• Dizel dvigatelda yonuvchi aralashmani hosil bo’lishi
  • Past va yuqori bosimli yonilg’i naychalari hamda ularning joylashishi




    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,85 Mb.
    #255552
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    10-maruza

    Past va yuqori bosimli yonilg’i naychalari hamda ularning joylashishi. 
    Past bosimli yonilg’i naychalari kichik bosim bilan yonilg’ini yuborish uchun 
    xizmat qiladi. Ular misdan tayyorlanib yonilg’i baki bilan dag’al tozalagich 
    oralig’iga, dag’al tozalagichbilan yonilg’i so’ri shva haydash nasosi oralig’iga 
    yuqori bosim nasos bilan Mayin tozalagich oralig’iga Mayin tozalagich bilan 
    yonilg’i baki oralig’iga hamda forsunka bilan yonilg’i baki oralig’iga joylashgan. 
    Yuqori bosim naychalar po’latdan tayyorlanib, to’lg’azish yuqori bosim bilan 
    yuborish uchun xizmat qiladi. Bu naychalar yonilg’i so’rish va haydash nasosi 
    bilan mayin tozalagich oralig’iga, mayin oralig’iga va yuqori bosim nasosi bilan 
    firsunka oralig’iga joylashgan. 
    Dizel dvigatelda yonuvchi aralashmani hosil bo’lishi 
    Dizel dvigatellarida 
    yonuvchi 
    aralashma 
    tsilindr 
    ichida 
    yonish 
    bo’linmasida tayyorlanadi. 
    Aralashmaning sifatli tayyorlanishi yonilg’ining purkash bosimi, forsunka 
    tuzitgichining tuzilishi, yonilg’i sifati va yonish bo’linmasining tuzilishiga bog’liq. 
    Tuzilish bo’yicha yonish bo’linmalari ajratilgan bo’ladi(8.2-chizma) 
    8.2-chizma. Yonish bo’linmalarining turlar: 
    a-yonilg’i bevosita purkaluvchi ajratilmagan yonish bo’linmasi; 
    b-ajratilgan old bo’linmali yonish xonasi; 
    v-ajratilmagan uyurmali yonish bo’linmasi; 


    Ajratilmagan yonish bo’linmasining asosiy qismi poshen tubi 1 ning o’rta 
    qismidagi chuqircha 3 da joylashgan (8.2-chizma,a). Yonilg’i bevosita yonish 
    bo’linmasiga chuqirchaga purkaladi, bu esa uning bug’lanishini va siqilgan hamda 
    qizigan havo blan yaxshi aralashishni tezlashtiradi. Kengayish jarayonida gaz 
    bosimi va haroratni ortish tezligi katta bo’lib, dvigatelni tejamkorligi oshadi. Bu 
    yonish bo’linmasi avtomobil dizellarida keng tarqalgan. 
    Ajratilgan old bo’linmali yonish bo’linmasi (8.2-chizma,b). Ikki qismdan 
    iborat bo’lib, asosiy qismi porshen tubi 7 ga joylashgan, kichik qismi esa 
    bo’linmaning oldiga tsilindr qopqog’i ichida 4 da joylashgan. Siqish jarayonining 
    oxirida havoning bir qismi porshen tubidan old bo’linma 9 ga tarqaladi. Old 
    bo’linmaga yonilg’i purkalish natijasida yonilg’ining bir qismi yonadi, bo’linmada 
    bosim ortadi. Natijada kengaygan gaz yonish maxsulotlari Bilan birga kata tezlikda 
    asosiy yonish bo’linmasiga tarqaladi. Yonish bo’linmasida havoning tezligi kata 
    bo’lganligi uchun yonilg’i Bilan havo yaxshi aralashadi. Lekin bu yonish 
    bo’linmasida yonish tezligi kuchsiz, FIK kichik va yonilg’i sarfi ko’p. Sovuq 
    sharoitda esa dvigatelni yurgizib yuborish qiyinlashadi.
    Uyurma bo’linmali yonish xonasi qopqog’iga joylashgan bo’lib, (8.2-
    chizma,v) siqish natijasida havo bo’linmasida uyurmalanib harakat qiladi. Siqish 
    jarayoni oxirida uyurma bo’linma birga purkalgan yonilg’i havo bilan almashadi, 
    bug’lanadi va qisman yonadi. Natijada uyurma bo’linmada bosim ko’tariladi, 
    yonib ulgirmagan yonish maxsulotlari katta tezlikda tuynik 11 orqali asosiy yonish 
    bo’linmasi 12 ga o’tadi va qizigan havo juda tez yonadi. Bu bo’linma orqali 
    dvigatelni oson yurgizib yuboradi. Ajratilgan va uyurmali yonish bo’linmalari 
    dizellar ko’proq traktorlarga o’rnatilgan. 

    Download 0,85 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Past va yuqori bosimli yonilg’i naychalari hamda ularning joylashishi

    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish