pedalni bosib tortqilar yoki richaklar tizimi vositasida boshqariladigan tishli reyka
yordamida buriladi.
Forsunka. Forsunka yonilg’ini tsilindirlarga yuqori bosim bilan purkash va
uni to’zitishga mo’ljallangan. Yonilg’i nasosi bo’linmasidan igna tagidagi
halqasimon bo’shliqqa 100-200kg/sm
2
bosim bilan kirib igna ko’tariladi va
to’zitgich teshigi orqali tsilindrlarga purkaladi. Dvigatelning quvvatiga qarab
teshiklar soni 1,2,3,4 ta bo’lishi mumkin. Nasosda yonilg’i berish to’xtatilgandan
keyin purjina ta’sirida igna o’z joyiga qaytib o’tiradi, yonilg’ini to’zitgichdan
chiqishi to’xtatiladi. To’zitgich g’ilofi va unga igna orasidan ketgan yonilg’i
forsunka g’ilofidagi kanallardan o’tib naychalar orqali yonilg’i bakiga kelib
quyiladi. Forsunka blok qopqog’iga o’rnatilgan.