlashtirilgan joyda saqlanishi kerak.
Agar vaqtinchalik maqbul joylardan foydalanilsa, ushbu joylarda joriy etilgan xavfsizlikni boshqarish vositalarining darajasi asosiy obyekt darajasiga teng bo’lishi kerak.
Shuni aytib o’tish kerakki, inqirozga qarshi boshqarish rejalari va xatti-harakatlari uzluksiz ishni boshqarishdan farq qilishi mumkin; ya’ni mumkin bo’lgan inqirozga oddiy boshqarish proseduralariga muvofiq ishlov berilishi mumkin.

Download 17,36 Kb.
1   2   3   4




Download 17,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10-Ma’ruza Tashkilot uzluksiz ishlashini ta’minlanishini boshqarish usullari

Download 17,36 Kb.